Sana Mavzu: Mustaqillik bayrami


Mavzu: Bog‘cha bo‘ylab sayohat



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə2/19
tarix07.01.2024
ölçüsü1,11 Mb.
#207006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1 yil mashgulot konspwkt 270121223020 uz-assistant.uz LOTIN

Mavzu: Bog‘cha bo‘ylab sayohat.
Maqsad:
Taʼlimiy – Bog‘cha haqida umumiy maʼlumot berish. Bog‘chaning barcha honalari oshxona darsxona yotoqxona dahliz vannahona sayr uchun bog‘ va boshqa maʼlumotlarni berish. Bog‘chadagi hodimlar bilan tanishtirish
Tarbiyaviy – Bolalarda bog‘cha haqida bog‘i musiqa honasi jismoniy tarbiya honasi oshxona va ploshadka haqida umumiy tushuncha berish. Artikulyasion apparati faoliyatini rivojlantiruvchi mashqlar ovoz mashqi o‘tish
Korreksion – so‘zlar tarkibini shakllantirish lug‘at xajmini kengaytirish lug‘atni faollashtirish. Didaktik o‘yinlar orqali tasavvurini rivojlantirish. Bolalarni grammatik nutqini shakllantirish, so‘zlarni aniq talaffuzini shakllantirish. Bog‘langan nutqini shakllantirish. Barmoq mashqi orqali fikrlash doirasini rivojlantirish.
Jihoz: bayroq, gerb tarqatma materiallar, bog‘cha, oshxona vannaxona, qushlar, uychalar rasmi
Mashg‘ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism:
- salomlashish
- bugun qanday sana?
- 2017 yil 5 sentyabr
- barakalla endi kim aytadi, hozir o‘lkamizda qanday fasl?
- hozir o‘lkamizda kuz fasli
- barakalla, kim menga hafta kunlarini aytib beradi?
- dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba
- barakalla juda yaxshi javob berding.
2. Artikulyasion mashq
- lab mashqi “Teshkulcha” (hammamiz labimizni teshkulchaga o‘xshatib shakl beramiz)
- ana endi xo‘mrayib lablarimiz mana bunday burishtirib qoladi barakalla
- endi til mashqini qilamiz “soatcha” tillarimiz huddi soatning millariga o‘xshab harakatlanadi.
Ovoz mashqi
Kim ovozidan taniydi?
A. kakku qush ku-ku
B. tovuq qo-qo-qo
V. Sigir mo‘-mo‘
G.g‘oz g‘a-g‘a-g‘a
D. boyo‘g‘li u-u
YE. xo‘roz qo-quqqarakku
J. echki mye-e me-e
Z. sichqon chi-chi-chi
Y. qo‘y ba-a ba-a
3. Asosiy qism
- bolalar bugungi mavzuimiz bog‘cha bo‘ylab sayohat kim aytadi bog‘chada bolalar nima qiladilar?

- demak eslab qoling bog‘chada bolalar taʼlim tarbiya oladilar.


- ana endi men sizlarni bog‘chaning boshqa xonalari bilan tanishtiraman. Bog‘chamizda jami 13 ta gruppa bor. Shulardan 3 tasi o‘zbek qolganlari rus guruhlaridir.
- ulardan musiqa xonasi, jismoniy tarbiya xonasi mavjud bo‘lib, psixolog va hamshiralarning honalari ham mavjuddir. Biz musiqa zalida sizlar bilan logoritmika mashg‘ulotini o‘tamiz. U yerda musiqa ostida yengil harakatlar qilib mashg‘ulot o‘tamiz.
- bolalar kim aytadi kiraverishdagi hona qanday hona?
- to‘g‘ri oshxona. U yerda sizlar uchun shirin va mazali ovqatlar qilishadi.
- jismoniy tarbiya honasida esa harakatlar qilib asta sekin jismonan to‘lishib kuchga to‘lib boramiz.
- guruhimizning orqa tomonida esa bizningn ploshadkamiz bor. U yerda biz qum o‘ynaymiz, musobaqalar o‘tamiz. Bog‘chaning o‘rtasida esa basseyn qurilgan. U yerda yozda cho‘milib chiniqamiz.
4. Otlarni ko‘plikka nomlash
Avval tushuntiriladi.
- bolalar biz hozir ko‘plikda kelgan so‘zlarni qaytaramiz
- xona-xonalar
- bog‘cha -bog‘chalar
- bola-bolalar
5. Kichraytirish-erkalash
- stul-stulcha
- ayiq-ayiqcha
- quyon-quyoncha
- kitob-kitobcha
6. Sheʼr yod olish
Qo‘g‘irchoqni avaylab. (30 be T.Adashboyev)
Ariqdan o‘tayotib Gulnora toyib ketdi
Muncha anqaydim deya o‘zini koyib ketdi
O‘rnidan turib darhol ko‘ylaklarini qoqdi
7. Mavzuni mustahkamlash
Bog‘cha bo‘ylab mo‘ljal olish
- bolalar hozir sizlar bilan qiziq o‘yin o‘ynaymiz. Hammamiz ko‘zimizni yumamiz. Asta bog‘chaga kirib kelayotganimizni tasavvur qilamiz. Avval darvozadan kiramiz, qani qorovul amakiga salom beraylikchi
- assalomu alaykum!
- barakalla endi to‘g‘ri o‘zimizni guruximiz tomonga yuramiz. Oshxonadan o‘tib jismoniy xonasidan o‘tib so‘ng guruhimizga daxliz bo‘ylab kirib kelamiz. Bog‘cha opamizga nima deymiz?
- assalomu alaykum!
- juda yaxshi. Hamma ko‘zini ochsinchi. Tasavvur qila oldingizmi?
- barakalla
8. Barmoq mashqi. “UYCHA”
Biz quramiz
Baland uylar
Unda bordir mo‘ri
Eshik va romlar
9. Rag‘batlantirish
- bugun negadir kamroq bola ishtirok etdi. Sababi mavzuimiz hali yangida. Endi hammamiz doim shunday ahil inoq bo‘lib o‘tirsak tez tez javob berishga urinsak hammangizni yulduzcha bilan taqdirlayman. Hozir hammaga to‘rtburchak tarqatib chiqaman. Sheʼrlarni yodlab kelinglar
10. Yakunlash
- bolalar mavzuni qiziqarli bo‘ldimi? - ha
- yanagi safar bog‘cha xodimlari bilan tanishtiraman, yaxshi dam oling. Xayr.

Sana________



Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin