va m a’naviy qoloq b o‘lgan davrlarda Sharq xalqlari insoniyat sivilizatsiyasining ancha yuqori darajasida bo‘lganlar. Bu fikming isboti sifatida yozuvchi farangistonlik muallim Shari Sanivyusning quyidagi fikrlarini keltiradi: « 0 ‘n birinchi asrda Yevropa shaharlari kichik va oddiy, qishloqlari vayron kulbalardan iborat edilar. Yo‘lda o‘ldirilishlardan qo‘rqib hech kim o ‘z uyidan o ‘n farsoq ham uzoqqa bora olmas edi. Islom olami esa Bog‘dod, Shorn, Misr va Andalus singari butunlay obod va ko'rkam shaharlar, marmar bilan bezalgan binolar, muzayyan va ozoda bozorlarga ega edi. Dalalaming har qadamidagi so‘lim go‘shalar-u xirmon-xirmon donni ko'rganning ko‘zi quvonar edi. Ispaniya bilan Turkiston o ‘rtasida savdo karvonlari bemalol borib kelardi. Ovropaliklar musulmonlar taraqqiyotini qabul qilib, kasb va ilm o'rganish niyatida islom shaharlarida taxsil olar edilar. Ovropa musulmonlar bilan aloqada bo‘lish yo‘li orqali taraqqiy etgan. Ovropaliklarning islom olamidan qabul qilgan ishlari quyidagilar: Ziroat: ko‘k bug‘doy, tut daraxti, guruch, xurmo, limon, paxta, qahva va nayshakar. 'M.Behudiy, Tanlangan asarlar. 2-nashriyot. «O hbankalarbiznibarbod etdi» 1999, 166-bet
2 O 'sha asar, o'sha joyda 168 —bet
159
Sanoat: shoxi gazlamalar, zar to‘qish, shisha, oyna... va qog‘oz. Ilm-fan: al-jabrva al-muqobala, handasa, chizmachilik, kimyo, hisob vahokazo. Islom ahli Yunon, Eron, Hind va Chinning ilm-fan ixtirolarini to'plab va o ‘zlaridan ko'pgina narsalarni qo‘shib, oqibatul-amr, bularning barchasini ovropaliklarga topshirdilar'». Lavhadan ko'rinib turibdiki, bugungi Yevropaning taraqqiyot tamal