Sana Mavzu: Mustaqillik bayrami


Mustahkamlash. “Bahor keldi” rasmi asosida hikoya tuzish



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə16/19
tarix07.01.2024
ölçüsü1,11 Mb.
#207006
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
1 yil mashgulot konspwkt 270121223020 uz-assistant.uz LOTIN

5. Mustahkamlash. “Bahor keldi” rasmi asosida hikoya tuzish
Logoped rejasi asosida bahor fasli haqida hikoya tuzish.
6. Yakunlash
1. Mashg‘ulotga yakun yasash
Savol – javob asosida o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Logoped:
- Bolajonlar bugun biz qaysi fasl haqida gaplashdik?-...
- Bahor faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘lar ekan?-...
- Bahor faslida qaysi daraxt birinchi gullaydi?-...
- Bahor faslida qaysi qush birinchi uchib keladi?-...
- Dala va bog‘larda qanday ishlar boshlanadi?...

Logoped bolalarga mehnatsevarlik haqidagi maqollarni yod olishi taklif etadi.


Bahorgi - harakat, Ola ekkan oz olar, To‘kilsa manglay tering,
Kuzgi - barakat. Rosa ekkan soz olar. Unumli bo‘lar yering.
Rag‘batlantirish
Mashg‘ulot davomida yaxshi ishtirok etgan bolalarga yulduzchalar berib boriladi. Yig‘ilgan yulduzchalarni sanab bolalar rag‘batlantiriladi
Sana________ Mavzu: “Navro‘z”.
Maqsad: Bolalarga mashgulot davomida bahor bayrami "Navro‘z" haqida uning kelib chiqish, tarixi ustidagi afsonalardan vazifalarini o‘qib berish, ularni tahlil qilish. Mashg‘ulot davomida bolalarni nutqidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, lug‘atiga kiritilgan yangi so‘zlarni – jumla va gaplarda mustahkamlab borish. Xotira, diqqat va tasavvurlarini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: rasmlar, sxemalar.
Mashg‘ulotning borishi.
1. Tashkiliy qism.
2. Yangi mavzu:
- Logoped bolalarga Navro‘z bayramida o‘tkaziladigan milliy urf – odatlar haqida suhbatlashish.
- Navro‘z bayramida qanday taomlar tayyorlanadi?
- Sumalak, xalim, yalpiz somsa, ko‘k chuchvara.

- qanday liboslar kiyamiz?


- milliy liboslar, atlas, do‘ppi, to‘n, qiyiqcha.
- Logoped bolalarga Navro‘z bayramini kelib chiqishi, sumalak qayerdan paydo bo‘lganligi haqida hikoya qilib beradi, umumiy xulosa chiqarish.
II. Jismoniy daqiqa.
Sxema bilan ishlash.
Birlik va ko‘plikda nomla
sumalak - sumalaklar
odat - odatlar
taom - taomlar
gul - gullar
3. Yakuniy savol javob. Umumlashtirish.
Bolalar bilan Navro‘z bayrami ertaligi haqida suhbatlashish, sheʼr va topishmoqlarni qaytarish, mavzunu mustahkamlash.
Sana_______Mavzu:Transportlar va yo‘l harakati qoidalari.
Maksad:
Taʼlimiy: transportlar va yo‘l harakati qoidalari haqida tushuncha berish, rasmga karab gap tuzishga urgatib borish.
Tarbiyaviy: urtoklarining javoblarini tinglashga,qul kutarib javob berish malakalarini shakllantirib borish.
Korreksion: dikkat,xotira,takkoslash kabi psixik jarayonlarini rivojlantirish.
Jixozlar: mavzuga mos rasmlar,uyinlar,kizil,yashil,sarik bayroklar.
Mashgulotning borishi:
1.Tashkiliy kism. «Svetafor”.
Yer transportlarini aytgan utiradi. Xavo transportlarini nomini aytgan bola utiradi. Suv transportlarini nomini aytgan bola utiradi.

  1. O‘tgan mashg‘ulotni takrorlash.

  • Biz avvalgi mashg‘ulotimizda sizlar bilan nimalar haqida suhbatlao‘gan edik?

  • Qani takrorlab olamiz.

  1. Yangi mavzu:

- Sayohat qilish bilan birga yo‘lovchining vaziflari nimalardan iboratligini bilib olamiz.
- Buning uchun, yo‘lni kesib o‘tib, bekat tomon boramiz.
- Bekatda biz, yana yangi belgi “Avtobuslar to‘xtash joyi” belgisini ko‘rishimiz mumkin.

Bu bekat , bekatda biz avtobus, marshrut , taksi kabi jamoat transportlarini kutishimi mumkin .


Biz hozir avtobusga o‘tirishimiz kerak.
Ana avtobusimiz ham keldi. Avtobusga faqat orqa eshikdan chiqiladi, oldidagi eshikdan esa tushish kerak.
Transportga chiqqandan keyin Sen yo‘lovchiga aylanasan.

( avtobusni tarbiyalanuvchi yurgizib kirib keladi).


Transportga chiqishda va tushishda shoshmang , boshqa yo‘lovchilarni turtmang , ularga halaqit bermang .( tarbiyalanuvchilar avtobusga o‘tiradilar).
( Avtobusga o‘tirishgach logoped mavzuni tushuntiradi)
Transportda o‘zimizdan kattalarga joy berishni unuytmasligimiz kerak.
Jamoat transportida shovqin qilmang va baland ovozda so‘zlashmang.
Haydovchini ishidan chalg‘itmang.
Oynalardan boshingizni chiqarmang.
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochishga urinish taqiqlanadi.
Agar chiqish bekatingiz yaqinlashib qolgan bo‘lsa, avvalroq harakat qilib chiqishga hozirlik ko‘ring. 
Agar jamoat transportida qarovsiz yotgan buyum bo‘lsa, atrofdagilardan kimning buyumi ekanligini so‘rang, hech kim javob bermasa, darhol haydovchiga xabar bering. 


Transportdan tushishga oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerak,sekin - asta oldingi eshik tomon o‘tib, transport to‘liq to‘xtaganda keyin undan tushamiz.


Avtobusni orqa tomonidan aylanib o‘tish kerak.
Mana hayvonot bog‘iga ham yetib keldik. Hayvonot bog‘ida juda ko‘p hayvonlar jirafa, fil, sher,yo‘lbars, tuya, zebra kabi yovvoyi hayvonlar bor.



Lug‘at so‘zlar :yo‘lovchi ,haydovchi , bekat
4.Jismoniy daqiqa.
- Keling hayvonlarni tomosha qilib bo‘lib bir ozgina dam olamiz.
Yo‘l harakati qoidalariga doir multfilm nomoyish etiladi.
5. Mustahkamlash.
- “ Piyodalar o‘tish joyi “ , belgisi qaysi yovvoyi hayvonga o‘xshaydi?


Yo‘l belgilari ichidan “Avtobuslar to‘xtash joyi” belgisini toping.




Qaysi raqamli yo‘lovchi tartibni buzmoqda.





Belgilarni o‘ziga mos rasm bilan birlashtiring.




6. Yakuniy qism.
Svitafor :
Barakalla bolalar, yo‘l belgilarini, yo‘lovchining vazifalarini bilib oldingiz.
SHuning uchun janob svitafor ularga “Yo‘lovchi guvohnomalarini” topshirsak ham bo‘ladi. Endi ular transportda o‘zlarini qanday tutishni bilishadi.
To‘g‘rimi bolajonlar.
( bolalarga yo‘lovchilik guvohnomalari topshiriladi).
Uyga vazifa : “Avtobuslar to‘xtash joyi” belgisini namunaga qarab bo‘yab keling.
Bizlar doim hushyor,bilimdon piyodalar,
Qoidani buzmaymiz xavfsizlikni ko‘zlaymiz
Bizda qatʼiy intizom shoshilmoqqa o‘rin yo‘q,
Yashil chiroqdir hamdam, shuning uchun ko‘ngil to‘q!
Sana_______Mavzu: Gullar
Maksad:
Tarbiyaviy: o‘simlik,gullarni bexuda uzib tashlamaslikka urgatish,gullarni parvarishlashni urgatish.
Taʼlimiy: otni birlik va kuplikda,shaxs-sonda tuslash,otga sifat tanlash.
Korreksion: xotira,dikkatni rivojlantirish.
Jixoz: mavzuga mos rasmlar
Mashg‘ulotning borishi:

1.Tashkiliy kism.


Bolalar bilan salomlashish. Obhavo, fasl hafta kunlari haqida so‘hbatlashish.
2.Utilganlarni takrorlash.
A) otga sifat tanlang.
Sumalak kanaqa?____________.
Xalim kanaqa?___________.
B) namuna asosida gap tuzing?
_______ _____________ __________.

V) D.o‘yin:


«Nima yo‘qoldi?»
3.YAngi mavzu.
- Bolalar,bugun biz gullar xakida gaplashamiz. Gullarning turlari juda kup. Dala gullari,xona гуллари…… .
Gullar xakida maʼlumot berish. Rasmlar orkali gullarni tanishtirish.
Dala gullari: lola,atrgul,chinnigul,binafsha,…..
Xona gullari: geran,aloye,fialka,fikus….. .

4.Jismoniy dakika.


Lola.
Men lolaman,lolaman
Yokutdek piyolaman.
Zumraddir yaproklarim,
Oltindan tuproklarim.
Kiskasi men zur gulman.
Sotsangiz ,rosa pulman

5.Ot birlik va kuplikda.


Lola-lolalar
Binafsha-binafshalar
6.Ega va kesim kuplikda.
Atrgul ochildi. Atirgullar ochildi. Men lolaga suv kuydim. Biz lolalarga suv kuydik.
6.Shaxs-sonda tuslang.
Mening binafsham
Sening binafshang
Uning binafshasi. Biz ,siz,ular….
Men chinnigulni onamga sovga kildim.
Sen,u,biz,siz,ular……..
7.Otga sifat tanlash.
Chinnigul kanday?-chiroyli,xushbuy….
Lola kanday?-
Nargisgul kanday?-
Uyin: «Ok va kora”. «Kaysi gulning оркасида»
8.Mustaxkamlash uchun savollar.
9.Yakunlash. Faol katnashgan bolalarni ragbatlantirish.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin