IJOBIY FIKRLASH
Yon sahifaga diqqat qiling. Nima ko‘ryapsiz?
Yoningizdagilardan ham iloji bo‘lsa, bu sahifa-
da nima ko‘rishayotganini so‘rang. Ko‘pchilikning
aytadigan gapi «qora nuqta» bo‘lishi tabiiy. Asli-
da esa ka a oq sahifaning ichida kichkinagina
bir nuqta xolos! Ko‘zimiz oq qog‘ozning mingdan
bir qismini egallagan faqat qora nuqtani ko‘rdi.
Hayotda ham doim shunaqamiz, to‘g‘rimi? Ak-
sarimizning bu hayotda qiladigan ishi, ka a oqlik
ichida kichkinagina qora nuqtalarni ko‘rish. Eng
qizig‘i, chiroyli davom etayotgan turmushimizda
ro‘y bergan kichik ko‘ngilsizlikni butun hayo miz
us ga qora bulut qilib, qoplab olamiz.
Ota jajji qizchasi bilan o‘ynar ekan, undan
so‘rabdi:
– Oyingning ko‘zlarini rangi qanaqa?
– Oq-qora, – debdi qizaloq.
– Qizim, ko‘z oq-qora bo‘lmaydi. Yoki qora,
yoki ko‘k, yoki jigarrang bo‘ladi.
Shunda qizcha oshxonaga borib, onasini qo‘li-
dan yetaklab kelib, debdi:
78
S
X ‘
– Siz ka alar ko‘zlardagi bu oqni ko‘rmaysiz-
larmi?
Hayot haqidagi savollarga ko‘pincha to‘g‘ri
javoblarni bolalar berishadi. Hali hech narsa
ko‘rmaganidan emas, ularning hayotga qarash-
lari beg‘ubor, sof bo‘lganidan. Biz esa ulg‘aygani-
miz sari hayo mizda asosan qora nuqtalarni
ko‘ramiz. Hayot sizning qarashlaringiz va fi krla-
ringizni turmushingizda aks e radi. Hayotga
ijobiy qarasangiz, hayo ngiz ham yaxshilanayot-
ganini ko‘rasiz.
Bir donishmand yonida shogirdi bilan ko‘cha-
da birga ke shar edi.
– Hamma joyda jimjitlik, nchlikmi? – deb
so‘rabdi shogird.
– Jimjitlik demagin, hech narsani eshitolma-
yapman degin, – debdi donishmand.
Hayotga qanday qarashingizni shu savollar
orqali sinab ko‘ring. Gullarning kani bormi yoki
kanli novdaning guli bormi?
Piyolaning yarmi bo‘shmi yoki yarmi to‘la?
Yarmi to‘la desangiz bu ham kam. Chunki
yarmi to‘la piyola aslidan ikki baravar ka adir!
Fikrlashingiz haraka ngizga, haraka ngiz esa
hayo ngizga aylanadi. Ijobiy tomonlama fi krla-
sangiz, hayo ngiz ham yaxshilanaveradi.
79
Q
Uzoq qishloqda yashovchi bolakay bobosining
yonida o‘ rib nariroqda talashayotgan ikki itni
kuzatardi. Itlardan biri oq, biri qora edi. Bu ba-
haybat ikki it bobosining yonidan aslo uzoqlash-
masdi. Qiziquvchan bolakay bobosidan so‘radi:
– Bobo, nega doim bu ikki itni birga boqasiz?
Nega birini rangi qora, biriniki oq?
Bobo kulib, nevarasining boshini silagancha
debdi:
– Ular men uchun ikkita msol, o‘g‘lim.
– Qanday msol? – qiziqibdi bolakay.
– Yaxshilik va yomonlikning msoli. Aynan ho-
zir ko‘rib turganingdek ichimizda hamisha yaxshi
va yomon fi krlar bir-biri bilan kurash olib boradi.
Ularni kuzatar ekanman, doim shu haqida o‘ylay-
man. Shu sababli doim ularni yonimda olib yura-
man, – debdi bobo.
Bola shunda, agar kurash bo‘lsa, biri g‘olib
bo‘lishi kerak, deb o‘ylabdi va bolalarcha savol
beribdi:
– Unday bo‘lsa bu kurashda kim g‘olib bo‘ladi?
Bobo ma’noli tabassum bilan nabirasiga qa-
rab:
– Qaysi birimi, bolajon? Men qay birini ko‘proq
parvarish qilsam o‘sha g‘alaba qozonadi, – debdi.
80
S
X ‘
Siz ijobiy fi krlarni parvarish qiling. Shunda mi-
yangizda yomon tushunchalarga joy bo‘lmaydi.
Salbiy fi krlar miyada bor bo‘lsa, yaxshi tushun-
chalar us dan g‘olib bo‘ladi. Ikkisining orasida
nozik chiziq bor. Qaysi biri hayotga qarashingiz-
da ko‘proq joy egallasa, ikkinchisi uchun kam joy
qoladi. Bag‘ri kenglik oz bo‘lsa, toqatsizlik oshadi,
do‘stlik kam bo‘lsa, dushmanlik ko‘payadi. Siz ijo-
biy bo‘lganlarini ko‘pay rishga harakat qiling.
Dostları ilə paylaş: |