Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini boshqarish


Yer resurslarini boshqarishda nazorat uslublari va bosqichlari



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix24.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#160974
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
2. Yer resurslarini boshqarishda nazorat uslublari va bosqichlari
Boshqarishning predm etiga yerdan foydalanishni tashkillashtirish jarayoni, u 
m a’lum hududiy chegara doirasidagi axolining xilm a-xil e ’tiyojlarini ta ’minlaydi. 
Extiyojlar yerdan foydalanishning boshqarishga tegishli bo'lgan turli-tuman 
usullarini qo'llashni taqozo etadi.
Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
■Yerdan foydalanuvchi chegarasi qam rovida hududiy tashkillashtirishni amalga 
oshirish;
■Yerdan 
foydalanish jarayonining 
muxandislik 
ta ’minoti 
(muxandislik 
kommunikatsiyalari);
■Yer uchastkasining huquqiy maqomini 
0
‘m atish (mulkchilik, foydalanish 
maqsadi, ijara, chegaralash, saqlash vazifasi v a boshqalar);
■Yerdan foydalanishning turlari (foydalanishga ruxsat berilganligi) va 
yo'nalishlarini o'rnatish;
■Yerdan foydalanishda samarali iqtisodiy v a ekologik texnologiyalarini tadbiq
etish;
■ Yerning tabiiy va iqtisodiy holatining taxlili;
■Yeming miqdor va sifat holatiga va maqomiga ta ’sir k o ‘rsatadigan boshqa 
tadbirlar.
Yerlarni m uhofaza qilish-yerlam ing muhofazasiga yo'naltirilgan moddiy va 
moliyaviy choralarni ta ’minlab berishga 0 ‘zbekistonning hozirgi bosqichdagi ishlab 
chiqarish kuchlariga monand ravishdagi ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil 
etish. Yer kodeksining 28-m oddasiga binoan yerlarni m uhofaza qilish v a ulardan 
oqilona foydalanish yoMga qo'ygan yer munosabat sub’ektlariga bir qator iqtisodiy 
rag'batlantirish m e’yorlari belgilangan.
Yerlarni m uhofaza qilishning texnologik tadbirlari- yerlarni muhofazalashda 
yuqori unum dorlikka erisha oladigan texnologik jarayonlarni ta ’minlab beruvchi 
uslub va uslublarni ishlab chiqish va tadbiq qilish choralari. M asalan, jarlangan va
130


texnogen buzilgan yerlarni tubdan melioratsiya va rekultivatsiya qilishning ilmiy 
asoslangan usullarini yaratish.
Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning huquqiy 
ta’minlash usullari- yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning 
samarali y o'llari qo'llashni ta ’minlaydigan huquqiy choralar yig‘indisi. Ushbu usullar 
yer munosabati sub’ektlari uchun huquqiy imkoniyatlar yaratish va tartibga 
solishning kompleks huquqiy choralarning yaratishning huquqiy normalar tavsifi va 
yo‘nalishlari orqali am alga oshiriladi.
Y erlarning m uhofaza qilishning iqtisodiy rag'batlantirish tadbirlari-tuproq 
unumdorligini saqlash va uning qayta ishlab chiqarish qobiliyatini tiklash hamda 
yerlarni salbiy antropogen jarayonlardan saqlashga yerdan foydalanuvchilar, 
ijarachilar va mulkdorlaming ijobiy faoliyatlarining moddiy-moliyaviy q o ‘llab 
q u w a tla bo‘yicha tadbirlar komleksi. Ularga: yer solig'i va ijara to ‘lovi b o ‘yicha 
imtiyoz berish, imtiyozli kredit berish, davlat byudjeti hisobidan moddiy yordam 
ko‘rsatish, yerlarni m uhofaza qilish borasidagi kapital mablag1 va qonun xujjatlarida 
ko'rsatilgan boshqa tadbirlar kiradi.
Yer nazorati-yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga 
qaratilgan yer qonun xujjatlari normalaridagi talablami davlat organlari, jam oat 
birlashmalari ham da vakolatlangan idoralar va shaxslar yer munosabatlari sub’ektlar 
tomonidan bajarilishini tekshirish.
Davlat yer nazorati (inspeksiyasi)-davlatning mahalliy hokimiyat va maxsus 
vakolatli organlarining yer munosabati qatnashchilari (sub’ektlar) ning yer 
uchastkalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir faoliyatlarini tekshirish.
Davlat yer nazorati (nadzor)-davlatning maxsus vakolatli organ (prokuratura) 
tomonidan yer munosabatlari sub’ektlari (jumladan davlat organlari va mansabdor 
shaxslar) faoliyati yer qonun xujjatlariga mosligini tekshirish (Prokuratura 
to ‘g ‘risidagi qonunning 3-moddasi).
Jam oat yer nazorati-yerlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish 
borasidagi yer qonunchiligi talablariga rioya etishni nodavlat notijorat tashkilotlari 
va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 
tomonidan tekshirish (Nodavlat
131


