Qadimgi Misr manbalari. Reja: Kirish I. bob. Ilk podsholik davrida Misr


Qadimgi Misrda sinfiy jamiyat va davlatni paydo bo’lishi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/8
tarix11.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#111648
1   2   3   4   5   6   7   8
MIsr

1.1. Qadimgi Misrda sinfiy jamiyat va davlatni paydo bo’lishi
Kohin Manefonning (taxminan er. avv. VI-III asrda) yozilgan asarida misr tarixi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro`yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo`ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun jumladan, qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o`rta, yangi va so`nggi podsholik davrlariga bo`lish imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi er. avv. XXV-XXIV asr) topilgan. Eng boy arxivlardan biri Axetaton shahri (El-Amarna)ni qazishda topilgan bo`lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud.
Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti namunalaridan nasihatnoma va bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope nasihatnomasi», «Ipuser so`zlari». Badiiy adabiyot namunalari: «Suzamol dehqon to`g'risidagi qissa», «Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin.
Ertaklar: «Ikki aka-uka to`g'risida», «To`g'ri va egri» haqida «Kemada halokatga uchraganlar» ertagi, «Unu Amonning Biblga sayohati» (Er.avv.XI asr kabilar).
Diniy ruhdagi asarlar: V-VIII sulola fir'avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan tasvirlangan yodgorliklar bo`lib (er.avv.XXIV-XXII asrlar), ular «Piramida matnlari» deb ataladi.
Diniy yozuvlar. O`rta podsholik davrida zodagonlarning yog'och sog'onalarida bitilgan «Sarkofaglar matnlari», qadimgi Misr diniy bosh kitobi hisoblangan «O`liklar kitobi», Memfis ilohiyotshunoslik matnlaridan iborat.
Tibbiyot, matematika papiruslari. Ebers katta papirusi va Edvin Smit papiruslari kabilar qadimgi Misrda ilmiy bilimlarni rivojlangani to`g'risida ma'lumot beradi.
Arxeologik yodgorliklar. Bular me'moriy ansambllar piramida, mastaba (hokim, zodagonlarning sog'onalari), shahar va ibodatxona qal'a, dengiz porti va nekropollardan iborat.4 Ayniqsa, III-IV sulolalar davrida qurilgan piramidalar noyob tarixiy-madaniy 5yodgorlik hisoblanadi. Eng qadimgi qabr-sarkofaglar jumlasiga, Yuqori Misr podshosining Enxab (Nexen) shahridagi qabr-sarkofagni aytish mumkin6.
Misrda mavjud bo`lgan, bizgacha saqlanib kelgan piramidalar, mastaba va boshqa sog'onalar qadimgi davrdayoq o`g'ri-qaroqchilar tomonidan talangan. Faqatgina bitta piramida bizgacha talanmay yetib kelgan. Ingliz arxeologi Karter 1922 - yilda topgan va tekshirgan fir'avn Tutanxamon piramidasida topilgan buyumlar oltin va qimmatbaho toshlar, temir metalli hamda 19 yoshda vafot etgan Tutanxamonning mumiyolangan jasadi ilmiy-tarixiy nuqtai-nazardan o`ta qimmatli hisoblanadi.
Yangi podsholik fir'avnlarining mumiyolari «ombori» hisoblangan Dayr-al-Baxrdagi umumiy qabrda topilgan ko`pgina ashyolar diqqatga sazovordir. Bu ashyolar qadimgi Misr ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to`g'risida qimmatli ma'lumotlar beradi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin