Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlari


Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870–912)



Yüklə 42,76 Kb.
səhifə2/6
tarix07.10.2023
ölçüsü42,76 Kb.
#152817
1   2   3   4   5   6
olimlar

Ahmad ibn Nasr Jayxoniy (870–912) Hindiston, Markaziy Osiyo, Xitoy o‘simliklari va hayvonot dunyosi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘plagan. U o‘simlik va hayvonlarning tarqalishi, mahalliy xalqlar foydalanadigan o‘simlik va hayvonlar, ularning tabiatdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan.
Abu Nasr Forobiy (873–950) botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va tabiatshunos likning boshqa sohalarida mushohada yuritgan. U inson organizmi yaxlit sistema ekanligini, turli kasalliklar oziqlanish tartibining o‘zgarishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bergan (81-rasm). Farobiy inson dastavval hayvonot dunyosidan ajralib chiqqanligi, shu sababli odamda hay vonlarda ba’zi o‘xshashliklar saqlanib qol ganligi haqidagi fi krni ilgari surgan. U tabiiy tanlanish, sun’iy tanlashni e’tirof etgan.
Abu Rayhon Beruniy (973–1048) ko‘rsatishicha, tabiat beshta elementdan: bo‘sh liq, havo, olov, suv va tuproqdan hosil bo‘lgan. Beruniy qadimgi yunon olimi Ptolomeyning «Yer olamning markazi bo‘lib, u harakatlanmaydigan sayyo radir», – degan ta’limotiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan va Yer Quyosh atrofi da harakatlansa ajab emas, u yuma loq shaklda, deb ta’kidlagan. Binobarin, Beruniy polyak astronomi Kopernikdan 500 yil avval Quyosh sistemasining tuzilish asoslarini to‘g‘ri tasavvur qilgan. Uning fi kricha, Yer yuzasida doimo o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi: suvsiz joylarda asta-sekin daryolar, dengizlar paydo bo‘ladi, ular ham o‘z navbatida joylarini o‘zgartiradi (82-rasm). Beruniyning qayd qilishicha, Yer yuzida hayvonlar, o‘simliklar rivojlanishi uchun sharoit cheklangan. Shu sababdan tirik mavjudotlar orasida yashash uchun kurash boradi. Bu kurash ular hayotining mohiyatini tashkil etadi. «Agar atrofdagi tabiat o‘simlik va hayvonlar biror turining urchishiga monelik ko‘rsatmaganda edi, – deb ta’kidlaydi olim, – bu tur butun Yer yuzasini egallagan bo‘lardi. Biroq bunday urchishga boshqa organizmlar qarshilik ko‘rsatadi va ular orasidagi kurash ko‘proq moslashgan organizmlarni ro‘yobga chiqaradi. Beruniyning yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish haqidagi fi krlariga asoslanib, vatandoshimiz evolutsiyaning harakatlantiruvchi omillarini ingliz tabiatshunosi Charlz Darvindan 800-yil ilgari ta’kidlab o‘tganligini ko‘ramiz. Beruniyning uqtirishicha, tabiatda hamma jonzotlar tabiat qonunlariga muvofi q yashaydi va o‘zgaradi. U tirik tabiatning tarixiy taraqqiyotini e’tirof etmasa-da, asalarilar o‘simliklardan, qurtlar go‘shtdan, chayonlar anjirdan paydo bo‘ladi, deb faraz qilgan. Olimning qayd etishicha, Yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik va hayvonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Beruniy odamlarning rangi, qiyofasi, tabiati, axloqi turlicha bo‘lishiga irsiyatgina emas, balki tuproq, suv, havo, muhit sharoiti sababchi, deb e’tirof etadi. Beruniyning fi kricha, odam o‘z rivojlanishi bilan hayvonlardan juda uzoqlashib ketgan.

Yüklə 42,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin