amaliy madad berishlari, tovarlarni arzonlashtirish yo'llarini izlashlari, uchinchidan. yevropaliklardan savdo va tijorat qilish ilmini hamda foyda olish zamirida madaniy savdo xizmati ko‘rsatishni o'rganish. Turkiston iqtisodiyotining raqobatsizlik sabablari- birinchi, nozoalla, hisobsizlik, aql va tarbiyasizlik bizni barbod etdi. Ikkinchi,- naf va zararimizni bilmaganimiz, tijorat ishi va ahli zamondan bexabarligimizdan, xulosa-jaholat va nodonligimizdandir, uchinchidan,- «qo‘ldagi bor nimarsalarimizni to‘y va azog‘a, behuda odatlarg'a sarf etarmiz. Ko‘rpamizga qarab oyoq uzatmaymiz. Qarz ila imorat, to‘y qilarmiz, isrof qilarmiz». 1000 yillar ilgari Yevropaning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti- 1000 yillar ilgari Yevropa xalqlari iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qoloq bo‘lgan. 0 ‘n birinchi asrda Yevropa shaharlari kichik va oddiy, qishloqlari vayron kulbalardan iborat edilar. Yevropaning Turikstondan o ‘rgangan amallari- Ziroat: ko‘k bug‘doy, tut daraxt, guruch, xurmo, limon, paxta, qahva va nayshakar. Sanoat: shohi gazlamalar, zar to‘qish, shisha, oyna va qog'oz. Ilm-fan: al-jabr va al-muqobala, handasa, chizmachilik, kimyo, hisob va hokazo.
XIV bob XXI ASR BO‘SAG‘ASIDA 0 ‘ZBEKIST0NNING IQTISODIY TA’LIMOTI (PREZIDENT ISLOM KARIMOVNING IQTISODIY KONSEPSIYASI) 0 ‘tgan asrning 90-yillari boshlarida 0 ‘zbekistonning siyosiy musta- qillikka erishuvi uning oldiga istiqbolda o ‘zining zamonaviy tarkibdagi milliy iqtisodiyotini yaratish va uning asosida mamlakatda farovon huquqiy demokratik fuqarolik jamiyatini ЬафО qilishdek g‘oyat mas’uliyatli strategik vazifani qo‘ydi. Jahon va milliy tarixiy taraqqiyot jarayonini o ‘rganish,