notijorat tashkilotlari to ‘g ‘risidagi qonunning 7-moddasi va Yangi tahrirdagi 
fuqarolarini o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari to ‘g ‘risidagi qonunning 10 moddasi).
Y er nazoratini axborotlash shakli-ogohlantiruvchi va jazolovchi choralarni 
qoMlash 
m aqsadida davit nazoratining yer munosabati sub’ektlarining yer 
qonunchiligi talablarini bajarilishlariga doir zaruriy m a’lum otlam i yig'ish va ulami 
um um lashtirishga qaratilgan tekshirim turi.
Yerdan foydalanishdagi qonunbuzarlik uchun jinoiy javobgarlik-Jinoat kodeksi 
(14-m odda), Yer kodeksi (90-modda) va um um e’tiro f etilgan xalqaro huquq 
norm alarida k o ‘rsatilgan jinoyatning ham ma belgilarini o 'zid a aks ettirgan jazoga 
sazovor qilish.
Yer to ‘g ‘risidagi qonun xujjatlarini buzish hollari aniqlangan taqdirda, 
m ahalliy davlat organlariga yer uchastkalarini olib qo ‘yish, shu jum ladan, yer ijarasi 
shartnom asini muddatdan oldin bekor qilish, shuningdek, yerdan foydalanishni 
cheklash va to'xtatib q o ‘yish to ‘g ‘risida m ateriallar taqdim etish huquqi berilgan.
> Yer qonunchiligini bartaraf etish to ‘g ‘risida ogohlantirish xati
> Y er qonunchiligi m a’m uriy huquqbuzarligi to* g 'risida bayonnom a
> Y er qonunchiligi buzilishi haqida ishni ko'rib chiqishga kelishi uchun 
chaqiriq qog'ozi
> M a’m uriy huquqbuzarlik to ‘g ‘risidagi ishni k o ‘rib chiqish to ‘g ‘risida 
bayonnom a
> Yer qonunchiligi buzilganlik uchun m a’m uriy javogarlikka tortish 
to ‘g ‘risida qaror
Boshqarish 
tizimini 
vujudga 
keltirish 
vaqtida 
axborot 
oqimlarining 
kamchiliklari:
1 .turil xil strukturalar to ‘playdigan bir xildagi axborotlar utishining paralleligi 
(xatto bir strukturaning turli xil elementlari ham)
2. axborotlar shakllanish vaqtida mushtaraklikning yo'qligi har qaysi struktura 
tizimning rejali va hisobot ko'rsatkichlaridan, normativ spravochki m a’lumotlaridan 
xujjatlar formasi va hakozalardan foydalanadi. Axborotning bir xil massiv
132


ko'rinishlari har xil davriyligi (har kuni, har oyda, har kvartalda) bilan bir necha 
marta namoyon boMadi. Mohiyatiga k o ‘ra bu bor axborot oqimining izchil 
takrorlanishidir.
3. Axborotning takrorlanishi. Axborotning bir xil massiv ko ‘rinishlari har xil 
davriylik bilan (har kuni, har oyda, har kvartalda) bir necha marta namoyon bo'ladi, 
M oxiyatiga k o ‘ra bu bir axborot oqimining izchil takrorlanishidir;
4. axborotning kechikishi. Boshqaruvchilik qarorning qabul qilinishi, axborotga 
ishlov berish, uzatish vaqti vaqt bo'lishi kerak, uning davomida boshqariladigan 
obyektga qaytarib bo‘lmaydigan jarayon ro ‘y berishi mumkin;
5. axborot to ‘plash shartlari va yagona talabning y o ‘qligi tufayli tez-tez ro ‘y 
berib turishi, axborotning toMaligi va ishonchliligining yetarli emasligi;
6. axborotlar hajmining ortiqchaligi oqibatida ham xarakteri bo‘yicha, ham 
xajmi bo'y ich a m a’lumotlar va xabarlaming tartibsizligi;
7. m a’lumotlarga ishlov berish va olishning har xil muddatlari va uslublari 
sababli axborotlarini taqqoslab b o ‘lmasligi;
Y er resurlarini umumiy davlat boshqarilishini-davlat m ablag'i hisobidan butun 
jam iyat m anfaatida davlatning hukumat organlari amalga oshiradilar. Shuning uchun 
bu organlar qabul qilgan qarorlar yer munosabatlarining barcha sub’ektlari uchun 
majburiydir. Davlat boshqarilishi davlatning xududiy ustunligi huquqiga asoslangan 
va mamlakatnng barchalariga tarqatiladi. Davlat turli xil toifadagi fondining yerlariga 
farmoyish berish, foydalanish, egalik qilish bo'yicha o ‘zining vakolatligini 
realizatsiya qilinishini ta’minlaydi. Bunday holda davlat yer sababi bo‘yicha 
fuqarolik-huquqiy munosabatlarda, bu munosabatlarning boshqa ishtirokchilari kabi, 
ishtirok etadi.
Yerdan foydalanishni boshqarish uslublari yuqorida bildirilgan fikrlami 
inobatga olgan xolda takomillashtirish iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish 
sam aradorligi yanada ortiradi deb hisoblaymiz.
133



Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin