Qadimgi davrda qashqadaryo vohasida din otashparastlik



Yüklə 276,5 Kb.
səhifə2/6
tarix21.10.2023
ölçüsü276,5 Kb.
#158448
1   2   3   4   5   6
Qashqadaryo vohasi mavzular

Adabiyotlar:



  1. История Узбекской ССР. С древнейших времен до наших дней. Под ред. И.М.Муминова.-Т.: “Фан”, 4974

  2. O’zbekiston SSR tarixi, Qadimgi davrlardan hozirgi kunlargacha. I.Mo’minov tahriri ostida.-Toshkent: Fan, 1974

  3. Jo'raqulov O., Ergasheva J. Qashqadaryo sanoati tarixi. Qarshi, Nasaf, 1996

  4. Jo‘raqulov O. Qashqadaryo mang‘itlari. T.:Fan. 1993.256 b

  5. Jo'raqulov O. Qashqadaryo marmar sanoati. Т.: Fan. 2000. 55 b

  6. Qarshi. Qarshi (kitob albom). Mualliflar jamoasi T. 2006.

QASHQADARYO VOHASI ARABLAR BOSQINI DAVRIDA (VII-IX ASR)


Reja:


1.Qashqadaryo vohasiga arablar istilosining boshlanishi
2.Arablar hukmronligi yillarida Qashqadaryo vohasida iqtisodiy ahvol. Moliya va soliq tizimi
3.Arablar zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Muqanna qo‘zg‘oloni


Qashqadaryo vohasiga arablar istilosining boshlanishi
VII asr boshlarida Shimoliy Arabistonda vujudga kelgash islom dini aholisining yashash darajasi turlicha bo‘lgan, o‘earo qrvushmagan mamlakatni tez orada siyosiy jihatdan bir butun, harbiy nuktai nazardan zsa, eng qudratli davlat sifatida tanitdi. Muhammad payg‘ambar vafotidan chorak asr o‘taro‘tmas, uning o‘rniga kelgan xalifalar o‘zlariga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarni tobe kilish payiga tushdilar. Vizantiya va Eronga deyarli bir vaqtda yashil tug‘ ko‘targan qo‘shinlar hujum boshlaydi. Eronda besh ayerdan buyen hukm surib kelayotgan coco* niylar sulolasining so‘nggi vakili Yazdigurd III arab bosqinchilariga karshi tura olmaydi. Arab xalifaligi Xurosonni egallab, endigi boskin dahshatini Amudaryo ortidagi yurtgaMovarounnahrga karatadi.
Movarounnahr arablar xuruj boshlagan VII asr oxirlarida siyosiy boshboshdoklikni kechirmoqda edi. Bu tarhoklik, mayda hokimiyatchilik IV-V asrlarda boshlangan bo‘lib, eftaliylar hukm surgan yillarda yanada kuchayadi. Turk xokonligi davrida ham bo‘linuvlarga bardam berilmaydi, aksincha, u yana­da zo‘rayadi. So‘g‘d nomigagina Turk xoqonligiga tobe bo‘lib, har viloyatda bir, o‘ziga mustakil bo‘lgan hokim hukm surar edi.
Xalifa Muoviya dastlab Movarounnahrga nisbatan sinov yurishlarini uyushtiradi. Ubaydulloh ibn Ziyodning Buxoroga kilgan bosqini shu nuktai nazardan amalga oshirilgan edi. Xalifalikni, chamasi, Buxoroga yordamga kelgan Kesh, Naxshab va Turk xoqrni harbiy kuchlari cho‘chitib ho‘yadi. Ubaydulloh ibn Ziyod Xurosonni idora kilib turgani keyingi ikki yil davomila kaytib Buxoro tuprog‘iga qadam qo‘ya olmaydi. Xalifa uni Visraga noib kilib yuboradi. Xuroson hukumati endi Sa’id ibn Usmon qo‘liga o‘tadi. Bu vokea hijriy 56 (676 m.y.) yilda sodir bo‘ladi. Narshaxiy Sa’id ibn Usmonning Jayhundan o‘tib Buxoroga yetganida, «So‘g‘d, Kesh (Shahrisabz) va Naxshab (Qarshi) lashkarlari yetib keldilar. Ularning soni bir yuz yigirma ming edi» deb xabar beradi. Bu gal ish jangga tortmaydi. Sa’id ibn Usmon sakson kishini garovga olib, Samar­kand tomon ketadi.
Movarounnahrga qilingan ikki yurish Buxoro va Samark­and bilan cheklangan edi. Kesh va Naxshabning bu yillarda arab­lar e’tiboridan chetda krlishi sabablari, ehtimol, bu shaharlarning harbiy hamjihatligi bilan izohlansa kerak.
79 hijriy sanada (m. 698/99) Muxallab Xuroson noibi sifatida ish boshlaydi. 80hijriy yilda (m. 699/700) Muxallab qo‘shinlari Amudaryoni kechib o‘tib, Qashqa vohasi sari yuzlanadilar. Bu arablarning Movarounnahrga chorak ayerdan buyen kilib kelayotgan tajovuzi tarixida birinchi marta Buxoro va Samarkandni chetlab o‘tib, Kesh sari yurish edi.
Muxallab Qashqa vohasiga bostirib kelgan vaktda asosiy shahar Kesh bo‘lgan, deyish mumkin. Buni atTabariy tarixidagi vokealarning keyingi rivoji misolida ko‘rish mumkin. Naxshab va Kesh kal’alarining ispehbodi Ashkand edi. Ashkandning karorgohi Keshda bo‘lib, vohaning butun harbiy kuchi uning qo‘lida to‘plangan edi. Kesh arablar tomonidan qattiq hamal kilinadi. Kesh qamalini Muxallabning tadbirkor lashkarboshisi Abul Adham Ziyod ibn Amir azZimmoniy amalga oshiradi. Abul Adham Ziyod ko‘l ostida uch ming lashkar bo‘lgan. Aftidan, kamal cho‘zilib ketgan va tag‘in ikki ming kishi ularga yordamga keladi.
Kesh kamali vaqtida yuz bergan harbiy to‘knashuvlar doirasiga karab hukm qilganda, Muxallabning Movarounnahrni oldingi amirlar singari talabgina qolmay, uni tamomila bo‘ysundirishni maksad kilib olganligini ko‘rsatadi.
Muxallabning Keshda surunkasiga ikki yil davomida olib borgan boskinchilik harakatlari Qashka vohasi aholisini darg‘azab kilgan. Arablar hamma joyda pistirmaga duch kelganlar. Marv yo‘liga chiqkan Yazid va uning saralangan 700 kishilik sipohlari Nasaf cho‘lida 500 turk yigitlariga duch keladi. O‘zlarini savdogar sifatida (kuchning teng emasligi sababli shunday yo‘l tutgan bo‘lsalar kerak) tanitgan turkiylar arablarga hamla qiladi. Jang shiddatli tuye oladi, Yazid turklarning yo‘lboshchilarvdan birini o‘ldiradi va o‘zi ham tizzasidan og‘ir yaralanadi. Yazidning sheriklaridan Abu Muhammad azZammiy va boshqalar jang maydonini tashlab qochadilar. Arablarga hujum qilgan vatanparvarlar ularning aksariyatini qirib, qurolyarog‘ini olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Tabariyning yozishiga qaraganda, turk pistirmasiga duch kelgan Yazid ular qo‘lidan yalinib yolvorib qutilgan. Chunki turklar «yo bizlar o‘lamiz, yoki sizlar nobud bo‘lasizlar», deb jonjahdlari bilan kurashganlar. Oxir, Yazid o‘zining Marvga kelayotganligini, ularga jonini qutqarish uchun beradigan tovon puli yo‘qligini, ukasi o‘lganligini aytib qutiladi.
Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi bo‘lgach (704/705 y.) Naxshab va Keshni istilo qilishga qattiq kirishadi. 88 yili (707 m.y.) Qutayba Buxoro va uning atrof tumanlarini butunlay yakson qilib, boyliklarni olib Marvga qaytadi. Qutayba 89 yili (708 m.y.) yana Buxoro va Romiton ustiga yurish qiladi. Tabariyning hikoya qilishicha, Qutayba Romitonni bosib olgach, Balxga qayta boshlaydi. Shu orada unga Hajjojning xatini yetkazadilar. Maktubda Qutaybaning Vardanxudot ustiga yurish qilishi tayinlangan bo‘ladi. Qutayba yana izga qaytadi. Uni so‘g‘dliklar, Kesh va Nasaf aholisi dashtu cho‘lda jang bilan qarshi oladi. Bu to‘qnashuvda Qutaybaning qo‘li ustun keladi va u Buxoro tomonga qarab yurishda davom etadi. Biroq bu safar Qutaybaga omad kulib boqmaydi. U Buxoroni qo‘lga kiritolmay, Marvga qaytib ketishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Hajjojga yozib, ma’lum qiladi. Hajjoj unga endi nafaqat Buxoroni, shu bilan birga Kesh va Nasafni ham zabt etishni buyuradi. Tabariy Hajjojning xatidagi bu shaharlar nomi bilan bog‘liq bo‘lgan so‘z o‘yinini ham keltirib o‘tadi: «aytadilarki, Hajjoj unga (ya’ni, QutaybagaP.R.) shunday deb yozgan ekan: «Kiseda (Kesh) fahm qil (kis), Nasafda buz (insif) va Vardanaga yur (ril), aylana yo‘llardan saqlan, mendan va so‘qmoqlarga chiqib qolishdan ehtiyot bo‘l». Bu yerda, chamasi, Hajjoj, Qutaybaga achchiq qochirim qilib, yuz bergan muvaffaqiyatsizlik mayda narsalar bilan o‘ralashib qolish oqibatidn yuz bergan degan fikrni aytmoqchi bo‘lgan chog‘i.
90 yili Qutayba Buxoroni zabt etadi, mahalliy qo‘shinlarni esa tumturaqay qilib yuboradi. O‘tgan yilgi omadsizlik uchun u qattiq o‘ch olishga kirishadi, «kimki bosh keltirsa, yuz dirham», deb e’lon qiladi. 91yilda (710 y.) Qutayba yana Kesh va Nasaf ustiga yurish qiladi. Nasafni qo‘lga kiritib, Kesh ustiga bostirib boradi. Keshda ham uning qo‘li baland keladi.
Ikki shaharni bosqin qilib, o‘z hukmiga olgan Qutayba Keshda bir muddat turadi. 94 yilda (713 m.y.) Qutayba Shosh va Farg‘onaga qo‘shin tortadi. Bu yurish oldidan u o‘zining razil usulini yana qo‘llaydiBuxoro, Kesh va Nasaf, shuningdek, Xorazm mulklariga 20 ming qo‘shin yig‘ib berish majburiyatini yuklaydi. To‘plangan qo‘shin Shoshga qarab jo‘natiladi. Qutaybaning o‘zi esa Farg‘onaga yo‘l oladi. 95yilda xalifalikda o‘zgarish sodir bo‘ladi: 20 yil hokimiyat tepasida bo‘lgan Hajjojning o‘lgani xabari yetib keladi. Qutayba Marvga qaytadi. U o‘z harbiy qismlarini bo‘lib, ularning ma’lum miqdorini o‘zi xavfeiragan Buxoroga, yana bir bo‘lagini Kesh va Nasafga joylashtiradi. Qutayba­ning Xurosonga ketish oldidan bu shaharlarda qo‘shin qoldirishi bejiz bo‘lmagan. Qutayba qanchalik qirg‘in va zo‘rlash, qo‘rqitish siyosatini olib bormasin, haqiqatan ham, uning o‘limidan keyin xuddi shu shaharlardanBuxoro, Kesh va Nasafdan arablar zulmiga qarshi norozilik to‘foni ko‘tariladi. Qutayba bu xavfni oldindan sezgan edi.
716 yilda Qutayba o‘limi oldidan kutgani va unga qarshi tishtirnog‘i bilan kurashgani voqea sodir bo‘ladixalifa Sulaymon ibn Abdul Malik Xuroson noibi qilib Yazid ibn Muxallabni tayinlaydi. Yazid ibn Muxallab Qashqa vohasi xalqiga yaxshi tanish edi. U, bir paytlar bu yurtdan zo‘rg‘a jon saqlab qutilgan kimsa edi. Nasaf dashtida uni turk yigitlari yaxshilab qarshi olgan va adabini bergan edi. Bu haqda oldinroqda gapirildi.
Yazid ibn Muxallab Movarounnahrni, ayniqsa, Samarqand, Kesh, Nasaf va Buxoroni unutmagan. Bu yurtlardan har yili qanchadanqancha moldunyo yig‘ib olingan, qolaversa, bu joylarni kuch bilan ushlab turilmasa bo‘lmas ham edi. Shu boisdan ham u o‘z o‘g‘li Muoviya ibn Yazidga Kesh, Nasaf, Samarkand va Buxoro nazoratini topshiradi. Yazid ibn Muxallabning yurt olish kurashlari ham oxiroqibatda o‘zining o‘limi bilan tugaydi. Tabaristonga qilingan yurishlarda u mag‘lub bo‘ladi va qatl etiladi. Xalifalikni uzoq yillar davomida egallab kelgan umaviylar saltanati o‘zining oxirgi kunlarini yashamoqda edi. Navbat Abbosiylar sulolasiga yetadi.
Akad. V. V. Bartold, umaviylar davrida yuz bergan arab istilosining tadriji haqida biz yarim afsona tarzidagi ma’lumotlarga egamiz, deganda haq edi. Arablarning Movarounnahrda, shu jumladan, Nasaf va Keshda uzoq yillar davomida o‘tkazgan qirg‘in barot janglari, bosqinlari haqida juda kam narsalarni bilamiz. Keyinchalik yozilgan arab manbalarida ham og‘zaki eshitilgan, avloddanavlodga o‘tgan nakllargina tilga olingan. Shu boisdan vokealar tafsilotida, sanalar uyg‘unligi va davomiyligida juda ko‘p chalkashliklar mavjuddir. «Hatto deydi V. V. Bartold.arablarning birinchi marta Amudaryodan kachon o‘tganligi masalasida ham birbiriga zid xabarlar yetib kelgan. Shunga qaramay, muarrixlarning asarlarida hikoya qilingan arab istilosi haqidagi fikrmulohazalar davrning manzarasini tasavvur etishda muhim ahamiyatga egadir. Ayrim dalillarning shubhali bo‘lishiga qaramay, muarrixlar hikoyatlari bizga davr ruhi haqida yetarli aniq tushuncha beradi va bosqinchilarning boylikka hamda shonshuhratga intilganligiga aslo gumon qoldirmaydi, qolaversa, ular uchun din amalda mamlakat himoyachilarida ham bo‘lganidek, kam ahamiyatga ega edi».
Turk xoqonligi VII asr so‘nglarida (Sharkiy turk xoqonligi) yana kuchayib ketadi. 689 yilda sharqiy turk xoqonligi lashkarlari G‘arbiy turk qo‘shinini mag‘lub etib, So‘g‘diyonaga kirib borgan edi.
712 yilda turk qo‘shini Qutaybaning Marvga ketganligidan foydalanib, So‘g‘diyonani egallab oladi. Ularni arablarga qarshi isyon ko‘targan So‘g‘d aholisi yordamga chaqirgan edi. Bu paytda arablar qo‘lida faqat Samarqand shahri qolgan edi. 713 yilda katta kuch bilan qaytgan Qutayba turklarni mamlakatni shshlab chiqib ketishga majbur etadi, turklar hatto arablar­ning Shosh va Farg‘onaga qiladigan yurishiga ham xalal berolmaydi. Arablarda bo‘lgani kabi, turk xoqonligining hokimiyat iog‘onalarida ham o‘zaro talashuv davom etardi. 716 yilda Mochjo vafot etgach, g‘arbiy turklar yana sharqiy turklardan ajralib ketadi. Turgashlar qabilasining yo‘lboshchisi Sulu 737-738yillarga qadar davom etgan qudratli davlatni barpo qiladi. U Markaziy Osiyoning butun g‘arbiy qismiga egalik qilib, Movarounnahrning isyonkor dehqonlariga har taraflama yordam ko‘rsatadi, arablarga shunchalik katta ziyonzahmat yetkazadiki, arab­lar unga alamdan Abu Muzaxim (o‘rguvchi va suzguvchi, ya’ni fil va ho‘kiz) deb laqab beradilar.
Aholi arablarga nisbatan hamisha g‘azabnafratda bo‘ladi, teztez g‘alayonlar qilib turadi. Bu shubhasiz, umaviylar davri arab hukmronligining tabiatidan kelib chiqadi. Umaviy­lar abbosiylardan farqli o‘laroq, keng miqyosdagi davlat maqsadlarini ko‘zlamasdan, eng avvalo, «jihod janglari»dagi arablarning yo‘lboshchilari bo‘lib qolgan edilar. Ular arab­lar o‘rtasida o‘z hokimiyatini saqlab qolish, bo‘ysundirilgan xalqlardan soliqlar olish, vassal hokimlardan o‘lpon undirish haqidagina qayg‘urganlar.
Sa’id al-Xaroshiy Xuroson noibi bo‘lgan davrda arablar­ning Movarounnahrda bo‘shashib qolgan davlat ustunlarini mustahkamlashga, isyonkor aholini, dehqonlarni jazolashga jonjahdi bilan intiladi. 103 yili (722 m.y.) Sa’id al-Xaro­shiy So‘g‘d tuprog‘iga qadam qo‘ygach, g‘alayon qilib, arablarga bo‘ysunishdan bosh tortgan so‘g‘dliklar Farg‘onaga panoh istab ketishga majbur bo‘ladilar. Tabariy 104(723) yil voqealarini hikoya qilar ekan:
«Al-Xaroshiy Keshga yurdi. Keshliklar u bilan 10 ming bosh mol evaziga sulh tuzdilar. Boshqalarning aytishicha, keshlik Vik ismlik dehqon uni o‘ziga keltirmasdik sharti bilan 40 kun ichida 6000 bosh mol to‘lash hisobiga sulh taklif etadi. Qachonki u Keshdagi ishlarini saranjomlagach, Rabinjon sariga yurdi va Devashtiyni o‘ldirdi va ko‘mdirib tashladi. Rabinjonliklarga bo‘lsa, kimki joyidan jilsa, yuzlab kishi qatl etilishini yozib yubordi, u Sulaymon ibn Abus Sariga Kesh va Nasafga urush qilishni, xiroj yig‘ib olishni topshirdi», deydi.
Sa’id al-Xaroshiy Keshdan chiqib, Xuzor tomonga otlanadi. Tabariyning yozishicha, bu paytda Xuzor turkiy qal’alar ichida eng mustaxkamlaridan biri bo‘lgan. Tabariy Xuzorning aldov yo‘li bilan olinganligini aytib o‘tadi.
133 (hijriy) yil yetib keladi. Shu yildan e’tiboran Movarounnahr va uning janubida arablarga qarshi norozilik harakati yana jonlana boshlaydi. Arablar zulmiga qarshi kurashning yangi to‘lqini ko‘tariladi. Bu ma’lum darajada arablarning o‘zaro ichki ixtiloflari bilan h.am bog‘liq edi. Umaviylar va Abbosiylar o‘rtasida uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan saltanat talashi pirovard natijada, 749 yilning oxirlariga kelib, G‘arbiy Osiyo qam Abbosiylar qo‘liga uzilkesil o‘tishi bilan xotimalanadi.
Abbosiylarning hokimiyatga kelishida Abu Muslim muhim o‘rin tutadi. Abu Muslim Abbosiylarning Umaviylarga qarshi qora yalovini ko‘tarib, keskin kurash boshlaydi. 742yilning 9 iyulida uning ochiqdanochiq jangga chorlovi natijasida qora bayroq ostiga ko‘p xalq to‘planadi. Abu Muslim faqatgina arabiy tilli nufus emas, xalifalikka tobe bo‘lgan mazlum kishilar o‘rtasida ham mashhurlik kasb etadi. Arab mualliflaridan bo‘lgan Dinavariy bu haqda: «Abu Muslim huzuriga Hirot, Bushang, Marvarrud, Toliqon, Marv, Niso, Obivard, Tuye, Nishopur, Saraxs, Balx, Chag‘oniyon, Taxoriston, Xuttaliyon, Kesh, Nasafdan odamlar shoshilinch yetib kela boshladi. Ular hammasi jam bo‘lib, liboslarini qora rangga bo‘yadilar. To‘qmoqlarining yarmini ham qora rangga bo‘yadilar. Bu odamlar otda, eshakda va piyoda kelishar, eshaklarini xalifa Marvon ibn Muhammad nomi bilan atab «xarra Marvon» deb qiyqirishar va nuqishar, ularning soni 100 000 kishi edi», deb yozadi.
Abu Muslim xalifalikning sharqiy qismidan yiqqan, tarkibida Markaziy Osiyo va umaviylardan norozi arablardan tuzilgan behisob qo‘shin bilan 750 yilda umaviylar lashkarini tormor etadi. Hokimiyat Abbosiylar qo‘lida o‘tadi.
Abbosiylarning saltanat taxtiga kelishi bilan xalifalik va unga tobe o‘lkalarda biror narsa o‘zgarmadi. Umaviylarga qarshi g‘alayonlar davomida berilgan va’dalar unutiladi. Abu Muslim ham so‘zining ustidan chiqmaydi. Xuroson noibi lavozimini egallagan Abu Muslim o‘zining o‘tmishdoshlaridan juda kam farq qilardi. Abbosiylar hokimiyatga kelgach, oliqsoliqlar miqdori avvalgidan ancha oshib ketadi. Lalmikor yerlardan olinadigan qosilning yarmi, sug‘oriladigan yerlardan olinadigan hosilning choragi, ko‘pincha esa, uchdan biri to‘lanadigan bo‘ladi. Ba’zan musulmon oy taqvimi bilan qishloq xo‘jalik quyosh taqvimi moye kelmaganidan, oliqsoliqlar yilda ikki martaga qadar undirilgan. Umaviylarga qarshi og‘ir ahvoldan qutilish uchun kurashgan mehnat kishisi yanada yomonroq ahvolga solib quyiladi. Ayniqsa, dehqonchiligining asosiy qismi lalmikorlik bo‘lgan Movarounnahr singari o‘lkalarda bu mushkul oqibatlarga olib keladi. Garchand, yer xalifalikning nomigagina xususiy mulki bo‘lib hisoblansada, amalda mahalliy aslzodalarning qo‘liga o‘tgan va mayda bo‘laklarga bo‘linib, chorikorlarga ijaraga berilar edi. Oldinlari erkin dehqonchilik qilib kelgan jamoachilar o‘z erkidan mahrum bo‘lib, yirik yer egalariga tobe bo‘lib qolgan, ijara bilan kun ko‘radigan mahkum kishilarga aylangan edi. Ular ixtiyoriy qullar yoxud qullik maqomiga tushib qolgan kishilar edi.
Abbosiylardan ko‘p narsa kutgan ular tarafdorlari tez orada aldanganliklarini biladi. Ko‘p o‘tmay norozilik kayfiyati Movarounnaqrda dovuldek ko‘tariladi. 133 yilda (751) Xuroson noibi Abu Muslimga qarshi Buxoroda Sharik ibn Shayx alMaxriy isyon ko‘taradi.
Sharik ibn Shayx alMaxriy g‘alayoni bostiriladi uning o‘zi esa o‘ddiriladi. Biroq bu bilan Movarounnahrdagi norozilik harakatlari so‘nib qolmaydi.
Abu Muslimning o‘zi va uning amaldorlari Movarounnahrni qattiqroq idora qilish harakatida bo‘ladi. U, 133 yilda (751) Samarqandga yetib keladi.
Abu Muslimning noibligi ham uzoqqa cho‘zilmaydi. Abu Muslim halifalikka davogarlikda gumon qilinib, qatl etiladi. Bu voqea 137yilda (755), Abu Muslimning Xuroson noi­bi bo‘lganining beshinchi yili sodir bo‘ladi.
Bu vaqtda Qashqa vohasida arab istilochilariga qarshi mahalliy aholining «oq kiyimlilar» nomi bilan tarixga kirgan ulug‘ isyoni yet;ilib kelmoqda edi. Tabariy 161 hijriy yil (778) voqealarini hikoya qilar ekan, Muqanna qo‘zg‘olonini yilning eng muhim ishlaridan deb sanab o‘tadi. «U ko‘pgina odamlarni aldab, kuchayib ketdi va Movarounnahrga yetib bordi,deb yozadi Tabariy,alMahdiy u bilan urush qilish uchun o‘zining bir qancha lashkarboshilarini, ya’ni Uqba ibn Salim, Jabrail ibn Yah’yo va Mahdiyning muridi Layslarni bu paytda Xuroson noibi bo‘lgan Mu’az ibn Muslim ixtiyoriga berib jo‘natdi». Muqannaga qarshi yuborilgan lashkar va lashkarboshilar topshiriqning uddasidan chiqolmaydi, chog‘i, «AlMahdiy maxsus qo‘shinni Sa’id alXarashiy boshchiligida yuborib, oldingi lash­karboshilarini ham unga qo‘shadi».
«Buxoro tarixi»da Muqanna va uning xalifalikka qarshi kurashi haqida nisbatan mufassalroq ma’lumot berilgan. «Muqanna Marv atrofi aholisidan,deyiladi unda,Koza deb atalgan qishloqdan bo‘lib, nomi Hoshim ibn Hakim edi.
U ilgari kudungarlik qilar edi, keyin esa ilm o‘rganishga mashg‘ul bo‘ldi va har xil ilmlarni: ko‘z bo‘yamachilik, sehr va tilsim ilmlarni o‘rgandi. Ko‘zbo‘yamachilikni yaxshi bilib olib, payg‘ambarlik da’vosini h_am qildi va uni Mahdiy ibn Mansur hijratning 167 yilida (5 avgust 78323 iyul 784) o‘ldirdi. Mu­qanna o‘zboshimchalikni o‘rgangan va g‘oyatda ziyrak bo‘lib, qadimgi olimlar ilmlariga oid ko‘p kitoblarni o‘qigan va jodugarlikda ustoz bo‘lgan edi. Uning otasining nomi Hakim bo‘lib, u Abu Ja’far Davonaqiy davridagi Xuroson amiri lashkarboshilaridan biri edi. U Balxdan chiqqan edi.
Muqannachilar Movarounnahrning aksariyat qismini egallab olgan edilar. Qashqa vohasi Muqanna harakatining beshigi edi. Naxshab shahri va uning tevarakatrofi aholisi Mu­qannaning ukasi Jamxo‘r boshchiligida arab hukmdorligiga qarshi kurashadilar. «Bal’amiyning yozishiga qaraganda, Nax­shab aholisi jang qilmasdanoq Jamxo‘rga qo‘shilgan»2. Nax­shab dehqonlari (aslzoda va boylari) Jamxo‘r kelgach, o‘zlarining boyliklarini olib, shahardan qochib ketishga urinadilar. Isyon ko‘targan omma, ularning yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Nax­shab devoridan tashqarida arablar va ularga qo‘shilgan dehqonlar bilan isyonchilar o‘rtasida shiddatli jang bo‘lib o‘tadi.
Mag‘lubiyat alamiga chiday olmagan boy dehqoy Ahmad Mu’diy tez orada katta qo‘shin to‘plab, Naxshabga hujum uyushtiradi. G‘aflatda qolgan qo‘zg‘olonchilardan u shafqatsiz o‘ch oladi. Jamxo‘rni va qo‘zg‘olonning boshqa boshliqlarini dorga torttiradi. Ahmad Mu’diyning rahmshafqatsizligi isyonchilarning va ularni qo‘llab turgan xalqning g‘azabini yanada kuchaytirib yuboradi.
Xalifalik vujudga kelgan ozodlik kurashidan qattiq xavfda qoladi. Xalifa Mahdiy oxiroqibatda Sa’id alXarashiyni Muqannaga qarshi kurashga jo‘natadi.
Muqanna Qashqa vohasiga kelgan dastlabki paytda o‘zi uchun karorgoh sifatida Hisor tizma tog‘ining Kesh bilan Samark­and oralig‘ida tushgan qismida (qariyalarning aytishicha, to iqinlariga qadar KeshSamarqand yo‘li shu qal’a yonidan o‘tgan), lovonda joy qilgan. Va nihoyat, arablar bilan olib borgan janglarining oxirgi yillarida ham shu qal’adan boshpana yupgan. Muqanna joylashgan qal’aning avvalgi nomi nima G)o‘lgan aytish qiyin, harholda, «Sanam» atamasi bu joyda butlar bo‘lganligini ishorat etadi. Muqannachilar otashparast bo‘lib, zardushtiylik an’analariga rioya qilganlar, butlarga, sanamlarga topinganlar. Qal’aning nomi shundan kelib chiqqan bo‘lsa ajab emas. Muqanna arablarga qarshi faqat nayza va qilich bilangina emas, targ‘ibot va tashviqot usullaridan ham foydalangan. Islom dini nimani e’tirof etgan va muqaddas hisoblagan bo‘lsa, Muqanna uning ziddiga ish olib boradi. Bu haqda keyinroqda, «Muqanna oyi» haqida so‘zlaganda, fikr yuritiladi. Muqannaning halokati ham tarixiy asarlarda turlicha talqin etilgan. Shu jumladan, Beruniyning «Osor ulboqiya» asarida Muqanna o‘limi yaqinligini bilib, o‘zini tandirga tashladi1, degan fikr aytiladi.
Tabariy bu haqda «qachonki, u o‘z o‘limi yaqinlashganini sezgach, o‘zi zahar ichdi, xotinlarini, oilasini ham zaharladi»2, degan fikrni aytadi.
Narshaxiy Muqannaning halokati to‘g‘risida ma’lumot be­radi. Keshda, Sanam tog‘idagi hisorning ichida «chashma, darax­tlar va ekinzorlar bor edi. Muqannaning xos kishilari va sipohsolorlar kuchli lashkar bilan hisor ichida edilar. Hisor
Sa’id al-Xarashiy, Sadriddin Ayniy aytgani kabi, to‘rt yillik qamal paytida «uning (MuqannaP.R.) ishini og‘irlashtirib, lashkarlari tarqalib ketdi, hisorda bo‘lgan sipohsolor esa hisor darvozasini ochdi va bo‘ysunib, tashqari chiqdi; islom dinini qabul etdi. Musulmonlar hisorni oldilar. Mu­qanna ichki xisorni saqlab qololmasligini tushundi».
Arablar muqannachilardan qattiq o‘ch olgan. Kurash mag‘lubiyat bilan yakun topgan bo‘lsada, u Markaziy Osiyoda arab istilosiga qarshi harakat tarixida katta ahamiyat kasb etadi. Xalifalikni zilzilaga solgan ozodlik harakati shafqatsizlik bilan bostiriladi, ammo xalifalik shundan so‘ng mahalliy aholi vakillarini hokimiyat ishlariga aralashtirishga majbur bo‘ladi. Oliqsoliqlar masalasida bir qadar yon beriladi Xalifalik asosiy yig‘im turlaridan biritamg‘a solig‘idan voz kechishga majbur bo‘ladi.
Mahalliy kishilarning hokimiyatga aralashtirilishi is­lom dinining rivojiga, keng tarqalishga yo‘l ochadi. Muqanna fojeasidan so‘ng ham islom dinini nomigagina sabul qilish, undan voz kechish singari holatlar ko‘p kuzatilgan. Qashqa va Surxon vohalarida «tabar musulmonlik» tushunchasi hali hozirga qadar yashab keladi.
«Tabar musulmonlar» islom dinini kabul qilishning ashaddiy muxoliflari bo‘lib, zo‘rlik bilan uni nomiga kabul qilganlar. Imkoniyat tug‘ildi deguncha, yana islomdan qaytganlar. Aytilishicha, ularning bir qismi dastlab boshlarini tabar bilan chopganlarda ham islomni kabul qilmagan.
Muqanna halokatidan so‘ng ham, muqannachilik Qashqa vohasida, Buxoro va Iloq kabi joylarda davom etadi. «Buxoro tarixi»da Narshaxiy Muqannaning Kulortegin nomli sarkardasi lashkar va mulozimlar tuzib, Musayyab bilan urushlar qilgan.i haqida yozadi. Musayyab ibn Zuxayr Xurosonga Mu’az ibn Muslimdan so‘ng noib qilib tayinlangan edi. «Buxoro tarixi» yozilgan davrda (X asr) ham muqannachilik harakati so‘nmagan: «Bu qavmdan Kesh va Naxshab viloyatida, Kushki Umar, Kushki Xishtivon va Zarmon qishlog‘i kabi Buxoro qishloqlarida hozirda ham saqlanib kelmoqda. Ular o‘zlari Muqannaning kim ekanligidan butunlay xabarsiz bo‘lsalar qam uning o‘sha dinidalar». Muqanna isyoni VII-VIII asrlarda Ovrupa va Osiyoni ttratgan arab xalifaligiga, uning o‘zga xalklarni bosib olish, moddiy va ma’naviy jihatdan xo‘rlash, ezish va talash, qirg‘in qilish siyosatiga qarshi ko‘tarilgan siyosiy kurash sifatida ahamiyat kasb etadi. Bu kurash xalq ozodlik harakati tusini olib, unda mahalliy aholining turli tabaqalari vakillari ishtirok etadi. Buxoro hukmdori Bunyod ibn Tug‘shodaning muqannachilikda ayblanib o‘ddirilishi ham buni yaqqol isbotidir. Arablarga tobe bo‘lib, nomiga yurtni boshqarib turgan ilg‘or qarashli, vatanparvar ayonlar o‘zlarining vassallik maqomlaridan rizo bo‘lmaganlar. Ikkinchi tarafdan, qudratli, dunyoning katta qismini o‘ziga tobe etgan xalifalik birlashgan kuchmahalliy aholi ozodlik kurashi oldida ojiz qolishi amalda isbotlandi. Muqanna halokatining asosiy sabablaridan biri arablarga yordam qo‘lini cho‘zgan dehqonlar bo‘lgan.
Ular o‘zlarining katta molu mulkidan, yeru suvidan ajrab qrlishdan cho‘chib, Muqannaga qarshi kuch to‘plagan, unga qarshi borgan. Yo‘qsa, muqannachilarni arablar birgina o‘z kuchlari bilan yengishga qodir bo‘lmas edi. Masalaning yana bir ayanchli jihati shundaki, islomga qadar Markaziy Osiyoda diniy e’tiqod islom singari qattiq qo‘yilmagan, xalqning ongiga, shuuriga singdirilmagan edi. Ko‘p xudolik (Tabariy ta’kidlagani kabi), butlarga, sanamlarga sig‘inish, topinish islom dini singari ehtiyojga aylanmagan edi. Islomning ko‘p jihatdan afzalligi arab­lar bosib olgan mamlakatlar aqolisi tomonidan e’tirof etiladi va qabul qilinadi. Islomni zo‘rlab tiqishtirish, ma’lumki, dastlabki paytlarda, hatto Qutayba pul va qamchiga zo‘r bergan bo‘lsada, muvaffaqiyat qozona olmagan edi. Qachonki, islom targ‘ib va tashviq etilgach, Qur’oni Karim bo‘yicha ish ko‘rish, oliqsoliqlarni diniy yo‘sinda tartibga solish singari harakatlar islomning taraqqiysiga, keng yoyilishiga va o‘zga mamlakatlarda ham chuqur ildiz yoyishiga olib keladi. Arablarning harbiy ustuvorligidan ko‘ra, islomning asosi pishiqligi, xalqchilligi ular erishgan jahongirlik yutuqlarining muvaffaqiyatini ta’min etgan omil bo‘lgandi.
Akad.V.V.Bartold ham vaqtida buni ko‘rsatib o‘tgan edi. U, masalan, Buxoroda podshohlik qilgan xotin davrida aslzodalarning o‘g‘illari navbatmanavbat uning saroyida faxriy qorovullik xizmatini o‘tashi haqida gapirib «bunday siyosiy tuzumda, so‘'shing qatiy ma’nosida davlat dini haqida ran bo‘lishi mumkin emasdi. Eronda bo‘lgani kabi, bu yerda ham hukmron tabaqaning diniy e’tiqodi zardushtiylik edi. Shunga qaramay, Eronda I a’qib etilgan zindiqlar (dualiylar) mazhabi Movarounnahrda xavfxatarsiz boshpana topdi. Shu xiddagi erkinliqdan, chamasi, ma’jusiy va nasroniylarham foydalanishgan... Arab bosqinchilariga qarshi kurashda, ma’lum bo‘lishiga qaraganda, din ahli bironbir rol o‘ynagan emas»1, —degan edi.
Arablarning o‘zga mamlakatlardagi muvaffaqiyati birinchi galda uning diniy uyushganligi, e’tiqod mustahkamligi bilan bog‘liq edi. Movarounnahrda otashparastlik islom darajasidagi mavqega ko‘tarilmagan edi. Arablarning g‘alabasi mantiqan islomning zardushtiylik ustidan qozongan zafari edi. Harbiy kuch ma’naviy qudrat oldida ojiz bo‘ladi.
Movarounnahr xalqi islomni qabul qildi, ammo ozodlikka bo‘lgan ishonchni boy bermadi. Islom ma’naviy ehtiyojdagi bo‘sh joylarni to‘ldirdi, biroq mahalliy aholida chet el bosqinchilariga bo‘lgan g‘azabnafrat alangasini so‘ndira olmadi. Muqanna qalokatidan so‘ng, baribir, istilochilar mavqeidan putur keta boshladi.
Naxshabliklarning arab bosqinchilariga qarshi nafrati kuchli bo‘lganligini 191 yil (807) voqealariham ko‘rsatadi. 806 yilda Samarqandda arab amaldorlaridan bo‘lgan Rafi’ ibn Lays xalifa Xorunga qarshi borib, uni vazifasidan bekor qilish da’vosi bilan chiqadi, Aslida bu nizoning sababi bir boy ayol bilan bog‘liq edi. Bu ayolning eri Yah_’yo ibn alAsh’as uzoqda, xotin esa Samarqandda qolgan edi. Ajralish uchun u islomdan qaytadi va Raf’i ibn Laysga tegadi. Yah’yo xalifa Xorun alRashidga murojaat qiladi. Xalifa Raf’ini jazolashni (bichish, sazoyish qilish) Balx noibi Ali ibn Isoga topshiradi. Raf’i tarafdorlari ortib, Tabariy aytishiga ko‘ra, «Movarounnahrda kim bo‘lsa, bari unga qo‘shiladi»2. 191 (807) yilda Nasaf ah.olisi ham Raf’i ibn Laysga murojaat qilib, o‘zlarini Ali ibn Isoning o‘g‘li Iso ibn Alidan qutqarishni, uni o‘ldirishda yordam ko‘rsatishni iltimos qiladilar.
Raf’i ibn Lays nasafliklarga zulm o‘tkazayotgan Iso ibn Aliga qarshi otlanadi va uni o‘rab olib, o‘ldiradi. Biroq Iso ibn Aliningyonidagilarga indamaydilar. Mana shu kichik birdalilning o‘zi DC asr boshlarida Movarounnahrda arablarga qarshi yangi kuchlar yetilganligini, bu kuchlar endi mamlakat taqdirini mustabid arablar qo‘liga toshpirib qo‘ymasligini ko‘rsatadigan bir ishorat edi. Oqibatda shunday bo‘lib chiqadi ham. Arablar Movarounnahrda o‘z mavqelarini kunmakun yo‘qota boradilar. Xalifa Ma’mun saltanat uchun bo‘lgan hayotmamot kurashlarida ukasi Aminni forslar yordami bilan yengishga muvaffaq bo‘lgandan so‘ng, ularga yon berishga majbur bo‘ladi. Jumladan, xalifalikning sharqiy viloyatlarini forsiylarga idora qilish uchun toishirishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik mana shu forsiy hokimlar Tohiriylar va Somoniylar sulolasiga asos soladi.
Xalifalar mahalliy ayonlar, aslzodalarning tobora oshib borayotgan kuchqudratiga to‘sqinlik qilishga borgan sari ojiz bo‘la boradi. Tez orada hokimiyat pillapoyalarida Tohiriylar paydo bo‘ladi.
Ular bilan deyarli bir vaqtda Somoniylar sal­tanat ostonalarida ko‘rina boshlaydi. Somoniylarning ham asli, kelib chiqishi Balx viloyatiga, uning Somon qishlog‘iga borib taqaladi. Somoniylar sulolasining poydevorini tashlagan kishiSomonxudot sosoniylar lashkarboshilaridan bo‘lgan va 591 yilda turklar huzuriga qochib o‘tgan„Bahrom Chu­bin avlodidan hisoblangan.

Yüklə 276,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin