Qadimgi davr siyosiy qarashlari



Yüklə 28,53 Kb.
səhifə2/10
tarix01.12.2023
ölçüsü28,53 Kb.
#170913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Siyosiy nazariyalar

Hokimiyat – hukmdorlik tarixan jamiyatda mehnat taqsimoti, tengsizlikning vujudga kelishi, bu tengsizlikni siyosiy-huquqiy jihatdan asoslashga yo‘naltirilgan ilk urinishlar natijasidir. Masalan, Qadimgi Misrda oliy siyosiy va diniy hokimiyatni o‘z qo‘lida jamlagan fir’avn xudo va odamlar o‘rtasida vositachi sifatida ilohiylashtirilib, xudo irodasini ifoda etuvchi fir’avnga so‘zsiz va mutlaq itoat etish lozimligi miloddan avvalgi XXVIII asrga oid «Ptaxotep o‘gitlari» nomli qadimiy siyosiy-diniy hujjatda ham o‘z aksini topgan.

Dajla va Frot daryolarining oralig‘i – Mesopotamiyadagi siyosiyhuquqiy fikrlarning yorqin namunalari Vavilon, Assuriya va Xett podshohlarining qonunlari bo‘lib, ularda hokimiyatning ilohiy tarzda kelib chiqqanligini ifodalovchi tasavvurlar aks etadi. Jumladan, miloddan avvalgi XVIII asrga oid Xammurapi (Vavilon podshosi) qonunlarida hukmdor o‘z fuqarolariga g‘amxo‘rlik qiluvchi, ayni paytda ilohiylik sifatlariga ega xudoga monand mavjudot sifatida tavsiflanadi.

Dajla va Frot daryolarining oralig‘i – Mesopotamiyadagi siyosiyhuquqiy fikrlarning yorqin namunalari Vavilon, Assuriya va Xett podshohlarining qonunlari bo‘lib, ularda hokimiyatning ilohiy tarzda kelib chiqqanligini ifodalovchi tasavvurlar aks etadi. Jumladan, miloddan avvalgi XVIII asrga oid Xammurapi (Vavilon podshosi) qonunlarida hukmdor o‘z fuqarolariga g‘amxo‘rlik qiluvchi, ayni paytda ilohiylik sifatlariga ega xudoga monand mavjudot sifatida tavsiflanadi.

Qadimgi Hindiston xalqlarining siyosiy-huquqiy qarashlarini o‘rganishda miloddan avvalgi 2 ming yillikka oid muqaddas bitik – Vedalar («Veda» – sanskrit tilida «bilim» degan ma’noni anglatadi.) muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, xudolarga bag‘ishlangan madhiyalardan iborat bo‘lgan rigvedalar bu masalada eng ko‘hna va yirik yozma yodgorlik bo‘lib, ularda azaldan yerda va butun koinotda oliy qudrat tomonidan o‘rnatilgan ilohiy tartibot, odamlarning bu tartibotga bo‘ysunishlari xususida so‘z yuritiladi.

Miloddan avalgi IV–III asrlarda braxman Kautilya tomonidan yozilgan «Artxashastra yoki siyosat haqidagi fan» risolasida o‘sha davrga oid davlat va xo‘jalik boshqaruvi bilan bog‘liq bo‘lgan qator masalalar bayon etilgan. Xususan, ideal shoh haqidagi qarashlarda uning adolatli va xalqparvar, o‘z lafzida turuvchi, yomonlikdan hazar qiluvchi, ma’rifatli, haqiqatga intiluvchi, zolim amaldorlarni boshqaruvdan chetlashtiruvchi bo‘lishi lozimligi qayd etiladiki, bu g‘oyalar hozirgi zamon siyosiy fani uchun ham nihoyatda qimmatli hisoblanadi. «Artxashastra»da ichki va tashqi siyosat masalalari ham qalamga olinib, hokimiyat va boylikni saqlab qolish hamda kuchaytirish uchun har qanday vositalardan foydalanish ma’qulligi g‘oyasi ilgari suriladi (Oradan 2 ming yillar o‘tgach, bu g‘oyani N. Makiavelli «Hukmdor» asarida takrorlagan edi).


Yüklə 28,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin