Sana Mavzu: Mustaqillik bayrami



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə1/19
tarix07.01.2024
ölçüsü1,11 Mb.
#207006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1 yil mashgulot konspwkt 270121223020 uz-assistant.uz LOTIN



Sana_____________
Mavzu: Mustaqillik bayrami.
Maqsad:
Taʼlimiy – bayroq, gerb, davlat, shahar, madhiya, vatan, prezident, tushunchalarini maʼnosini tushuntirish to‘g‘ri nomlashga o‘rgatish
Tarbiyaviy – xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirish, chiroyli gapirishga o‘rgatish? mashg‘ulotda diqqat bilan tinglashga o‘rgatish
Korreksion – bilish faoliyatini, fonematik idrokini, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish. Lug‘at boyligini oshirish, defferensiyalashgan nafas olishga o‘rgatish
Jihoz: syujetli rasmlar, gerb bayroq madhiya, bayram uchun guldasta rasmi, yulduzcha, to‘rtburchak, uchburchak tarqatma materiallar, mavzuga doir rasmlar, fasllarga oid rasmlar

Mashg‘ulotning borishi:


1. Tashkiliy qism:


Bolalar bilan salomlashish
- bolalar hozir o‘lkamizda qanday fasl?

- to‘g‘ri o‘lkamizda kuz fasli. Kim aytadi kuz faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
-bu faslda ob havo o‘zgaradi, sovuqroq kunlar boshlanadi. Daraxtlarning barglari sarg‘ayib asta sekin to‘kila boshlaydi. Bu degani kuz faslidan dalolat beradi.
- bolalar kim aytadi bugun haftaning nechanchi kuni?
- bugun haftaning birinchi kuni
- demak xaftaning birinchi kuni nima deb nomlanadi?
- dushanba deb ataladi.
- bolalar shunday qilib hafta kunlarini qaytaramiz.
1.dushanba, 2.seshanba, 3.chorshanba, 4.payshanba, 5.juma, 6.shanba
2. Artikuldyasion mashq
1. Lab mashqi “Kim chiroyli kuladi”
2. Til mashqi “ot” mashqi
3. Nafas mashqi, to‘g‘ri nafas. Og‘izdan og‘izga, og‘izdan burunga.
3. Asosiy qism
- bolalar bugungi mavzuimiy “Mustaqillik” bayrami.

- bolajonlar bu bayram xalqimizning azaliy orzusidagi baʼzilarga armon bo‘lgan bayramdir. Mustaqillikka xalqimiz 1991 yil sentyabrda erishgan. Uning o‘z belgilari bor bo‘lib bayroq, gerb, gimnga yaʼngi ramzlarga egadir. Bayroqning 3 hil asosiy rangi bo‘lib ular ko‘k, oq, yashildir.
Ko‘k – bu osmonning tiniqligi, bepayonligini bildiradi.
Oq – poklik, tinchlik ramzidir
Yashil – doim o‘lkamiz yam yashil bo‘lib o‘sib unib tursin deb shu ranglarni tanlashgan.
Orasidagi qizil rang esa insonlarni tomiridan oqayotgan qonidir.
- bolalar bayroq nega kerak?
- bayroq hamma davlatlarda bor bo‘lib, o‘z rangi va ramzlari bordir. Bu degani har bir davlatga hos xususiyatdan dalolat beradi.
- demak mustaqillik bu bayram degani ekan. Bayramda parkka, mehmonga teatrga borib nishonlaymiz.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kim?
- Shavkat Miromonovich Mirziyoev.
- O‘zbekiston Prezidenti nima qiladi?
- Yurtimizni odil boshqaradi.

4. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – gerbi, bayrog‘i va madhiyasiga ega





5. Jismoniy daqiqa


O‘lkamizda bugun tantana,
Mustaqillik ayyomi o‘tar.
Hamma yoqda go‘zallik yana,
Chiroy ochar, ham yashab ketar.
6. Maqollar yodlash
A) oz so‘zla – soz so‘zla
B) ishlaganga zafar yor
7. Fonetik idrokni rivojlantirish
“Kim ko‘proq topadi” o‘yini
Oyinning borishi: bolalarga bir qancha rasmlar ko‘rsatiladi. Rasmlarni ketma ketlikda 6 tasini ko‘rsatiladi va olib qo‘yiladi. Bolalarga bu hol 3 marta takrorlangach ular nomma nom ketma ketlikda aytib bershadi.
8. Sheʼr yodlash O‘zbekiston
O‘zbekiston nurli bo‘ston
Noming sening tilga doston
Senga xurlik omon keldi
Eling kutgan zamon keldi

9. Barmoq mashqi


Assalom bosh barmoq
Assalom ko‘rsatgich barmoq
Assalom katta barmoq
Assalom o‘rta barmoq
Assalom jimjiloq
10. Mavzuni mustahkamlash
- bolalar biz sizlar bilan qanday mavzuni o‘tdik?
- mustaqillik
- bu bayram qanday bayram ekan?
- ulug‘, qadrli
- kim menga bayramda qayerlarga borishi haqida aytib beradi?
- qo‘g‘irchoq teatrga, parkka

11. Rahbatlantirish


Yulduzcha, to‘rtburchak va uchburchakka oid baholash tarqatmasi tarqatiladi
12. Yakunlash
Bolalarni ruhiy aqliy imkoniyatlariga qarab bo‘lib berish. Hayrlashish.

Sana_____________



Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin