Sana Mavzu: Mustaqillik bayrami



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə14/19
tarix07.01.2024
ölçüsü1,11 Mb.
#207006
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1 yil mashgulot konspwkt 270121223020 uz-assistant.uz LOTIN

Taʼlimiy maqsad: Bolalarni tevarak atrof haqidagi bilimlarini kengaytirish. “Yil fasllari”, “Bahor fasli” haqidagi tushunchalarini shakllantirish, mavzuga doir so‘z lug‘atini boyitish va kengaytirish. Bahor fasli belgilarnini bilishga va so‘z bilan ifodalashga o‘rgatish, boshqa yil fasllaridan ajratishga o‘rgatish. Nutqda ot, sifat, feʼl, ravish shakllarini to‘g‘ri qo‘llashga, otli birikmalarda sifatdoshlarni qo‘llashga o‘rgatish. Mavzuga doir sheʼrlarni harakat bilan birga bajarib yod olishga, topishmoqlarni topishga o‘rgatish, bog‘langan nutqini o‘stirish
Korreksion maqsad: Bolalarni og‘zaki nutqini boyitish. Xotira, diqqat, idrok, sezgi, tasavvurlarini, to‘g‘ri nafas olishni umumiy va mayda qo‘l motorikasini o‘stirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etib, savollarga to‘liq va aniq javob berishga o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: Pedagog nutqini diqqat bilan tinglashga, tabiatni sevishga, uni asrab – avaylashga, tevarak – atrofni iflos qilmaslikka o‘rgatish.
Jihoz: “Bahor fasli” tasvirlangan syujetli rasm, bahor fasli belgilarini bildiruvchi grafik sxemali rasmlar, predmetli rasmlar, magnit doskasi, topishmoqlar, sheʼrlar, yulduzchalar.
Mashg‘ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism:
Logoped bolalarga topishmoqni javobini topishni taklif etadi. Bolalar topishmoqni javobini topingchi:
Yerni yorib boychechak,
Chiqdi urib bir aksa.
Olcha, gilos gul ochdi,
Atrofga xush hid sochdi.
Qaysi fasl, bu fasl,
Havosi soz ko‘p asl.
(bahor)
- Bolalar demak o‘lkamizda qanday fasl ekan?-...
2. Asosiy qism:
1. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash:
Logoped:
- Bolajonlar bahor faslida qanday bayram bo‘lar ekan?-...
- Onajonlar bayramini qachon nishonlaymiz?-...
- Qani, bolajonlar, kim onajonlar bayrami haqida sheʼr aytib beradi?-...
Bolalar o‘z ixtiyorlari bilan yod olgan sheʼrlarini aytib beradilar.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin