31
Q
zavq bilan yashayapmizmi? Vijdoningizga quloq
solib ko‘ring-a, qayerlarda xato qilayotganingizni
va uni tuza sh uchun nimalar qilish kerakligini
aytarmikan?!
Bir ko‘ngli keng ayol mehribonlik uyidan
jajji qizaloq asrab olibdi. Ayol unga g‘amxo‘rlik
qilib yaxshi qarabdi va bolalar bog‘chasiga joy-
lash ribdi. Kunlarning birida bog‘chadagi bosh-
qa bolalar qizni «ye mcha, asrandi», deb mas-
xara qilishibdi (Aslida, bolalarning pok fi tra da
bunday masxaralash oda bo‘lmaydi, oilasidan
o‘rganib qiladi).
Kechki vaqt qizni olgani onasi kelganida,
qizaloq ko‘zlarida jiqqa yosh bilan onasidan
so‘rabdi: «Oyijon, asrandi nima degani?»
Ona mehr to‘la ko‘zlari bilan qiziga qarab,
shunday debdi: «Boshqa bolalar kabi onasining
qornida emas, qalbida ka a bo‘lgan deganidir,
qizim». Qizaloq quvonib ke b onasini quchoqlabdi.
Nega uzoqni yaqin qiluvchi, og‘irni yengil qiluv-
chi turli vositalar rivojlansa-da,
insonlar tobora
o‘zini baxtsiz his qilmoqdalar? Nega insonlararo
mehr-oqibat yo‘qolmoqda? O‘ylab ko‘rganmisiz?
Nega?
Tailandda maymunlarni tu sh uchun ajo yib
tuzoq qo‘yish usullari bor. Uzun zanjirning bir
32
S
X ‘
uchini daraxtga bog‘lab, boshqa tarafi ga kokos
yong‘og‘i bog‘lanadi.
Kokosni kichkina teshib,
ichiga shirinlik qo‘yiladi. Maymun shu shirinlik-
ning hidiga keladi. Qo‘lini zo‘rg‘a kokos teshigiga
qadi. Shirinlikni ushlagan vaq qo‘li musht ho-
la da bo‘lgani uchun tashqariga chiqarolmaydi.
Ovchilar yaqinlashganida, maymun dovdirab qo-
cholmaydi. Aslida, maymunni hech narsa ushlab
turmaydi. U bu vaziyatda shirinlikni qo‘yib, qo‘li-
ni kichkina teshikdan chiqarishi kerak edi. Lekin
maymunlarda ochko‘zlik kuchli bo‘lgani uchun
kamdan-kam maymunlar bu tuzoqdan qutulib
qoladilar.
Bizlarni ham tuzoqqa
tushirgan va qopqonda
qolishimizga sabab bo‘layotgan narsa bu zehni-
mizga o‘rnashgan hirs va ochko‘zlik emasmi? Ellik
yil avval ham insonlarda pul bor edi. Do‘konlar-
da eh yojiga yetadigan o‘nta mahsulot bo‘lardi.
Odamlarning puli esa o‘nta mahsulotning beshta-
siga yetardi. Ya’ni, eh yojining yarmini ololardi.
Bugun ham insonlarda pul bor. Odamlarning puli
esa ularning yuztasiga yetadi. Bu yuztasi eh -
yojidan ham or qcha. Lekin inson to‘ymayap ,
eh yoji bo‘lmasa ham bosh qa narsalarni ololma-
gani uchun o‘zini baxtsiz his qilyap .
Qadim zamonda bir podshoh bo‘lgan ekan.
Ka a mamlakat hukmdori va behisob xazina