Qadimgi davr siyosiy qarashlari


Liberalizm ta’limotining asoschilari angliyalik Djon Lokk (1632– 1704) va Adam Smit (1723–1790) hamda amerikalik Tomas Djefferson (1743–1826)lardir



Yüklə 28,53 Kb.
səhifə10/10
tarix01.12.2023
ölçüsü28,53 Kb.
#170913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Siyosiy nazariyalar

Liberalizm ta’limotining asoschilari angliyalik Djon Lokk (1632– 1704) va Adam Smit (1723–1790) hamda amerikalik Tomas Djefferson (1743–1826)lardir.

XIX asrda liberalizm Angliyada kuchli rivojlandi. Uning rivojiga bu yerda Mill (1806–1873), Gerbet Spenser (1820–1903), keyinroq esa Djon Keyns (1883–1946) lar katta hissa qo‘shdilar. Bu ta’limot taraqqiyoti XX asrda «yangi liberalizm» konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi.

Liberalizmning ijtimoiy fikr va siyosiy oqim sifatida asosiy prinsiplari inson erkinligi va ozodligi bo‘lib, liberalizmning asosiy qadriyatidir. Uning boshqa barcha prinsiplari mana shu asosiy qadriyatdan kelib chiqqan va bular qatoriga quyidagilarni kiritish lozim:

Liberalizmning ijtimoiy fikr va siyosiy oqim sifatida asosiy prinsiplari inson erkinligi va ozodligi bo‘lib, liberalizmning asosiy qadriyatidir. Uning boshqa barcha prinsiplari mana shu asosiy qadriyatdan kelib chiqqan va bular qatoriga quyidagilarni kiritish lozim:

– inson o‘z erkinligiga tayanib jamiyatda hayotiy maqsadlarini belgilash va faoliyat yo‘nalishini tanlash huquqiga ega;

– u o‘z faoliyatining natijalari uchun, farovonligi va ijtimoiy ahvoli uchun o‘zi mas’uldir.

Xulosa.

Shunday qilib, siyosiy-huquqiy ta’limotlarning kelib chiqishi antik davrlarga borib taqaladi. Antik davr mutafakkirlarining siyosiy qarashlarida davlat qurilishi va boshqaruvi, ichki va tashqi siyosat, xalqaro munosabatlar, urush va tinchlik, tinch-totuv yashash, xalq harakatlari, jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalanish kabi ko‘plab siyosiy masalalar to‘g‘risida muhim fikrlar ilgari surilgan.

Liberalizmning asosiy ideali teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lgan fuqarolarning jamiyatidirki, undagi har bir inson, agar mehnatsevar va aqlli ekan, hayotda muvaffaqiyatlarga hamda ijtimoiy tan olinishga, ya’ni hurmatga erishishi mumkin. Tarixda bu g‘oyaning amalga oshirilishida ibratli ishlar qilingan. XIX asrning 60-yillarida AQSHning liberal-demokratik hukumati prezident Avraam Linkoln 21 yoshdan katta bo‘lgan har bir amerikalik fuqaroning davlat fondidan 64 gektar yer olish huquqi to‘g‘risidagi hujjatni tasdiqlagan edi. Bu esa AQSH qishloq xo‘jaligida fermerlik rivojini ta’minlashga asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy-siyosiy ta’limotlarning shakllanishi va rivojlanishiga oid yuqorida keltirilgan ma’lumotlar siyosiy qarashlarning uzoq tarixga egaligidan, bugungi jamiyat siyosiy hayotidagi turli masalalarni hal etishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Shu bois bu bilimlarni chuqur o‘rganish aqidaparastlikning va siyosat dunyosida biryoqlamalikka berilishning oldini oladi.


Yüklə 28,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin