Qadimgi xitoy davlati va huquqi



Yüklə 92,5 Kb.
səhifə6/9
tarix19.04.2023
ölçüsü92,5 Kb.
#100706
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1. Eng qadimgi Xitoy to`g`risida umumiy ma’lumot Qadimgi Xitoyda

Huquq manbalari



Miloddan avvalgi X asrda Chjou davlatida van – Mu tomonidan 3000 ta moddaga ega bo`lgan Jinoyat kodeksi - jazolar haqidagi qonunnoma ishlab chiqilgan. aybni yengillashtiradigan va og`irlashtiradigan holatlar haqida gapirilgan, ehtiyotsizlikdan va qasddan qilingan xatti-harakatlar bir-biridan ajratilgan. Qonunnoma alohida sud qarorlari yozuvi bo`lganligi ehtimoldan holi emas, unda avvalo odat huquqi me’yorlari mustahkamlangan.
Xitoyda yozma qonunlarning bir muncha keng tarqalishi miloddan avvalgi VI-V asrlarga to`g`ri keladi. Bu qadimgi xitoy jamiyatining tabaqalashuvi kuchayishi bilan bog`liq. Miloddan avvalgi VI asrda Lu podsholigida qabul qilingan yer solig`i haqidagi jamoa yer egaligining tugatilganligi va xususiy yer egaligining o`rnatilganligi ham bejiz emas.
Xitoyda ayniqsa Chjango davrida qonunchilik faoliyatining juda tez. rivojlanishi eslatib o`tiladi. Bu miloddan avvalgi V-III asrlarda alohida xitoy podsholiklari o`rtasidagi og`ir va tinimsiz kurashlar sharoitida siyosiy ahvolni barqarorlashtirish maqsadlarida qonunlardan foydalanish zaruriyati bilan bog`liq.
Qadimgi Xitoyda miloddan avvalgi 536 yilga taalluqli "Qonunlar obzori" ilk yozma qonunlarga yorqin misol bo`la oladi. Unda jinoyatlar uchun jazolarning quyidagi beshta turi: tamg`a bosish, burnini kesish, bitta yoki ikkala oyog`ini kesish, kastratsiya (axtalash, bichish) va o`lim jazosi berish nazarda tutilgan edi. Bu jazolar keyinchalik eng ko`p tarqalgan jazo turlari bo`lib qolgan.
Miloddan avvalgi V-IV asrlarda legistlarning ilg`or vakillaridan biri Li Kuy tomonidan tuzilgan "Vey podsholigi qonunlari kitobi" qadimgi Xitoydagi ilk qonunlar to`plamlaridan muhimi hisoblanadi.
Shuni aytib o`tish kerakki, yozma qonunlarning paydo bo`lishi odat huquqi me’yorlarining tugatilishiga olib kelmagan.

Mulk huquqi



Xitoy an’anaviy huquqida xususiy huquq me’yorlari mustaqil rivojlanmagan. Lekin shunga qaramay Chjou davrining oxirlaridan boshlab (miloddan avvalgi IV-III asrlarda) "yu" fe’li "mulkka ega bo`lish" degan ma’noni bildirgan.
Miloddan avvalgi I asr o`rtalaridan qator podsholiklar yer olish-sotish haqida bitimlar tuza boshlaganlar.
Qadimgi Xitoyda yerlar bilan birga mulk huquqining muhim ob’yekti qullar bo`lgan. Shan (In) davrida qullar chorvaga tenglashtirilgan. Ular davlat mulki hisoblangan, qullar garchi xususiy shaxslar egaligida bo`lsa-da, hali ularni olish-sotish bo`lmagan. Chjou davrida esa qul ayirboshlash, olish-sotish mumkin edi. Miloddan avvalgi V-III asrlarda ikki toifadagi qullar: davlat qullari va xususiy qullar mavjud edi.
Shunday qilib, qadimgi Xitoyda yerga nisbatan davlat, jamoa va xususiy mulkchilik shakllari mavjud bo`lib, vaqt o`tishi bilan mulkka egalikning oxirgi shakli tobora rivojlanib borgan.

Yüklə 92,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin