Sana Mavzu: Mustaqillik bayrami


Yangi mavzu. O‘yin: “Bu qachon bo‘ladi?”



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə15/19
tarix07.01.2024
ölçüsü1,11 Mb.
#207006
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1 yil mashgulot konspwkt 270121223020 uz-assistant.uz LOTIN

2. Yangi mavzu. O‘yin: “Bu qachon bo‘ladi?”
Logoped bolalarga “Bu qachon bo‘ladi?” o‘yinini o‘ynashni taklif qiladi. O‘yin qoidasini tushuntirib, savollarga javob berib unga mos bo‘lgan yil fasllarining rasmlarini topishni aytadi:
Quyosh qattiq qizdiradi, mevalarni pishiradi,
Bolalar cho‘milishadi, o‘zlarini chiniqtirishadi.
Aytingchi, bolalar bu qachon bo‘ladi? (yoz)
Sarg‘ayadi ko‘katlar, barg to‘kadi daraxtlar,
Dalalardan hosil yig‘ib olinar.
Aytingchi, bolalar bu qachon bo‘lar? (kuz)
Quyosh nur sochmaydi, hammayoqni oppoq qor qoplaydi,
Bolalar qordan qorbobo yasaydilar,
Aytingchi, bolalar bu qachon bo‘lar? (qish)
Qorning erib bitishi, qish boboning ketishi,
Ariqlarning oqishi, anhor to‘lib oqishi.
Aytingchi, bolalar bu qachon bo‘lar? (bahor)
- Qaysi fasldan keyin bahor fasli boshlanadi?
- Qaysi rasmda bahor fasli tasvirlangan?
3. Mashq: O‘lkamizga bahor fasli keldi.
Logoped bolalarga bahor fasli belgilari tasvirlangan rasmlarni tomosha qilishni aytadi. Berilgan savollarga to‘liq javob berishni taklif etadi.

- Hozir o‘lkamizda qaysi fasl?-...
- Bahor fasli qaysi fasldan keyin keladi?-...
- Quyosh qanday qizdiradi?-...
- Quyosh qizdirgandan so‘ng nima bo‘ladi?-...
- Qorlar ko‘p erisa nimalar hosil bo‘ladi?-...
- Yerlarda nimalar unib chiqadi?-...
- Qaysi daraxt birinchi gullaydi?-...
- Qaysi qush birinchi uchib keladi?-...
- Odamlar qanday kiyimlar kiyadi?-...
- Dalalarda, bog‘larda qanday ishlar boshlanadi?-...
4. Jismoniy daqiqa: “Sheʼr asosida harakati mashq”
Bog‘chamizning bog‘ida, Quyoshbobo kel tezroq,
Gulzor barpo qilamiz Zarrin nurlarin sochgin.
Yerni yumshatib olib, Gullar chaman bo‘lishi uchun,
Unga urug‘ sepamiz. Bizga yordaming bergin.
Chuqurchaga suv quyib, Birin ketin unib chiqdi,
Gul ko‘chati ekamiz. Gullarimiz ochildi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin