Qadimgi xitoy davlati va huquqi


Qadimgi Xitoyda huquqning asosiy belgilari



Yüklə 92,5 Kb.
səhifə5/9
tarix19.04.2023
ölçüsü92,5 Kb.
#100706
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot Qadimgi Xitoyda

6.Qadimgi Xitoyda huquqning asosiy belgilari
Qadimgi Xitoy huquqiy tizimining muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, bu yerda huquqning shakllanishida ikkita bir-biriga qarama-qarshi falsafiy diniy-huquqiy ta’limot - konfutsiylik va legizm o`rtasidagi g`oyaviy kurash juda katta ahamiyatga ega bo`lgan.
Qadimgi Xitoy huquqi rivojlanishida uchta bosqichni ajratib ko`rsatish mumkin. Birinchi bosqich Shan (In) va qadimgi Chjou davriga to`g`ri kelib, bu davrda Xitoyda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda odob-axloq me’yorlari (li) asosiy rol o`ynagan.
Miloddan avvalgi VI asrda xitoyliklar orasida asrlar davomida shubhasiz katta obro`-e’tiborga sazovar bo`lgan Konfutsiy o`z ta’limotini yaratgan. Konfutsiylikning asosiy falsafiy g`oyasi - uyg`unlik g`oyasi bo`lib, unga ko`ra, uyg`unlik umumiy kosmogonik40 tartibning, dunyodagi muvozanatning va, demak, odamlar baxtining asosiy shartidir. Bu g`oya o`z ichiga odamlar va tabiat o`rtasidagi uyg`unlik singari, odamlarning "tabiiy tartibga", ya’ni yaxshi fazilatlar va axloq-odobga mos kelishi lozim bo`lgan yurish-turishlarida ifodalanadigan o`zlari orasidagi uyg`unlikni ham qamrab oladi.
Qadimgi Xitoy huquqi rivojlanishining 2-bosqichida, ya’ni Chjango davridan (miloddan avvalgi V-III asr) boshlab muntazam jazo kompleksiga ega bo`lgan huquqning roli kuchaygan. Bu davrda legizmning eng yorqin vakili Shan Yan tomonidan xalq va davlatni boshqarish haqidagi legistlarning mukammal ta’limoti yaratilgan.
Miloddan avvalgi III asrning 2-yarmida qadimgi Xitoy huquqining an’anaviy belgilari va institutlarining qaror topishiga yangi turtki bergan ikkita mafkuraning qarama-qarshi kurashi juda keskinlashgan. Legizm birinchi Xitoy imperiyasi - Sin davlatining (miloddan avvalgi 221-207 yillar) rasmiy mafkurasi bo`lib qolgan. Sin imperatori Shixuandi- miloddan avvalgi 213 yilda konfutsiylarning kitoblarini yoqib yuborishga buyruq bergan, konfutsiylik oqimiga mansub 400 ta olimni qatl ettirgan.
Xan sulolasining o`rnatilishi bilan qadimgi Xitoy huquqining tashkil topishidagi oxirgi 3-bosqich (miloddan avvalgi III asr - milodning III asri) - konfutsiylarning rasman g`alabasi bosqichi boshlangan.
Konfutsiylik axloqida hukmron bo`lgan me’yorlar bundan buyon kuch bilan, qattiq qonun ("fa") jazosi bilan o`rnatilishi lozim bo`lgan. Bu ortodoksal konfutsiylikning quyidagicha qisqa va aniq qoidasida ham o`z aksini topgan: "qayerda "li" kamlik qilsa, o`sha yerda "fa"ni qo`llash lozim, yoki nima "fa" bo`yicha jazolansa, u "li" bo`yicha ruxsat etilmaydi, nimaga "li" bo`yicha ruxsat etilgan bo`lsa, uni "fa" bo`yicha jazolash mumkin emas".
Konfutsiylik va legizmning qo`shilishi shunga olib keldiki, "li" me’yorlari endi majburiylik va rasmiylik xarakterini olgan, huquqqa esa o`sha vaqtda muqaddaslashtirilgan ko`pgina konfutsiylik asarlari - "Chjou li", "I li ", "Li szi" kabilar ko`chirilgan. Bu asarlarda miloddan avvalgi 1 ming yillik 2-yarmi boshlaridayoq konfutsiylarning axloq me’yorlari sistemalashtirilgan va mustahkamlangan edi.


Yüklə 92,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin