Qadimgi arabiston


Jahon sivilizatsiyalarining almashuv konsepsiyasi



Yüklə 104 Kb.
səhifə4/7
tarix09.10.2023
ölçüsü104 Kb.
#153441
1   2   3   4   5   6   7
Sivilizasiya tiplari va turlari

Jahon sivilizatsiyalarining almashuv konsepsiyasi tarixiy jarayonni boshlanishini aniq chizadi. Tarix hisobini neolit inqolibidan va undan oldingi o`tish davri-mezolitdan hisobini olib boradi; marksistik sxemaga nisbatan tarixni yirik bosqichlarini yanada bo`lib taklif qiladi va asosiysi sivilizatsiyalar almashuvi ritmi, unga mos harakatlantiruvchi kuchlar va qarama-qarshiliklar kelajakka-insoniyat jamiyati mavjud bo`lgan vaqtgacha saqlanib qoladi.
Yuqorida ko`rsatilgan tarixni davrlashtirishga yaqin yondashuvni I.M.Dyakonov taklif qiladi. U tarixiy vaqtni hisobini neolit inqilobidan emas, zamonaviy odam Homo Sapiensning paydo bo`lishidan (shunga muvofiq tarixning katta bosqichi-deyarli 30 ming yil qo`shiladi) hisoblaydi; so`z sivilizatsiya to`g’risida emas, tarixiy jarayonlar fazalari (ularni insoniyatning hayot fazalari sifatida tushunish mumkin); alohida fazalar va jahon sivilizatsiyalarining muddatlari tushunchalari va mazmunini tushunishda farqlar bor. Endi tadqiqot ob’ekti sivilizatsiya dinamikasi va tuzilishiga batafsil to`xtalamiz. Sivilizatsiya tuzilishini kesilgan piramida ko`rinishida tasavvur qilamiz, qaysiki u vertical bo`yicha besh qavatni tashkil qiladi, ularning har biri o`z navbatida bir-birini to`ldiradigan unsurlarga ega
Sivilizatsiya piramidasining keyingi qavati-ishlab chiqarishining texnologik uslubi-jamiyatda foydalanadigan texnologiyalar, ishlab chiqarishning tashkil etilishini shakl va tamoyillari, ishlab chiqarish vositalari hamda tabiiy ishlab chiqarish kuchlarining to`plami ifodasidir. Insoniyat jamiyatining birinchi bosqichlarida davrlar arxeologlar va tarixchilar tomonidan asosiy materiallardan foydalanib tayyorlanadigan (tosh, jez, temir) mehnat qurollari bilan davrlar farqlanadi. Energiyaning asosiy manbasi insonning muskul kuchi, keyin esa hayvonlarning kuchi edi; insonning tabiat kuchlariga to`la qaramligi bilan mehnatning oddiy kooperatsiyasi yetakchi edi. Inson qadamma-qadam sun’iy dunyoni shakllantirdi, yanada murakkab mehnat qurollar, keyin mahshinalar, murakkab texnik tizimlar, energetikani, endi esa boshqaruv va nazorat funksiyalarini o`zlari kashf qilgan priborlar, programmalashtirilgan nazorat tizimlariga berdi. Ichki ishlab chiqarish, sohalararo hududiy mehnatni ijtimoiy taqsimoti yuz berdi; korxona, hududlar, mamlakatlar, jahon xo`jaligi yanada ko`proq integratsiyalashgan yaxlitlik belgilarini ola boshladi.
Bir sivilizatsiyadan boshqasiga o`tishda ishlab-chiqarishning texnologik uslubi o`zgaradi, ishlab-chiqarish vositalari to`plamidan va uni tashkil qilish usullaridan foydalanadigan-texnologik inqilob yuz beradi. Lekin ishlab-chiqarishning bu usuli doirasida sifat o`zgarishlari yuz beradi, texnik tizimlarni energetic manbalari va umumiy tamoyillariga asoslangan, bu tizimlarga mos ishlab chiqarish shakllariga mos sifat o`zgarishlari yuz beradi. Ishlab chiqarishning industrial usuli qaysiki uni boshlanishini sanoat inilobi boshlab berdi, besh texnologik ukladlarni o`z ichiga oladi. Ulardan birinchisi manufaktura ishlab chiqarish usulidan meros olingan texnikada quriladi; ikkinchisi-to`rtinchisi ishlab chiqarishning industrial usulini o`z-o`zini rivojlanishini tizimli bosqichini ifodalaydi, zamonaviy beshinchi XX asr oxirida rivojlangan mamlakatlarda yetakchi bo`lgan postindustrial ishlab chiqarishni texnologik usuliga o`tish bo`lib, uning ilk unsurlarini o`zida olib borib XXI asrda o`z asosida rivojlanadi. Har bir texnologik uklad o`z navbatida, 10 yil davomida bir-biri bilan o`zaro bog’langan texnika avlodlarini o`z ichiga oladi, ularning har biri yirik kashfiyotni ba’zida yangilikni amalga oshiradi. Hozirgi zamon uchun hisoblash, lazer, kosmik, raketa texnikasini ko`rsatish mumkin. Har bir avlod umumiy texnologik tamoyil ko`pgina madvikatsiyalar va texnika modellarni amalga tadbiq qiladigan yana yuqori darajadagi (ilmiy texnika yo`nalishidagi) texnologik siklini shakllantirish va joylashtirish bosqichi bo`ladi. Ishlab chiqarishning aralash texnologik usullari, texnologik ukladlari, texnikaning avlodlari umumiy dalalar, har xil faoliyatning o`tish davrlarini hosil qiladi, bu uzluksiz texnik progresni ta’minlaydi. Shu bilan bir vaqtda texniakni yangi avlodini, texnologik uklad va ishlab chiqarish usulini qaror topishi navbatdagi texnik progress, u yoki bu masshtabdagi va chuqurlikdagi texnologik to`ntarishni belgilaydi.
Qarama-qarshiliklarga quriladigan bir-birini almashtiradigan tamoyillardagi texnikaning o`tish avlodlari, o`tish texnlogik ukladlar samarasi pastdir. Yanada yuqori darajada turadigan, texnologik siklni o`rtasidagi, uni yetuklik fazasini ifodalaydigan, unga joylashtirilgan potensialni to`la amalga oshiradigan avlod va ukladlar ko`proq samarali bo`ladi.
Texnika taraqqiyotidagi bosqichlar insonning bilish, bilimlarini moddiylashuvi texnologik ko`nikmalarini aks ettiradi va o`z navbatida uning ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlanishiga yangi bo`shliqlar ochadi.
Jamiyat piramidasining navbatdagi qavati ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli, iqtisodiy (ishlab-chiqarish) munosabatlari tuzulmasi. Uning asosiy unsurlari: qayta ishlab chiqarish tuzilishi; mulkchilik shakllari, ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini (o`zlashtirish) ishlab chiqarilgan mahsulotni qayta ishlab chiqarish ishtirokchilari, jamiyat a’zolari o`rtasida taqsimlash usullari; ayirboshlash usullari, jamiyatda ishlab chiqarilgan mahsulotni aylanishi, iqtisodiy boshqaruv shakllari, alohida xodimlar, qayta ishlab chiqarish birliklarini eng samarali usullarga undovchi boshqaruvchi va motivatsiya mexanizmi. Har bir sivilizatsiyaga ma’lum bir mos qayta ishlab chiqarish unsurlari va sohalar, iqtisodiy munosabatlar tuzumi mavjud.
Neolit sivilizatsiiyani jamoa mulki, teng taqsimot, natural ayirboshlash, ijtimoiy mehnat taqsimotining ilk shaklidagi mehnat faoliyatini bevosita boshqarishga asoslangan edi. Ilk sinfiy va antik sivilizatsiya xususiy o`zlashtirishga (yakka yoki jamoa). Ishlab chiqarish vositalari va xodimlarni erkin dehqonlar va hunarmandlarni jamoa va kichik xususiy mulk aralashgan holda qullar uchun kam ulush, Tovar ayirboshlashni o`sishi (ijtimoiy ishlab chiqarish mahsulotining bir qismini qamrab oladigan), dehqon oilalarini shaxsiy mulki sifatida mehnat qurollariga egaligi, noiqtisodiy majburlash va (sun’iy sug’orish tizimini qurish, boshqarish, piramida, saroylar, ibodatxonalarni qurilishi).
O`rta asrlar va industrial sivilizatsiyalar uchun yer va qisman ishlab chiqarish xodimlariga (qaram dehqonlar va hunarmandlar), toifaviy-feodal (“ko`p etajli”) egalik, dehqon oilalarini mehnat qurollariga shaxsiy egaligi, “Erkin shaharlar”da sanoat, qurilish, savdoda yollanma mehnat unsurlari bilan yarim burjua mulkchiligi, rivojlangan bozor-pul mexanizmini shakllanishi xosdir. Industrial sivilizatsiyalar uchun kapital va yollanma mehnat, bozor munosabatlari hukmronligiga asoslangan iqtisodiy tuzum xos.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy usuli o`z taraqqiyotida uning hayotiy sikli fazalariga javob beradigan ma’lum bosqichlarni bosib o`tadi.
“Sof” ko`rinishda iqtisodiy munosabatlar bo`lmaydi. Har bir davrda turli iqtisodiy ukladlar bir-birini to`ldiradi va qarama-qarshi turadi: yetakchi bu ishlab chiqarish usuli yoki uning fazalari; eski, ilgari yetakchi bo`lgan ukladlarning kam yoki ko`p qoldiqlari; tarixiy vaqt vaqt ham kelmagan tug’ilayotgan kelajak uklad kurtaklari. O`tish davrlarida ketayotgan va kirib kelayotgan ukladlarning nisbatan muvozanati va keskin qarama-qarshiligi kuzatiladi, shuning uchun bu yerda aralash iqtisodiyotning yetakchiligi to`g’risida gapirish to`g’riroq bo`ladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizim-sivilizatsiya piramidasining navbatdagi qavati-ijtimoiy munosabatlarning murakkab tizimini ifodalaydi.

Ma’rifatparvarlik davridagi ensiklopediyalarda sivilizatsiya tushunchasi taraqqiyot konsepsiyasi bilan uyg’unlashib ketdi. Fransuz faylasuf ma’rifatparvarlari aql va adolatga asoslangan jamiyatni sivilizatsiyalashgan jamiyat deb bilganlar.


Sivilizatsiya tushunchasiga turlicha mazmun berish davom etdi va XVIII asrdan “sivilizatsiya” tushunchasi tarixchilar lug’atidan mustahkam o’rin oldi. Shu davrdan sivilizatsiyaning turli nazariyalari shakllana boshladi. XIX asr boshlaridayoq sivilizatsiyalar to’g’risida ko’plikda fikr yuritila boshlandi, bu esa xalqlar sivilizatsion taraqqiyotining rang-barangligini tan olishni anglatardi.

Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin