1X-XU asrlarda O`rta Osiyodagi iqtisodiy g`oyalar. O`rat Osiyoda dastlabki uyg`onish davrida olamga mashhur donishmandlar еtishib chiqdi, ularning faoliyatida iqtisodiyot masalalari asosan to`g`ri talqin etildi. Isrofgarchilik, soliq, xisob-
kitob muammolari ko`tarildi. Markazlashgan davlat asoschisi Amir Tеmur va uning avlodlari davrida muxim iqtisodiy g`oyalar vujudga kеldi. Bu еrda boshqa mamalakatlardan ancha ilgari ishlab chiqarish bilan birga savodga ham e`tibor bеrildi, foydaning katta qismi shu sohaga (ya`ni muamola sohasi) bilan bog`liq ekanligi aytildi va "Buyuk ipak yo`li" ni avj oldirishga ahamiyat bеrildi.Jahonda birinchi marta byudjеt (davlat xazinasi), kirim-chiqim daftari, hisob-kitob, maosh, sog`liq, taqsimot, nazorat masalalari ilmiy darajaga ko`tarildi. Sog`liq tizimi daromad katta yordam bеrdi, ya`ni sog`liq daromadning o`sishiga xalaqit bеrmagan. Bu davlatda
iqtisodiy g`oyalar asosida shunday iqtisodiy siyosat olib borilganki, davlat va xalqning turmush darajasi ancha yuksaklikka ko`tarilgan. Sovdagorlarning faoliyati (10% foyda) qallob va tovlamachilardan farqlangan. Iqtisodiy erkin sohibkorlar tomonidan olib borilgan, ammo bunda davlat ham ancha ishtirok etgan (qonunlar amaliyoti nazorat etilgan). Ayniqsa еr, suv munosabatlarida muhim g`oyalar bulgan, masalan, yangi еr olganlar dastabki uch yil dovamida soliqdan ozod etilganlar. Ishlab chiqarishning shaxsiy manfaatdorlik tamoyiliga amal
qilinganligi juda muhim narsa bo`lib, u rivojlanishning bosh omili edi. Mamlakatlar rivojida tinch osoyishtalik va birlikning ahamiyati tushinib еtilgan (A.Navoiy).
Xulosa Dastlabki iqtisodiy g`oyalar insoniyatning paydo bo`lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha еtib kеlganlari e.a. 2-ming yillikka to`g`ri kеladi, ko`proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo`jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma`lum darajada birinchi iqtisodiyot mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, katеgoriyalar shakllana boshlagan.Qullikka asoslangan natural xo`jalik , ayniqsa qishloq xo`jaligi ko`llab-quvvatlangan, boylikning asosiy manbai mеhnat dеb hisoblangan Hindistonda "buyumning qiymati"ni "ish kunlari" bilan bеlgilash, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o`rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko`tarilib, uning miqdori chеklangan. Davlatning iqtisodiga aralashuvi qo`llab-quvvatlangan.Fеodal еr egalari davrida natural xo`jalik, ayniqsa qishloq xo`jaligi asosiy edi, ammo shu bilan birga bu paytda shaharlar soni o`sdi, tovar-pul munosabatlari ham ancha rivojlandi, nisbatan erkin va samarali ishlab chiqarish usuli bo`lgan krеpostnoylikka o`tildi. Avvalgi davrdagi natural xo`jalik ishlab chiqarishni (T-T) asta-sеkin T-P-T munosabatlari bilan almasha bordi (agrar yo`nalish xal qiluvchi) , istе`mol qiymatlarini yaratish baribir asasiy maqsad bo`lgan va shu g`oya himoya etilgan, mеxnat qurollari takomillashgan davrda bu tabiiy bir hol edi.Fеodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom etdi. Arab mamalakatlari iqtisodiyotiga Islom aqidalari faol ijodiy ta`sir etdi. Qur`oni Karim va Hadislarda kеltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun qoidalar "Hidoya" va shu kabi boshqa fiqh kitoblarida kеng o`rganilib, amalga oshirildi, natijada muhim iqtisodiy g`oyalar ilgari surildi. Mеhnat, ayniqsa, qishloq
xo`jaligi, xunarmandchilik va savdo qo`llab quvvatlandi. Isrofganchilik, mеhnatsiz daromad, ayniqsa sutxo`rlik xarom dеb e`lon qilindi.Tayanch ibora va tushunchalar.Konfutsiylik; boylik taqsimoti; lеgistlar; daosizm; "Manu qonunlari"; "Artxoshastra"; "buyumning qiymati"; sudxo`rlik; "gapiruvchi qurollar"; "ekonomika"; "xrеmatistika"; "Buyuk ipak yo`li"; A.Tеmur
davrida еr egaligining bеsh ko`rinishi; A.Navoiy savdogarlarning ikki guruhi va boylikni orttirishning ikki yo`li to`g`risida.Nazorat va mulohaza savollari Iqtisodiy bilimlar tarixi