Qadimgi Sharq mamlakatlarida tabiat haqidagi qarashlari



Yüklə 42,76 Kb.
səhifə5/6
tarix07.10.2023
ölçüsü42,76 Kb.
#152817
1   2   3   4   5   6
olimlar

Jorj Kyuve Biologiya fani rivojiga fransuz olimi Jorj Kyuve ham katta hissa qo‘shdi (87-rasm). U morfoligiya, anatomiya, sistematika, paleon tologiya sohalarida tadqiqot olib borgan. Kyuve mulohazasiga ko‘ra, har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo‘lib, uning organlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Shunga ko‘ra, hayvonning bir organi, masalan, ovqat hazm qilish organining o‘zgarishi u bilan aloqador bo‘lgan boshqa organlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. J. Kyuve ilgari surgan mulohazaga binoan har bir hayvon turi o‘zi yashaydigan muhitga muvofi q ravishda yaratilgan va o‘zgarmasdir. Shu bois, hayvonlarda hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Kyuve o‘zi kashf qilgan korrelatsiya prinsipini hayvonlar sistematikasiga ham tatbiq etdi. U K. Linneydan farqli ravishda hayvonlarni sistemaga solishda nerv sistemasi tuzilishiga e’tiborni qaratish lozimligini aytdi. Nerv sistemasi tuzilishiga qarab olim barcha hayvonlarni 4 ta guruh (tip) ga ajratdi. Bular: umurtqalilar, molluskalar, bo‘g‘imlilar, shu’lalilar. Qazilma holda saqlangan hayvon va o‘simliklar to‘g‘risidagi paleontologiya fani rivojlanishida Jorj Kyuvening xizmatlari nihoyatida katta bo‘ldi. Olim qazilma holdagi sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilarning 150 dan ortiq turini o‘rgandi. U korrelatsiya prinsipidan foydalanib, ilgari yashab, qirilib ketgan hayvonlarning topilgan ayrim suyaklariga qarab butun hayvon qiyofasini qayta tiklash metodini kashf etdi va undan amaliyotda foydalandi. Olim turli era va davrlarda hayvonot olamining turli-tuman xillari yashaganligini aniqlagan. Vaqt o‘tishi bilan ular murakkablashganini ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, olim ularni halokatlar nazariyasi bilan tushuntirishga intildi.
Karl Ber XVII–XIX asrlarda hayvon va o‘simliklarning shaxsiy taraqqiyotini o‘rganish sohasida ham birmuncha tadqiqotlar olib borildi. Birinchi marta Karl Ber 1827-yili sutemizuvchi hayvonlarda tuxum hujayrasini kashf etdi. Olim jo‘ja taraqqiyotini sinchiklab o‘rganib, uning organlari asta-sekinlik bilan 86-rasm. J. B. Lamark 87-rasm. J. Kyuve. 164 165 rivojlanishini va umurtqalilarning turli sinfl ariga mansub hayvonlar embrioni rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o‘zaro o‘xshashliklarini aniqladi. XIX asrning 40-yillariga kelib, hujayra nazariyasini nemis olimlari T. Shvann, M. Shleyden yaratdilar. Hujayra nazariyasining kashf qilinishi XIX asr dagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujay ra nazariyasiga ko‘ra, barcha tirik mavjudotlar (o‘simliklar, hayvonlar, odam lar) tanasi hujayralardan tashkil topgan. Mazkur nazariya barcha organizm lar tuzilishi jihatidan o‘zaro o‘xshash, degan tushunchaga asos bo‘lib xizmat qildi.

Yüklə 42,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin