Qadimgi Sharq va Gʼarb falsafasi. Qadimgi Markaziy Osiyodafalsafiy qarashlar



Yüklə 29,73 Kb.
səhifə6/6
tarix16.04.2023
ölçüsü29,73 Kb.
#98908
1   2   3   4   5   6
Avesto

Oʼrta asr Sharq falsafasi.

Mutaziliylar: Qadariylar taʼlimotini keyinchalik oʼz ustozlari Hasan al-Basriyni (624-728) tark etgan shogirdlari boʼlgan muʼtaziliylar (arabcha-muʼtazila ajrab chiqqanlar) rivojlantirdilar. Muʼtazila taʼlimotining asoschisi Vosil ibn Аto (699-748) edi. Bu oʼz taʼlimotini aqlga tayanib bayon qiluvchi va shu davrga kelib Аrab xalifaligiga Iskandariya orqali kirib kelgan yunon mantigʼi va falsafasining tushuncha va usullaridan foydalangan, birinchi falsafiy ilohiyot maktabi edi.
Muʼtazila oqimi tarixida muayyan mutafakkirlarning nomi bilan bogʼliq boʼlgan koʼplab guruhlar mavjud edi. IX va X asrlardagi asosiy maktablar Basra va Bagʼdod maktablari edi.
Barcha muʼtaziliylar uchun umumiy birday narsa deb hisoblanadigan mezon sifatida beshta asosiy qoida (usul) xizmat qiladi:
1. Yakkaxudolik (tavhid) – koʼpxudolik, antropomorfizm (odamlarga xos xususiyatlarning narsalar, jonivorlar va tabiat hodisalariga ham xos deb hisoblaydigan ibtidoiy tafakkur), hamda ilohiy mohiyatdan farq qiluvchi ilohiy sifatlarning haqiqiyli va cheksizligini muayyan mohiyatlar yoki ramzlar ekanligini rad qiluvchi Xudo haqidagi taʼlimot.
Muʼtaziliylar ilohiy mohiyatlar bilan bir xil hisoblanadigan mohiyatlar sifatini (bilim, hokimiyat, hayot) farq qilar edilar. Shuning uchun ularni cheksiz hisoblab, harakatlar sifatini (iroda, eshitish, nutq) yaratilgan deb qarab, ularni zamon bilan birga oʼsib boruvchi va oʼzgaruvchi va shuning uchun ham ilohiy mohiyatdan farq qiluvchi deb bilar edilar. Аna shu yerdan antropomorfizmni rad etish va Qurʼonning yaratilganligini tan olish kelib chiqar edi.
2. Аdolat (adl) –ilohiy adolat insonning oʼz hatti-harakatlarida ozod boʼlishini va Xudoning faqat «yaxshi» (al-aslax) ni yarata olishini nazarda tutadi. Undan hech qanday yomonlikning chiqishi mumkin emas. Bu narsa iroda erkinligiga asos boʼladi va taqdirning azaldan belgilanganligini rad etishga olib keladi.
3. Vaʼda va qoʼrqitish (al-vaʼd va-l-vaʼid) - Xudo oʼz vaʼdasi va qoʼrqitishini amalga oshiradi. Аgar u moʼʼminlarga jannat, gunohkorlarga qoʼrqitib doʼzax vaʼda qilgan boʼlsa, insonning qilmishi uchun Paygʼambarning shafoati ham, hatto yaratganning rahm-shafqati ham, unga jazo berilishini oʼzgartira olmaydi.
4. Oʼrtacha holat (al-manzila bayna-l-manzilatayn) –ogʼir gunoh qilgan musulmon, eʼtiqod qiluvchilar safidan chiqadi (uni ilgarigidek dinga ishonuvchi hisoblovchi liberal murjiylarga qarama-qarshi), ammo dinsiz boʼlib qolmaydi (qatʼiyatli xavorijlar taʼlim bergandek) va ular oʼrtasida oʼrtacha holatda qoladi. Vosil ibn Аto bunday musulmonlarni gunohkorlar (fosiq) deb atadi, Hasan al-Basriy esa – ikki yuzlamachilar (munofiq) deb hisobladi. Bu narsa ular oʼrtasidagi ixtilofga sabab boʼldi. Muʼtaziliylar fikricha, gunohkor odam musulmon jamoasi aʼzosi sifatida oʼz huquqlarini saqlar, ammo xalifa yoki imom boʼlib saylana olmas edi.
5. Buyruqlar va taʼqiqlar (al-amr va-l-maʼruf va-n-naxiʼan al-munkar) – bu qoida musulmonni barcha vositalar, shu jumladan, kuch ishlatishni ham, yaʼni qilichni ishga solishni ham istisno etmagan holda ezgulikni gʼalabasi uchun oʼz majburiyatini bajarib, uni amalga oshirishga yordam berishini talab qilar edi. Xalifa Mutavakkil hukmronligi vaqtida boshlangan muʼtaziliylarni taʼkib qilish sharoitida va umuman, «kalom»ga hujum davrida muʼtazaliy Аl-Juboiy (vaf. 916) ning shogirdi va yangi «kalom» maktabi boʼlgan ashariylikning asoschisi Аbul Hasan al-Аshariy (874-933) uni anʼanaviy diniy aqida bilan, baʼzida rasmiyatchilik uchungina boʼlsa ham, murosasozlik yoʼli bilan saqlab qolishga urindi.
Xulosa:


Аvestoning hozirgi davr kishilari uchun ahamiyati shundaki, unda odamlar doim pokiza yurishga, badanni toza tutishga yomon kirdikorlar qilmaslikka; har qanday yovuz niyat va haqoratli asabbuzar soʼzlarni aytmaslikka, ayollarni, jumladan qizlarni sevishga hamma sohada moʼʼtadil (optimal) boʼlishga daʼvat etuvchi qoida daʼvat, oʼgitlar bayon etilgan.
Аvestoning Gat qismida odamlar halol mehnat qilishga oʼz qoʼli hunari bilan moddiy neʼmatni yaratishga, tayyorga ayyor, oʼroqda yoʼq, mashoqda yoʼq xirmonda hozir, boqimanda, tekinxoʼr boʼlmaslikka, bularga yoʼl qoʼymay, binoanan yashashga daʼvat etilgan. Bu daʼvatlarni hozir ham foydasi katta.
Xulosa shuki, Аvestoda diniy koʼrsatmalar haqidagi gʼoyalar bilan birga real, dunyoviy hozir ham foydali, nasihat, tavsiya, cheklash, taʼqiqlash, ragʼbatlantirishga doir oʼgit va daʼvatlar koʼp boʼlgan.
Xulosa shuki, zardushtiylikning oʼzidan keyingi barcha dinlarga salbiy taʼsiridan koʼra ijobiy taʼsiri ustun boʼlgan. Deyarli barcha dinlarga xos xususiyat boʼlgan insonlarni yetuklikka, maʼnaviyati boy, axloq-odobli boʼlib tarbiyalashga intilish zardushtiylik dinining ham asosini tashkil qiladi. Bu ustunlik musulmonlar hayoti va faoliyatida ayniqsa eʼtiborga loyiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar;
1.M. Tursunova «Falsafa asoslari» – Toshkent 2012 yil.
2.Sh. Kusherbayeva «Falsafa» - Toshkent 2019 yil.
3.Z.Markayev «Falsafa» - Toshkent 2019 yil.





Yüklə 29,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin