Mavzu: Bog‘cha bo‘ylab sayohat.
Maqsad:
Taʼlimiy – Bog‘cha ishchilari va kasblari bilan tanishuv. Feʼl va sifatlarni so‘z tarkibida shakllantirish. Kasblarni honalarni bir biridan farqlashga o‘rgatish
Tarbiyaviy – ahillik sabr diyonat tuyg‘ularini tarbiyalash. Muloqot nutq madaniyatini tarbiyalash. Mashg‘ulotda tartibga javob berishga gaplarda ruhsat so‘rashga chaqirish
Korreksion – bilish faoliyatini yaxshilash. Nutq nuqsonlarini korretsiyalash. Grammatik nutqdan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish. Bog‘langan nutqini shakllantirish
Jihoz: kuz fasli, gul, bog‘cha rasmi, tarqatma materiallar, kubiklar.
Mashg‘ulotning borishi:
1. Tashkiliy qism:
- assalomu alaykum.
- vaalaykum assalom. Bolalar mashg‘ulot boshlandi kim aytadi bu oy qaysi oy?
- setyabr oyi
- biz yaqinda qaysi bayramni nishonladik?
- mustaqillik bayramini nishonladik
- barakalla to‘g‘ri
- yangi yil qaysi faslda bo‘ladi?
- qish
- to‘g‘ri. Hozir haftaning qaysi kuni?
- payshanba
- yaxshi qani bolalar gavdamizni to‘g‘rilab qo‘llarimizni tizzaga qo‘yib fikrimizni bir joyga jamlab nafas mashqini boshalymiz
2. Nafas mashqi “ATIRGUL”
(- Bolalarga atirgul rasmini ko‘rsatib shunday deyiladi)
- bolalar tasavvur qiling siz bog‘dasiz va atirgulni xidlayapsiz, qani bir chuqur nafas olaylikchi
- juda yaxshi
3. Asosiy qism
- Bolalar bugun biz sizlar bilan bog‘chaning hodimlari bilan va ularning kasblari bilan tanishtiraman. Bizning bog‘chamiz mudirasi Sayyora Botirova, bog‘chamiz uslubchisi Muhayyo Bozorova
- bog‘chamiz psixologi Zuhra Mamatyoqubova. Bog‘chamiz musiqa rahbari Shuhrat aka, bog‘chamizning jismoniy tarbiya bo‘yicha mutahassis Dilrabo opa, xamshira opalarimiz Surayyo opa, Sayyora opa, Tursunoy opa.
Ularning hammalari sizlarning sog‘ligingiz va taʼlim tarbiyangiz bo‘yicha nazorat qilib keladigan mutaxassis hisoblanadilar.
- bolalar eslab qoling ularning barchasi bitta nom bilan bog‘cha hodimlari hisoblanadilar.
- bulardan tashqari oshxona hodimlari ham bor.
- bizning guruhimizga Surayyo opa va Dildora opalar tarbiyachi vazifasini bajaradilar.
4. Topishmoq yodlash
Oppoq sandiq ochildi olamga nur sochildi
(OSMON, QUYOSH)
Bir parcha patir olamga tatir
(OY)
Zar gilam zar zar gilam ko‘taray desam og‘ir gilam
(YER)
Qozonda emas, qaynaydi qishin yozin tinmaydi
(BULOQ)
5. Barmoq mashqi (sheʼrini xam yodlash)
ASSALOM
Assalom oltin quyosh
Assalom moviy osmon
Salom deyman terak senga
Salom sizga bulutlar
Salom deyman hammangizga
Biz yashaymiz bir zaminda
6. Otlarni ko‘plikda kelishi
Gul – gullar
Buloq – buloqlar
Yulduz – yulduzlar
Bino – binolar
7. Mavzuni mustahkamlash
Rasm asosida suhbat
- bolalar men hozir sizlarga rasm ko‘rsataman va birma bir so‘rayman. Agarda kim ko‘proq gapira olsa o‘shanga yulduzcha beraman. Boshladik.
- bu rasmda katta bog‘cha binosi mavjud. Yonida daraxtlari mavjud. Ularning baʼzilari mevali ...................
- barakalla
8. Rag‘batlantirish
Barakalla bolalar men bugun hammangizni qarsak bilan taqdirlayman.
9. Yakunlash
- bolalar uyga yuqoridagi sheʼrlarni yodlab topishmoqlar javobini topib uy vazifasi daftariga rasmlar chizib kelinglar. Xayr.
№ Sana_____________
Dostları ilə paylaş: |