ham singdirilmoqda. Prezidentimizning « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘a-
sida...» nomli asarida odamlarni mulkdor qilish, o ‘rta mulkdorlar sinfini
vujudga keltirish kechiktirilmas vazifa ekanligi uqtirildi.
Bunday xulosalar
ulug‘ shoirim iz Y usuf Xos Hojibning quyidagi iqtisodiy g‘oyasiga
asoslanilgan bo'lsa ajab emas:- «Moli bo‘lsa kishi bilim o'rganadi, barcha
ezgulikka qo‘l cho‘zadi. Bu mol bilan kishi tilak tilasa (mehnat qilsa -
muallif), mol-dunyosi bir yo'lak, ya’ni vosita bo'lib, yuqoriga ko'tariladi1».
«... kishining moli bo‘lmasa, barcha ezguliklarga ham uning qo‘li qisqalik
qiladi2». Ana shu iqtisodiy
fikrlar necha asrlardan oshib, bizgacha yetib
kelgan va m a’naviy mulkimizga aylangan. «Qutadg'u bilig»
asarining
iqtisodiy g'oyalar qamrovi juda keng va nufuzlidir. U nda boshqaruv ilmiga
oid, elni, yurtni idora qilishga oid fikrlar ham ifodalangan.
Yusuf Xos Hojib har bir insonni hunar o'rganishga, hunarli bo‘lishga
chaqiradi. U «turli-tuman hunarlarni o ‘rganmaslik tubanlik belgisidir»-
degan fikrni ilgari suradi. Bu fikr,
keyinchalik, Sharq xalqlarining
umummilliy qoidasiga aylanib ketdi. M a’lumki, bu g‘oya ulug‘ donishmand
Bahouddin Naqshband tom onidan “Dast ba koru dil ba yor” , ya’ni
«qo‘lingiz ishda bo‘lsin, qalbingiz Allohda bo‘lsin»
iborasi bilan rivojlan-
tirildi.
«Qutadg‘u bilig» asarida alloma dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar,
turli-tum an hunar sohiblari xususida alohida-alohida boblar zikr etilgan.
Masalan, dehqonlarga bag‘ishlangan bobda quyidagi misralar bor:
«Qimirlagan jonga naf berar ular,
Yeyishu ichishga jon bergan
shular
Nafas olgan butun tirik jonivor
Dehqondan bo‘lmog‘i kerak minnatdon>.
Asarda noz-ne’maf yaratuvchilarning yana
bir toifasi-chorvadorlar
haqida ham juda iliq fiklar bayon qilingan. Bu kasb egalariga ham yaxshi
m ehnat va rag‘batlantirish sharoitlari yaratib berilishi kerakligi uqtiriladi.
K o'rinib turibdiki, Yusuf Xos Hojib juda ko‘p iqtisodiy fikrlami ilgari
surgan.
Dostları ilə paylaş: