Qadimgi quyosh kalendarlari



Yüklə 40,25 Kb.
səhifə3/4
tarix25.12.2023
ölçüsü40,25 Kb.
#196702
1   2   3   4
QADIMGI QUYOSH KALENDARLARI

Qadimgi Rim kalendari.
Qadimgi Rim kalendarining tuzilishi, sanasi to'g'risida aniq ma'lumotlarga ega emasmiz. Bizga ma'lumi shuki, Rimning afsonaviy asoschisi va hukmroni Romul (eramizdan avvalgi VIII asrning o'rtalari) davrida oy kalendaridan foydalanganlar. Kalendar bir yil 10 oy, jami 304 kundan iborat bo'lgan. Oylar tartib raqamlari (birinchi, ikkinchi, ..., o'ninchi) bilan nomlangan. To'rt oy 31 kundan (1, 3, 5, 8-oylar) va olti oy 30 kundan iborat bo'lgan.
Yil bahorgi tengkunlikdan boshlangan. «Romul yili»ni astronomik vilga tenglashtirish maqsadida o'ninchi oyning oxiriga qo'shimcha kunlarni qo'shganlar. Eramizdan avvalgi VIII asrning oxirlariga kelib to'rtta kalendar oylariga nom berildi. Yilning birinchi ovi «Martius», ikkinchi oy «aprilis», uchinchi oy «mayus», to'rtinchi oy «yunius» deb ataldi. Mazkur kalendar sinodik oy yiliga mos kelmasdi, lekin u Quyosh kalendari ham emasdi.
Eramizdan avvalgi VII asrda kalendar islohoti o'tkaziladi. Bu islohotni yarim afsonaviy shaxs Rim podshosi Numa Pompiliy boshladi. U bir yilda kunlarning sonini 355 ga, oylarning sonini 12 ga yetkazdi. N'uma Pompiliy islohoti natijasida qo'shimcha yangi ikki oy paydo bo'lib, yanuarus va februaris nomini oldi. Kalendarda 7 oy 29, 4 oy 31, bitta oy «februarius» 23 sutkadan iborat bo'ldi. «Februarius» oyiga har yili 5 kun qo'shiladigan bo'ldi. Islohotlar natijasida «Numa yili» astronomik bir oy \ il ¡dan bir sutka ortiq, tropik yildan esa 10,5 sutka qisqa edi. Shuningdek, bu davrga kelib yana bir necha oylarga nom berildi. Kalendarda yil bahorgi tengkunlik davridan boshlanardi.


Qadimgi Quyosh kalendarlari
Quyosh kalendarida tropik yilning uzunligi asos qilib olinadi. Quyosh kalendarining uzunligi tropik yilning uzunligiga mumkin qadar vaqin boTishi kerak. Agar kalendar yili tropik yildan qisqaroq boTsa, biz oTchayotgan vaqt oraligTda ortiqcha vaqt qoladi.
Masalan, kalendar yili qadimgi Misrdagidek 365 sutka deb olinsa, u liopik yildan deyarli 6 soat qisqa bo‘lganligidan, 4 yildan so'ng Quyosh In lan bahorgi tengkunlik nuqtasining birlashishi 21-martga emas, balki 22-martga, yana 4-yildan so'ng 23-martga to’g'ri kelar edi. Shunday qilib. kalendar yili tropik yildan qisqa bodsa, yil fasllari kalendar yilining kcyingi kunlariga surila boradi. Bunday surilish bir necha avlod hayoti davomida sezilarli xatoga olib kelardi, va’ni 60 vilda fasllar 15 sutkaga. 120 yilda bir oyga kech qolgan bodardi, 720 yilda esa xato olti oyga yetib, marida kuz, sentabrda bahor bodardi. Agar kalendar yilini 366 sutka deb olsak, u holda har 4 yilda bir sutka emas, balki uch sutka xatoga yod qo'yilardi va bahorgi tengkunlik nuqtasi Quyosh bilan 21-martda emas, 18-martda, yana tobt yildan so'ng 15-martda to'g'ri kelgan bo'lar edi. Bu hisobda yil fasllari ertaroq kela boshlardi va bu surilish kech qolishdan uch marta tezroq yuz berib, bahor va kuz boshlanishining o‘rin .ilmashishi 720 yilda emas, balki 240 yildayoq namoyon bodar edi. Tropik yil 365 sutka 6 soat bo'lganda edi, uch yilni 365 sutka va bir yilni 366 sutka qilib olsak. xatoni butunlay bartaraf qilgan bodardik. Ammo tropik \il 365 sutka 6 soatdan iborat emas, balki bundan 11 minut 14 sekund qisqa. Shunga qaramay dunyoda xuddi shunday kalendar bodgan. Bu eramizdan avvalgi 46-yilda Yuliy Sezar buyrugdga ko'ra qabul qilingan Yulian kalendaridir.
Yuliy Sezar Misr Quyosh kalendarini odganib chiqadi va Rim Oy- quyosh kalendarini yangi Quyosh kalendari bilan o'zgartiradi. Dastlabki Misr quyosh kalendari eramizdan avvalgi 3 ming yillikda yaratiladi. Misr astronomlari eng yorqin yulduz bodgan Siriusning geliakik ko'rinishi Nil daryosidagi toshqin vaqtiga to‘g‘ri kelishini aniqlagan. Bu ikki hodisa esa bahorgi tengkunlik davriga to'g'ri kelgan. Misr kalendarida bir yilning uzunligi 365 sutkaga teng bodgan. Bir yil esa o‘n ikkita 30 kunlik oylarga va qo‘shimcha yana besh kundan iborat bodgan. Har to'rt yilda bir sutka xatolik vujudga kelardi. Mazkur Misr kalendari bir necha asrlar davomida ishlatib kelingan. Mazkur kalendarni isloh qilishga bir necha bor urinib koddshgan.
Eramizdan avvalgi 238-yilda Ptolemevlar sulolasidan bodgan Everget kalendar islohotini o'tkazadi. U har todt yilda yilning oxirgi kunidan so‘ng xudolar kunini nishonlanadigan yana bir sutka qo'shishga farmon beradi. Bu hozirgi kun atamasi bilan aytadigan bodsak. kabisa yilidir. l.ekin bu islohot amalga oshmav qoladi. Faqatgina Yuliy Sezarning tnshabbusi bilangina araalga oshadi. Quyosh kalendari Misrning yerli xali|i - koptlarda yaxshi saqlanib qolgan. Koptlar Misrdan tashqari, Sudan, lordaniya, Turkiya, Iroq. Isroil va Efiopiyada ham vashashadl.
Yulian kalendarining asoschisi Aleksandriyalik astronom Sozigendir.
Mazkur kalendarda yilning uzunligi 365,25 sutkaga teng bo‘ladi. Unda liar to'rt yilning 3 yili 365, to'rtinchi yili esa 366 kunga teng va u kabisa yili qilib qabul qilinadi. Lekin Yulian kalendari tropikyildan 0,0078 sutka (11 minut 23,9 sekund) uzun edi. Natijada, har 128 yilda bu xatolik bir sutkani tashkil qilardi. XVI asrga kelib Yulian kalendari bo‘yicha bahorgi tengkunlik 21-martga emas, balka 11-martga to‘g'ri kelib qoldi. Yulian kalendaridagi xatoliklarni ko'pgina olimlar, jumladan, Mirzo Ulug‘bek ham ta’kidlagan1.
Yulian kalendaridagi xatolikni tuzatish maqsadida 1582-yilda Rim papasi Grigoriy XIII boshchiligida kalendar islohoti o‘tkaziladi. Natijada. vangi bugungi kunda dunyoda ishlatib kelinayotgan Grigoriy kalendari tuziladi. Grigoriy kalendarining uzunligi 365,242500 sutkaga tengdir.
Grigoriy kalendari tropik yildan 0,000304 sutkaga farq qiladi. Bu 3300 yilda bir sutkani tashkil qiladi.
Tarixda Grigoriy kalendaridan ham aniqroq kalendarlar mavjud bo‘lgan. Shunday kalendarlardan biri 1079-yilda shoir va astronom olim Umar Xayyom tomonidan tuzilgan. Umar Xayyom kalendari, Malikshoh tomonidan 1079-yilning 16-martida (bu davrda Yulian kalendari bo‘yicha bahorgi tengkunlik shu kunga to‘g‘ri kelardi) yoki hijriy oy kalendari bo‘yicha 471-yilning 10-ramazonida qabul qilindi. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga, ko'pincha Malikshoh sharafiga Jaloliy kalendari deb ham yuritilgan.
Umar Xayyom kalendarida kabisa yillari hisobi Yulian kalendaridan farq qiladi. Unda 28 yil ichida Yulian kalendaridagidek har to‘rtinchi yili, keyingisi o‘ttiz ikkinchi yilda emas, balki besh yil o’tkazib o'ttiz uchinchi yilda qo‘shiladi.

Xulosa

Eramizdan avvalgi 44-yilda senat Yuliy Sezarning xotirasiga (vafot etgan yili) Kvintilis oyi (Yuliy Sezar shu oyda tug‘ilgan) ning nomini Yulius oyi deb o‘zgartirdi. Imperator Avgust ham kalendar islohotini o‘tkazadi. Chunki bu davrda (Sezarning vafotidan keyin) Rimdagi kalendar bo‘yicha mas’ul kohinlar kollegiyasi yilni hisoblashda xatolikka yo'l qo’yib kelmoqda edi. Ular ham to‘rtinchi yilni emas. balki uchinchi yilni kabisa yili qilib hisoblaydilar. Natijada kalendar yili tropik yildan ancha orqada qolib ketdi (Yulian kalendarining o‘zi tropik yildan 11 minut 14 sekund uzun).


Rim senati tomonidan imperator Avgustning g‘alabalari va kalendarni tuzatishdagi xizmatlari uchun «sekstilus» oyiga «Augustus» nomini beradilar1. Sekstilus oyi 30 kundan iborat edi. Rimda juft son baxtsiz raqam sanalgani va imperator nomi berilgan oy boshqalardan qisqa bo’lmasligi kerak deb hisoblab. u oyga yana bir kun qo'shdilar (fevral oyidan bir kun olindi). Natijada uchta oy (yulius, augustus, September) ketma-ket 31 kundan bo‘lib qoldi. Shuning uchun yilning oxiridagi to‘rtta ttyiii o'zgartirdilar. September va november 30 (ilgari 31) kundan, Oktober, ilesember oylari 31 (ilgari 30) kundan boiadigan boldi. Bu o'zgarish Yulian kalendarining belgilangan tashqi strukturasini (toq oylar 31, juft oylar 30 kundan bo'ladi degan) o‘zgartirib yubordi.
Bu davrda Rimda yetti kunlik hafta qabul qilindi. Rimga hafta lusliunchasi Sharqdan I asrda kirib kelgan bo‘lsa, faqatgina IV asrga kelibgina qabul qilindi. Sharqiy Rim (Vizantiya) imperiyasida ham Yulian kalendaridan foydalanilgan. Yulian kalendari keyinchalik zamonaviy kalendarni tuzishda asos boldi.


Yüklə 40,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin