4. Arab va G‘arbiy Yevropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy g‘oyalar.
Feodal munosabatlar Sharqda nisbatan erta tarkib topdi va uzoqroq davom etdi. Arab mamlakatlarining iqtisodiyotiga islom akidalari ijobiy ta’sir etdi. Kur’oni Karim va xadislarda keltirilgan iqtisodiyotga aloqador qonun - qoidalar "Xidoya" va shu kabi boshqa fikr keng o‘rganildi, amalga oshirdi, natijada muxim iqtisodiy g‘oyalar ilgari surildi. Mexnat, ayniqsa qishloq xo‘jaligi xunarmandchilik va savdo qo‘llab - quvvatlandi. Isrovgarchilik, mexnatsiz daromat, ayniqsa sudxo‘rlik xarom deb e’lon qilindi. Bu davr uchun Ibn Xoldunning iqtisodiy g‘oyalari nixoyatda muximdir, u o‘z asarlarida ijtimoiy ishlab chiqarish, mexnat unumdorligi, oddiy va murakkab mexnat, zaruriy va qo‘shimcha maxsulot, tovarning iste’mol qiymati va umuman qiymatning farqini ta’riflab beradi, ayirboshlash tamoyirini (sarflangan mexnatning yarimi) to‘g‘ri talqin etdi, sarflangan mexnat bilan birga shu tovarning odamlarsha zarurligi ham muximligini ta’kidladi. Uning asarlarida mexnat taksimoti, tovar pul munosabatlari, soliq tizimining xalq farovonligi ta’siri asosan to‘g‘ri taxlil etib berilgan. G‘arbiy Yevropadagi feodal munosabatlar nisbatan kech tarkib topgan bo‘lsa ham, uning rivoji tezroq bo‘ldi. Dexqonchilik umuman qishloq xo‘jaligi ustun bo‘lishiga qaramay, xunarmandchilikda sex tizimi, keyinroq manufaktura vujudga keldi, mexnat taksimoti tamoyillari tarkib topdi.
Bu davrda garbda natural xo‘jalik (iste’mol qiymati ishlab chiqarish) qullangan, oltin va kumush, zeb-ziynat sun’iy boylik deb qaralgan. "Adolatli baxo" masalasi ko‘tarilgan. Bu yerda ham din va din ahli tomonidan iqtisodiyotda muxim fikrlar ilgari surilgan. Masalan, f. Akvinskiy "Adolatli baxo" masalasini naf va manfaatlar tengligini asosida hal etdi. Protsent (foizni) oqlaydi, uni qo‘llaydi va tavakkalchilik to‘lovi deydi. U shuningdek rentani ham qo‘llaydi, uning ekpluatatorlik mohiyatini inkor etadi. Rossiyada shu davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda ham dexqon mexnati - boylikning asosi ekanligi ko‘rsatiladi. Natural renta miqdori 2 foiz belgilanadi, tovar pul munosabatlariga ayniqsa savdoga qarshi g‘oyalar ko‘p edi.
Dostları ilə paylaş: |