Sana Mavzu: Mustaqillik bayrami


Mavzu: Bog‘cha bo‘ylab sayohat



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə3/19
tarix07.01.2024
ölçüsü1,11 Mb.
#207006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1 yil mashgulot konspwkt 270121223020 uz-assistant.uz LOTIN

Mavzu: Bog‘cha bo‘ylab sayohat.
Maqsad:
Taʼlimiy – Nonutqiy tovushlar orqali eshitish diqqati va hotirasini shakllantirish. Gigiyenik tarbiya haqida turli ovozlar orqali o‘rinsizlashini shakllantirish. O‘z guruh nomi va sonini bilish

Tarbiyaviy – Muloqot madaniyatini tarbiyalash do‘stlik o‘quvchi hissi orqali hurmat hissini tarbiyalash. Maqtovlar olqishlar orqali bolani darsda to‘g‘ri o‘tirishga chaqirish


Korreksion – Eshitish diqqatini rivojlantirish. O‘yinlar orqali tasavvurini shakllantirish


Jihoz: kuz, barg, kiyimlar, bog‘cha, ot, qiz, o‘yinchoqlar, tarqatma materiallar, yulduzcha, to‘rtburchak, uchburchak.


Mashg‘ulotning borishi:


1. Tashkiliy qism:
Assalomu alaykum deb o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib to‘g‘ri salomlashishiga o‘rgatish
- bolalar yaxshi keldingizmi uyda yaxshi dam oldingizmi?
- ha
- barakalla hozir o‘lkamizda qaysi fasl?
- hozir o‘lkamizda kuz fasli
- biz kuz kelganini qayerdan bilamiz?
- men aytaman kuz kelganini ob havodan daraxtlarni barglari sarg‘ayishi to‘kilishi va kiyim uzun kiyimlardan bilinadi.
- ob xavo esa gohida sovuq shamol gohida esa yomg‘irli bo‘ladi

2. Uy vazifasini tekshirish


- bolalar kim aytadi. Biz o‘tgan safar qaysi mavzu bo‘yicha gaplashdik?
- to‘g‘ri bog‘cha haqida gaplashdik. Qani kim menga darvozadan boshlab to ohirigacha bo‘lgan honani tasvirlab beradi?
- men darvozadan kirgach uzun yo‘lak keladi, bu yo‘lakda turli tuman suratlar osilgan eng avval oshxona va jismoniy tarbiya honasi keladia?
- barakalla ........... juda yaxshi. Qani endi u yog‘ini kim aytadi?
- men aytaman, uzun yo‘lakdan so‘ng bizning guruhimiz keladi.
- to‘g‘ri .......... barakalla
- kim aytadi bizning guruhimiz qanday va nechanchi sonli guruh hisoblanadi?
-demak hali bilmaysizlar, bilib olinglar biz kichik logoped guruhi hisoblanamiz soni esa 2 eslab qoldingizmi?
- ha
- barakalla uy vazifasga yaxshi tayyorlanibsizlar.

3. Artikulyasion mashq


A.til mashqi “Shirin murabbo”
Bolalar suratdagi qiz murabbo yebdi va uning labida yalayotgan murabbosi kabi biz ham labimizdan va uning atrofidan yalaymiz
B.Ot mashqi
Qani bolalar hammamiz huddi ot kabi ovoz chiqaramiz taq-tuq. Juda yaxshi
- qani kimning oti chiroyli yura oladi?
- barakalla ofarin

4. Asosiy qism


1. Bolalar bog‘chadagi guruhlar 8 ta ekan har bir guruhda sizlarga oxshagan bolalar o‘qitiladi.
Bizning guruhda ham qizlar va o‘g‘il bolalar tarbiyalanadilar. Biz ham bir oilamiz. Ahil inoq bo‘lishimiz lozim.
Bizning gurux 2-kichik logopedik guruh. Boshlang‘ich hona bu dahliz deyiladi, u yerda kiyim ilgich shkaflar turadi. Keyin mashg‘ulotxonasi bor, yonida vannaxona yonida yotoqxona mavjud.
2. Nonutqiy tovushlar
A.predmetlarni ovozini top.
- baraban, nay, qo‘ng‘iroqchalarni ko‘rsatib birma bir chalaman va so‘rayman
- qani bolalar ko‘zingizni yuming va ovozidan qaysi cholg‘u asbobiga tegishligini ayting
B. Nimaning tovushi ekanligini aniqlang
- bolalar men hozir sizlarga qog‘oz, qoshiqlar va koptokni ovozini eshittiraman. So‘ng olib qoyaman nomini to‘g‘ri aytishingiz kerak.
- barakalla deyarli hammangiz to‘g‘ri nomini aytdingiz.
5. Sheʼr yodlash. “SANAMALAR”
Bir ikki olma dikki
Safar oyi sariq chumchuq
Bog‘da turmay tez uchib chiq
Bir bug‘doy ikki bug‘doy
Uch bug‘doy puch bug‘doy
Bir ikki uch birlikdadir kuch
6. Jismoniy daqiqa
Koptok yordamida bolalarga birma bir otib savol beriladi
- ......... il qani aytchi mushuk ovozi qanday?
- miyov miyov
- to‘g‘ri qani ......... sen ayt sichqon ovozi qanday?
- chi chi chi
- to‘g‘ri qani ........... sen aytchi kuchuk ovozi qanday?
-bilmaysanmi unda sen .......... aytchi
- vov vov vov
- to‘g‘ri
Shu tariqa davom etadi.
7. Mavzuni mustahkamlash
- bolalar guruhimizdagi honalarni birma bir nomlaymiz
- yotoqxona yaʼni men bir boshini aytaman sizlar hona so‘zini qo‘shasizlar
Yotoq – xona
Jismoniy – xona
Osh – xona
Musiqa –xona
Vanna – xona
Logoped – xona
Mashg‘ulot – hona
8. Rag‘batlantirish, yakunlash.
- ................ yulduzcha
- ................. larga to‘rtburchak
- qolganlarga uburchak tarqatib rag‘batlantirildi.

Sana__________



Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin