CH. DARVINNING EVOLUTSION G‘OYALARI XIX asrga kelib Angliya sanoati, qishloq xo‘jaligi rivojlangan yirik kapitalistik mamlakat sanalardi. Sanoatning gurkirab rivojlanishi chorvachilik va qishloq xo‘jaligidan olinadigan xomashyoning tobora ko‘payishini talab qila boshladi. Xomashyoga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida ingliz seleksionerlari ko‘p mahsulot beradigan qo‘y, qoramol, parranda zotlarini, ko‘p hosil beradigan sabzavot va donli ekinlar navlarini chiqara boshladi. Seleksiya natijalari o‘sha davrda hukmron bo‘lgan hayvon, o‘simlik organizmlari o‘zgarmas, degan tushunchalarga xotima berdi. Ch. Darvin o‘simlik va hayvonlarning yangi formalarini chiqarishda seleksiyaning ahamiyatiga yuqori baho berdi, qishloq xo‘jalik amaliyotini nazariy tomondan ishlab chiqdi hamda undan evolutsion ta’limot yaratishda foydalandi. Darvin 1831-yili universitetni tamomlagandan keyin professor Genslo uni butun jahon bo‘ylab safarga jo‘natilayotgan «Bigl» kemasidagi ekspeditsiya tarkibida tabiatshunos sifatida ishtirok etishga tavsiya etdi (88-rasm). Darvinni ayniqsa, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qirg‘og‘idan 500 km uzoqlikdagi Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami hayratga soldi. U yerda qushlar, sudralib yuruvchilar ko‘p uchraydi. Sudraluvchilardan toshbaqalar, chumchuqsimonlar turkumiga kiruvchi vyuroklarning har bir orolda o‘ziga xos tuzilishga ega turlarini uchratish mumkin. Vyuroklar boshqa xossalaridan tashqari, tumshug‘ining tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Qizig‘i shundaki, har xil orolda tumshug‘i turlicha tuzilgan vyuroklar tarqalgan. Umuman olganda, Galapagoss arxipelagining hayvonot va o‘simliklar olami Janubiy Amerika hayvon va o‘simliklariga o‘xshash, lekin ayrim belgi, xossalari bo‘yicha farq qiladi. Qirilib ketgan qadimgi oz tishlilarning hozirgi vaqtda yashayotgan yalqov, chumolixo‘r, zirhlilarga o‘xshashligi Darvinni hayratlantirdi. Bu dalillar qirilib ketgan hayvonlar bilan hozirgi davrdagi hayvonlar o‘rtasida o‘zaro qarindoshlik bor, deb taxmin qilishga sabab bo‘ldi. Hayvonlar geografi k tarqalishining ba’zi o‘ziga xos tomonlari ham safar davomida Darvinni ajablantirdi. U Shimoliy va Janubiy Amerika hayvonlarini o‘zaro taqqoslab, ular o‘rtasida katta farq borligini qayd qildi. Chunonchi, Janubiy Amerikada keng burunli maymunlar, lama, tapir, yalqov, chumolixo‘r, 88-rasm. Ch. Darvin va «Bigl» kemasining safar marshruti. 166 167 zirhli kabi hayvonlar tarqalgan. Ular Shimoliy Ame rika da uchramaydi. Uning fi kricha, o‘tmishda Amerikaning ikkala qismi bir bo‘lib, faunasi o‘xshash bo‘lgan, keyinchalik esa Meksikaning janubida quruqlik ko‘tarilishi tufayli hayvonlarning bir qit’adan boshqa qit’aga o‘tishi uchun to‘siq hosil bo‘lgan. Oqibatda Shimoliy hamda Janubiy Amerika faunasi o‘rtasida hozirgi farq vujudga kelgan. Darvin besh yillik safaridan juda boy kolleksiya bilan qaytdi. Bu besh yillik safar organik olam evolutsiyasi haqidagi ta’limotni yaratish uchun asos bo‘lgan dalillarni to‘plash imkoniyatini yaratdi va Darvinning kelajagini belgilab berdi. Darvinning yirik asarlari. Darvin dunyo bo‘ylab uyushtirilgan safardan qaytgach, to‘plangan materiallar ustida Angliyaning ko‘zga ko‘ringan tabiatshunos olimlari bilan hamkorlikda shug‘ullana boshladi. Shu bilan bir qatorda yangi hayvon zotlari, o‘simlik navlarini yaratish tajribasini o‘rgandi. U dastlab 1842-yili organik olam evolutsiyasi haqida ilmiy asar yozdi va uni 15 yil davomida kengaytirdi, chuqurlashtirdi, ishonchli dalillar bilan boyitdi. 1859-yili «Turlarning paydo bo‘lishi» nomi mashhur asarni nashr ettirdi. U «Xonakilashtirilgan hayvon, madaniy o‘simliklarning o‘zgaruvchanligi» (1868), «Odamning paydo bo‘lishi va jinsiy tanlanish» (1871), «O‘simliklar dunyosida chetdan va o‘z-o‘zidan changlanishning ta’siri» (1876) kabi asarlarni yozdi. Bu asarlarda olim organik olam evolutsiyasiga oid ko‘plab dalillarni keltirdi va o‘zidan oldin yashab o‘tgan va zamondoshlarining bu sohadagi tadqiqot natijalari, fi kr-mulohazalarini bayon etdi. Olim organik olam evolutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari: irsiyat, o‘zgaruvchanlik, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish ekanligini e’tirof etdi. Ch. Darvin 1882-yili vafot etdi. Sun’iy tanlash. Dunyo bo‘ylab safardan Darvin tashqi muhit ta’sirida turlar o‘zgarishi mumkin ekanligiga ishonch bilan qaytdi. Geologiya, paleontologiya, solishtirma anatomiya, embriologiyaga oid dalillar turlarning turg‘un emas, balki o‘zgaruvchan ekanligidan dalolat beradi. Shunga qaramay, o‘sha davrdagi hukmron dunyoqarash ta’sirida bo‘lgan ko‘p tabiatshunos olimlar bir turning boshqa turga aylanganligini ko‘rmaganliklarini ro‘kach qilib, organik olam evolutsiyasini tan olmas edilar. Shu bois yosh Darvin o‘z faoliyatini evolutsion jarayon mexanizmlarini aniqlashdan boshladi. Avvalo xonaki hayvon, madaniy o‘simlik navlari xilma-xilligining sabablarini o‘rgandi. Ongsiz tanlash. Arxeologiya ma’lumotlarining ko‘rsatishicha, odam paydo bo‘lmasdan ilgari Yer yuzida madaniy o‘simliklar, xonaki hayvonlar bo‘lmagan. Ibtidoiy odamlar yovvoyi hayvonlarni ovlash, tabiatda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning urug‘lari, mevalari va boshqa qismlarini iste’mol qilish bilan hayot kechirgan. Bundan 9–10 ming yil oldin yovvoyi hayvon bolalarini qo‘lga o‘rgatish, yovvoyi o‘simliklar orasidan oziqabop xillarini o‘z kulbalari atrofi ga ekish rasm-rusum tusini olgan va bu tajriba avloddan avlodga o‘ta boshlagan. Insonlar har gal qo‘l ostidagi hayvonlar, o‘simliklar orasidan ko‘p mahsulot beradigan xillarini saralab, boshqalarini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatgan. Bunday saralash ming yillar mobaynida davom etgan. Oqibatda odam xohishidan tashqari yovvoyi o‘simlik, hayvonlardan foydali belgi-xossalari bilan birmuncha farq qilgan mahalliy hayvon zotlari, o‘simlik navlari paydo bo‘lgan. Insonlar faoliyatida ma’lum belgiga ega yangi nav, zot chiqarish asosiy maqsad qilib olinmaganligini e’tiborga olib, Ch. Darvin bunday ibtidoiy tanlashni ongsiz tanlash deb nomladi. Sun’iy tanlashning ongsiz shakli hozirgi vaqtda ham rivojlanishi qoloq bo‘lgan qabilalarda, dehqon xo‘jaliklarda qo‘llanib kelinmoqda. Masalan Ch. Darvin «Bigl» kemasidagi safari chog‘ida Janubiy Amerikaning Olovli Yerida yashovchi qabilalar ocharchilik paytida vidra ovlashda unchalik ko‘mak bermaydigan it hamda mushuklarni yeb, yordam beruvchi itlarni saqlab qolganlarini ko‘rgan. Ongli tanlash. Keyinchalik insoniyat ongining o‘sishi, fan va texnikaning rivojlanishi tufayli odamlarning oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmonga bo‘lgan talabining ortishi bilan ongli tanlash nav, zot chiqarish ishida asosiy o‘rinni egallagan. Bunda yaratilmoqchi bo‘lgan o‘simlik navi, hayvon zoti qanday ijobiy belgi-xossalarga ega bo‘lishi oldindan rejalashtirilgan. So‘ngra ana shu reja asosida sun’iy tanlash olib borilgan. Bu esa yangi zot, navlar chiqarish muddatining qisqarishiga va tanlash natijasining ko‘p jihatdan samarali bo‘lishiga imkon bergan. Insonlar sun’iy tanlash o‘tkazar ekan, birinchi navbatda o‘z ehtiyojlarini qondirishni asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Bu ehtiyojlar esa turlicha: iqtisodiy, xo‘jalik, estetik talablarni qondirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Chunonchi, bir odam tovuqning ko‘p go‘sht beradigan, ikkinchisi ko‘p tuxum beradigan, uchinchisi urushqoq, to‘rtinchisi esa dum patlari uzun, chiroyli zotini yaratishni maqsad qilib qo‘ygan va o‘z maqsadiga asta-sekin erisha borgan. Sun’iy tanlashni turlicha yo‘nalishda olib borish barcha organizmlarga taalluqlidir. Qovunlarning ertapishar (handalaklar) yozgi yupqa va qalin po‘choqli hamda kuzgi, qishki navlarini, qo‘ylarning qorako‘l, hisor, otlarning axaltaka qorabayir zotlari yaratilganligi bunga yorqin misoldir. Sun’iy tanlash jarayonida inson o‘zi uchun foydali belgi-xossalarini mumkin qadar keskin o‘zgartirishga harakat qilgan. Bo‘r doqi qo‘y, cho‘chqa zotlari, 168 169 urug‘ ber may di gan o‘simlik navlari, itlarning junsiz, kaptarlarning shamolga qarshi ucha olmaydigan (tovus kap tar) zotlari chiqarilganligi yuqoridagi fi kr ni tasdiqlovchi dalillardir. Ba’zi madaniy o‘sim lik navlari, hayvon zotlarining yovvoyi ajdod lari bir tur, boshqalariniki esa ikki-uch tur hisoblanadi. Masalan, it zotlari chiyabo‘ri va bo‘ridan, qo‘ylar arxar, mufl on kabi yov vo yi ajdod turlardan, tovuq zotlari esa yov voyi bankiv tovug‘idan, kaptar zotlari, yovvoyi ko‘k qoya kaptar turidan, qoramol zotlari Yevropa turidan, karam navlari yovvoyi karam turidan keltirib chiqarilgan (89–90-rasmlar). Darvin yuqoridagi mulohazalarning asos li ekanligini bir qancha dalillar bilan isbotlagan. Chunonchi, Hindiston va Janubi Sharqiy Osiyo chakalakzorlarida tarqalgan bankiv yovvoyi tur tovuqlari odamdan unchalik hurkmaydi, kechalari daraxt, buta shoxlarida uxlaydi va xonaki tovuqlar bilan chatishib nasl beradi. Bularning hammasi xonaki tovuqlar bankiv yovvoyi tovuqlardan kelib chiq qanligini isbotlovchi dalillar sanaladi. Mana shunday usul bilan Darvin boshqa xonakilashtirilgan hayvon zotlari, madaniy o‘simlik navlari qaysi yovvoyi turlardan kelib chiqqanligini asoslagan. 90-rasm. Qoramol zotlari va ularning ajdodi. Darvin sun’iy tanlash bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan. XX asr ikkinchi yarmida akademik K. D. Belyayev sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hayvon larni xonakilashtirish mumkinligini tajriba orqali isbotlab berdi. U kumushsimon qora tulkilar ustida kuzatish ishlarini olib borib, ularning odamga nisbatan xatti-harakati har xil ekanligini aniqladi. Tulkilarning bir guruhi odamga tashlanuvchan, o‘ta tajovuzkor, ikkinchi guruhi odamga tashlanishga qo‘rqib turadigan, lekin unga tashlanishni xohlaydigan, uchinchi guruhi esa xotirjam instinktli ekanligi ma’lum bo‘ldi. K. D. Belyayev uchinchi guruhga mansub erkak va urg‘ochi tulkilarni ajratib, alohida urchita boshladi. Nasllar orasidan olim yana odamga tez ko‘nikuvchi tulkilarni tanlab bordi. Bunday tulkilarning bir necha avlodida sun’iy tanlash o‘tkazish natijasida xuddi xonaki itlarga o‘xshash, ya’ni odamga tez o‘rganadigan, erkalaganda xursand bo‘ladigan tulkilar chiqarildi. Xattiharakatiga qarab o‘tkazilgan sun’iy tanlash natijasida tulkilarning morfologik va fi ziologik belgilari ham o‘zgardi. Tajribada tashqi quloq suprasi osilgan, dumini esa gajak holda egib turadigan tulkilar olindi. Yovvoyi tulkilar odatda yilda bir marta–aprelda urchisa, xonakilashtirilganlari esa ikki marotaba dekabr-yanvar va mart-aprel oylarida urchigan. Darvin sun’iy tanlashning muvaff aqiyatli chiqishi tanlash uchun olingan organizmlarning son jihatdan ko‘pligiga, ulardagi individual o‘zgaruvchanlikka, seleksionerning tajribasi va sinchkovligiga, tanlash olib borilayot gan organizmlarning nazoratsiz chatishmasligiga, tanlash ta’sirini irsiy o‘zgaruvchanlik tufayli to‘plana borishiga bog‘liq deb hisoblagan. Sun’iy tanlash o‘zida bir-birini to‘ldiruvchi uch hodisani mujas samlashtiradi: ko‘zlangan maqsadga mos organizmlarni tanlash va saqlash; inson talablariga mos bo‘lmagan organizmlarni yaroqsizga chiqarish; chatishtirish uchun zarur bo‘lgan ota-ona formalarini saralash hamda ulardan yangi-yangi nasl olish. Binobarin, yangi nav va zot chiqarishda irsiy o‘zgaruvchanlik va sun’iy tanlash asosiy omil, ya’ni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Darvin zamoniga nisbatan hozirgi vaqtda yangi nav, zot chiqarish metodlari takomillashgan. Darvin sun’iy tanlash yo‘li bilan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, yovvoyi o‘simliklarni madaniylashtirish, zot va navlarning belgi-xossalarini o‘zgartirish mumkinligini aniqlagach, tabiiy sharoitda yashaydigan organizmlarda ham shunga o‘xshash jarayon ro‘y berishi mumkin degan fi krga keldi. U har qanday o‘simlik, hayvon nasl qoldirganda yangi avlod ota-onadan, 89-rasm. Kaptar zotlari: А – yovvoyi ko‘k qoya kaptari; B – bo‘qoq kaptar; C – yakobin kaptari; D – turman; E – pochtachi kaptar; F – tovus kaptar. ‘ 170 171 shuningdek, o‘zaro ayrim belgi-xossalari bilan farq qilishini kuzatdi va uni shaxsiy o‘zgaruvchanlik deb nomladi. Darvin organizmlarda shaxsiy o‘zgaruvchanlik borligini yangi tur bilan tur xilini taqqoslash yo‘li bilan ham isbotladi. «Tur xili» deganda olim turga xos belgi-xossalar yaxshi ifodalanmagan organizmlar guruhini tushungan. Olimlar bir tur bilan ikkinchi tur orasida oraliq formalar uchramaydi, lekin tur bilan tur xili orasida oraliq formalarning uchrashi tabiiy bir hol deb hisoblaganlar. Shu bois tur xillarini Darvin yashagan davrda «shubhali turlar» deb ham atashgan. Tur xillarining tabiatda mavjudligi tufayli olimlar turlar sonini aniqlashda qiyinchilikka duch kelganlar