Kitobda davlat soliq xizmati xodimlarining aholidan soliq yig‘ishdagi
o‘zboshimchaligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligi aytiladi.
Shuning uchun ular faoliyatini davlat tom onidan qonuniy yo‘llar
bilan
nazorat qilib turishlik haqida ko‘rsatma bayon qilingan. Agar soliq
xizmatchisi davlat belgilaganidan ko‘p soliq olsa, «Xalq
bundan kam-
bag‘allashadi», odamlarga ko‘p azob yetadi, ko‘p mollar talon-taroj
etiladi'». Bu yerda o ‘zboshimchalik bilan, davlat buyrug‘isiz
ham soliq
yig‘uvchilar faoliyatini cheklash zarurligi haqida gap boradi.
Nizom ul-m ulk o ‘z tajribasidan va tarixiy tajribalar dan kelib chiqib
shunday nasihat qiladi: «Har bir narsa o ‘z vaqti va o ‘z joyida harj bo‘lishi
kerak2». Shundagina «odamlar rohatda yashaydi,
biror kishi mol-mulki
jihatidan azob chekmaydi» . Demak, yuqorida keltirilgan fikrdan xulosa
shuki, xazinaga (davlat yoki oila budjetiga) kelgan daromadni obdon
o ‘ylab, kerakli maqsadlarga, eng zaruriy ehtiyojlaxga sarf etilmog‘i darkor.
Shundagina farovon va tinch yashash imkoniyati vujudga keladi.
Kitobning so‘nggi, 50- faslida g‘oyat ajoyib, ibratli iqtisodiy g‘oya ilgari
surilgan. M uallif yozadiki «... Behuda haij ham, isrof va ifratga ham yo‘l
bermaslik kerak, odam lar iqtisodni tejamsizlik deb bilmasin.
Sahovat ham kishiga mos bo‘lsin, xazinadan nafaqa oladiganlarga haq
berilsin: ko‘p oladiganga ko‘p, kam oladiganga kam.
Shunda har bir odam
o‘z qadrini tushunadr »
Muallif «iqtisod» degan kategoriyaga amaldorlaming ish-xo‘jalik yuritish
tartiblarini (xo‘jalik faoliyatini tashkil etish), daromadlar, boylik. mol-
mulkni saqlash, zarur zaxiralarni shakllantirish,
xazinani boshqarish,
to ‘g‘ri sarf-harajatlar qilish kabi tushunchalam i kiritadiki, bu uning
iqtisodiy dunyoqarashi qanchalik keng qamrovli ekanidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: