Qadam yangi lotinchasi indd



Yüklə 2,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/38
tarix21.12.2023
ölçüsü2,69 Kb.
#188016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Qadam [@kitoblar pdf]

Orzularingiz 
• 
Yashashdan maqsadingiz 
• 
Qadriyatlaringiz
Bu uch qoida hayo ngiz mazmunli kechishiga 
xizmat qiladi. Agarda kelajakdagi orzularingizni, 
yashashdan maqsadingizni va qadriyatlaringizni 
aniq bilmasangiz, umr yo‘lingiz ham oddiy, zeri-
karli, mazmunsiz bo‘lib qolaveradi. 


13
Q
Muvaff aqiyatlarim – yoshligimdagi 
orzularimning bir mahsulidir. 
Napoleon Bonapart


14
S
X ‘
ORZULARINGIZ
Dunyo bugungacha ko‘rgan ka a 
yutuqlar avval bir orzu-xayol edi. Eng 
bahaybat chinorlar ham avval kichik bir 
qalamcha, eng ka a qushlar esa oddiy 
tuxumlar bo‘lgan.
Jeyms Allen
Kelajak orzularingiz – yolg‘iz qolganingizda 
mudom o‘ylaydigan, boshqalarga aytolmaydigan 
va doim shakllanib, takomillashib boruvchi xa-
yollaringizdir. Bu hayotda hamma orzularga 
erishi shingiz shart emas. Gapim sizga g‘ala tu-
yilishi mumkin. Chunki juda ko‘p marotaba «Or-
zularingga erish va baxtli bo‘l», degan gaplarni 
eshitgansiz. Aslida unday emas. Hamma orzular-
ga erishish ham hayo ngizni zerikarli qilib qo‘ya-
di. Yashash zavqini yo‘qotgach, ko‘ngilni xush qi-
lishga ermak vositalar qidira boshlaysiz. Har bir 
inson hayo davomida qiyinchiliklar bilan pishib 
boradi. Chunki umrimiz turli sinovlarga to‘la. 
Orzular esa umr yo‘limizdagi qorong‘i joylar-
ni yori b turadi. Agar hech qanday orzuyingiz 


15
Q
bo‘lmasa, zulmat ichida qolib o‘zingizni yo‘qo b 
qo‘yishingiz mumkin. Orzularni osmoningizdagi 
yulduzlar deb biling. Yulduzlarni qo‘lingiz bilan 
tutolmaysiz, ammo ular tunlari yo‘lchi yulduz 
vazifasini o‘tab, hayo ngizni yori b turadi.
O‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan 
kelajakda kim bo‘lmoqchi ekanliklari haqida 
so‘radi va har kimni orzusiga qarab baholashini 
aytdi.
– Nodira, sen ka a bo‘lganingda kim bo‘lmoq-
chisan?
– Men shifokor bo‘lib, bolalarni davolamoqchi-
man.
– Senga besh baho. Sardor, sen qaysi kasbni 
tanlading?
– Men bankir bo‘lmoqchiman. Ko‘p pulim 
bo‘lishini xohlayman.
– Yaxshi. Senga to‘rt baho. Sherzod, sen kim 
bo‘lmoqchisan ka a bo‘lganingda?
– Men ka a-ka a zavod-fabrikalarning egasi 
bo‘lib, ming-minglab odamlarni ish bilan ta’min-
lamoqchiman. Ko‘p turli narsalar ishlab chiqarib, 
butun dunyoga sotmoqchiman.
Sinfdagi bolalar kulishibdi. O‘qituvchi esa:
– Senga uch baho. Dars tugaguncha, tuzukroq 
kasbni orzu qilolsang, senga ham besh baho 
qo‘yaman, – debdi.


16
S
X ‘
Dars tugashiga oz qolganda, Sherzod o‘qituv-
chiga debdi:
– Ustoz, mayli, menga uch baho qo‘yavering. 
Men orzuyimdan voz kechmayman.
O‘qituvchi tabassum bilan javob beribdi:
– Sherzod, orzuyingdan hech qachon voz 
kech ma, va alba a, unga erishgin. Men sening 
qat’iya ngni sinagan edim. Bahoying besh!
Orzularingizni chegaralamang. Aksincha, ular-
ni turli xayollar bilan boyi ng. Har bir insonning 
orzulari uning saviyasini belgilaydi. Orzularin-
gizning baland va ka aligi kelajakka nisbatan 
munosaba ngiz va dunyoqarashingiz kengligiga 
bog‘liqdir.
Uzoq yaylovlarda qo‘ylarini o‘tla b yurgan 
cho‘pondan so‘rashibdi: «Pulingiz ko‘p bo‘lsa 
nima qilardingiz?»
Cho‘pon ay bdi: «Barra ko‘k piyoz bilan issiq 
shirmoy non yerdim».
Yonidagi boshqa bir cho‘pondan ayni savolni 
so‘rashibdi. Cho‘pon: «Bu do‘s m aytganidan 
yaxshiroq yana nima bor?!» degan ekan.
Ba’zan ka a-ka a orzular qilish uchun ikkila-
nishingiz va ha o cho‘chishingiz mumkin. Siz o‘z 
kuch-quvva ngizni qo‘rquv va xavo rlarga emas, 


17
Q
orzularingizni 
ro‘yob-
ga chiqarish va ularni 
amalga oshirish uchun 
sarfl ang, yana va yana 
o‘z us ngizda ishlang. 
Bilim va qobiliyatlarin-
gizni shakllan ring. Ha-
yot haqida tajriba or -
ring.
Unutmang, orzularingiz hayotdagi maqsadla-
ringiz emas. Maqsadlarga erishish shart. Orzular 
esa hayo ngizning bir yerida doim nur sochib 
tursin!
Orzu qilishda birgina qoida bor: u ham bo‘lsa 
faqatgina sizning ishonchingizdir. Orzularingiz 
haqida boshqalarga – oila a’zolaringizga, yaqin 
do‘s ngizga ham aytganingizda ular kulishi mum-
kin. Ahamiyat bermang, o‘z orzularingizga isho-
ning. Inson qanchalik orzu qilar ekan, shuncha 
vaqt yashaydi. Orzu qilish to‘xtaganda, hayotda 
vaqt to‘xtab, uning mazmuni va ma’nosi yo‘qoladi.
Ota ikki farzandi – qizi va o‘g‘li bilan o‘rmon-
da ke b borardi. Biroz yurishgach, o‘g‘li xarxasha 
qila boshlabdi:
– Otajon, charchadim, il mos, meni ko‘tarib 
oling.
Orzularingizni 
mah-
kam tu b unga bog‘la-
ning. Agar orzularin-
gizdan voz kechsangiz, 
qano sinib, ucholmay 
qolgan qushga o‘xshab 
qolasiz.

Yüklə 2,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin