-Sen xuddi bir amerikalikka o ‘xshaysan Miryoqub- dedi to‘ra.
- Lekin, chakki shu sartiya ichida tug‘ilib qolgansan!1».
Cho‘lpon Miryoqub timsolida xalqimizga xos uddaburonlik, zamona
zaylini oldindan ilg'ab olish, mavjud sharoitda qanday harakat qilishni
bilish, bozor iqtisodiyoti odamlariga xos tavakkalchilik, oz sarf bilan
ko‘p foyda olishga intilish, boshlangan ishning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish fazilatlarini ko‘rsatadi. Miryoqub o'zidagi
ana shu fazilatlari tufayli tez fursatda qo‘sha-qo‘sha do‘konlarga, sheriklik
asosida egalik qilinadigan zavodga, bankda o‘z sarmoyasiga ega bo‘ladi.
Demak, u ziyrakligi va iqtisodiy tafakkuri tufayli ko‘zga ko‘ringan
tadbirkorga, mulkdorga, «kerakli odamga» aylanadi.
«Kecha va kunduz» asarining ahamiyati jihatlaridan biri ham uning
bugungi iqtisodiy islohotlarimiz g‘oyalari bilan, bozor iqtisodiyotiga o ‘tish
muammolariga yechim topish bilan hamohangligidir. Unda ko'rsatilgan
g‘oyalar 0 ‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini yaratish, xalqimizning
iqtisodiy tafakkurini shakllantirish vazifalariga xizmat qila olishidir.
NAZORAT SAVOLLARI
', XIX asr oxiri XX asr b lohlarida
Turkiston iqtisodiyoti qanday ahvol
edi7
2. Jadidlar harakati qanday ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatda vujudga
Dostları ilə paylaş: