mexanizmlari vositasida am alga oshiriladi. Bunda e ’tirof etiladiki, «Tizimni yoki
uning funksiyasini o ‘zgartirish manbasi odatda tizimning o'zid a yotadi».
Ammo boshqarishni faqatgina uni yangi sifat holatga o'tkazish deb qarash
kerak emas, bunday qoida to ‘laqonli bo'lm aydi. M urakkab boshqariladigan tizimning
muhim xususiyati shundan iboratki, boshqarish uni optimal holatda saqlanishini
ta ’minlaydi va shu sababli bir vaqtda tizimning o‘zini ham tashkil etishga
yo'naltirilgan, y a ’ni boshqarishning mohiyati tizimni tartibga solish uchun unga ta ’sir
etibgina qolmasdan, balki uni tashkil etishdan ham iboratdir. Darhaqiqat, boshqarish
tizimni o ‘zini tashkil etish vositasi b o'lib ham xizmat qiladi.
«Boshqarish» tushunchasi «jarayon» va «tizimlar» tushunchalari bilan ham
uzviy bog’liqdir. Jarayon (lotinchadan “prosessus”) harakatni bildiradi va “nimanidir
rivojlanishida holatni, voqeilikni ketma-ket o ‘zgarishi, qandaydir natijaga erishish
uchun ketma-ket xarakatlar majm uasi” sifatida ta ’riflanadi.
Shuni k o ‘zda tutish zarurki, boshqarish jarayonlam i kechishi, mashinalarni
ishlashi va oqibatda obyektlar tarkibida yuz beradigan o ‘zgarishlar, tizimning ishlashi
bilan amalga oshiriladi, ammo hech qachon obyektlam ing o ‘zi bilan emas. Shu
sababli am aliyotda ham da m axsus va o‘quv adabiyotlarida uchraydigan «Tabiiy
resurslami boshqarish», «Yer resurslarini boshqarish», «Yerni boshqarish», «Suvni
boshqarish» va hokazolar tipidagi so‘ o ‘zlar unchalik ilmiy jihatdan maqsadga
muvofiq emas.
Dostları ilə paylaş: