Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi. Qadimgi Markaziy Osiyodafalsafiy qarashlar



Yüklə 29,73 Kb.
səhifə5/6
tarix16.04.2023
ölçüsü29,73 Kb.
#98908
1   2   3   4   5   6
Avesto

Akvinalik forma:
Sxolastikani tizimga solishda dominikanlar Ordenining vakili Аkvinalik Foma (1225-1274) muhim hissa qoʼshdi. U oʼziga maqsad qilib xristianlik aqidalarini aqlga muvofiq ravishda ishlab chiqishga bel bogʼladi. Аrastu shunday asosni yaratgan ediki, unga tayangan Foma xristianlik tushunchasi boʼlgan gʼoyaviylik va moddiylik nisbatini avvaldan berilgan shakl qoidasi (tartib qoidasi) bilan beqaror va toʼla barqaror boʼlmagan modda qoidasi (borliqning eng zaif koʼrinishi) oʼrtasidagi nisbatni qoidaga aylantirdi. Yakka koʼrinishdagi hodisalar dunyosi, Аkvinalik Foma nuqtai nazaricha shaklning birinchi qoidasi va moddaning qoʼshilishidan tugʼiladi. Insonning ruhi esa, shakl tashkil qiluvchi qoida boʼlib, oʼzining yakka tarzda namoyon boʼlishini faqat badan bilan qoʼshilgan holatdagina qoʼlga kiritadi.
Ushbu xulosaviy qoida xristianlik sxolastikasining eng keskin masalalaridan birini murosasizlik jihatdan yakunladi. Shakllanayotgan xristianlik, sxolastika kabi, idealistik tizim boʼlib, oʼzining moddaga boʼlgan munosabatini talqin qilishda chuqur tashvishda edi, negaki Xudoning uchinchi koʼrinishi boʼlgan Iso Masih, inson siymosida namoyon boʼlgan edi, yaʼni oʼzida ham ilohiy (gʼoyaviy), va ham insoniy (moddiy-jismiy) tabiatni birlashtirgan edi. Ilohiylik va insoniylikning qoʼshilishi yolgʼon borliq sifatida moddani toʼla inkor etishga, uni «hech nima» (uni «hech nimadan» yaratilganligini aqida talab qilar edi) deb eʼlon qilishga imkon bermas edi. Shuning uchun Аkvinalik Foma tomonidan moddani «borliqning eng zaif koʼrinishi» sifatida talqin qilinishi cherkov tomonidan vujudga kelgan uslubiy va mantiqiy boshi berk koʼchadan chiqish sifatida qabul qilindi. Natijada modda sxolastikada tobelik holatida boʼlsa ham, qisman mavjud boʼlish huquqini qoʼlga kiritdi. Bunday Hukm yuritish falsafa tarixida «umumiy» faqat ashyolardan tashqarida mavjud boʼladi degan «oʼta keskin realizm» dan farqli oʼlaroq, «moʼʼtadil realizm» nomini oldi.
Realism va nomitalism. Oʼta keskin realizm oʼzining ildizlari bilan Аflotun taʼlimotiga borib taqalar edi va oʼzining idealistik sxolastikaga yaqin boʼlib koʼrinishga qaramasdan cherkov tomonidan aynan shuning uchun qabul qilina olmas ediki, modda xristianlik tomonidan Iso Masihning ikki tabiatidan biri sifatida oqlangan edi.Nominalistlar esa (Rostselin, Pьer Аbelyar) «umumiy» ning obʼektiv mavjudligini rad etib, universaliylar faqat tafakkurdagina mavjud deb hisoblar edilar. Ular umumiyning borligini faqat muayyan yakka ashyolardagina emas, balki uni «ashyolargacha» ham mavjudligini rad etar edilar va bu esa moddaning oldin kelishligi haqidagi shiorni qabul qilish bilan barobar edi. Rostselin fikricha, universaliylar faqat ashyolarning ismlaridir. Faqat yakka olingan narsalar mavjuddir. Rostselin va boshqalarning nominalistik qarashlari cherkov tomonidan mahkum etildi.


  1. Yüklə 29,73 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin