6 Ota-oʻgʻil Jeyms va Jon. Mill hamda T.R. Maltusning iqtisodiy gʻoyalari. J.B.Seyning iqtisodiy nazariyalari.
Klassik siyosiy iqtisod maktablari — iqtisodiy taʼlimotlar tarixida XVII-IXX asrlarda vujudga kelgan yoʻnalishlar. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m. qarashlari jamiyatning iqtisodiy hayotini dastlabki tizimli oʻrganish qoʻllanilgan nazariyalar hisoblanadi. Bu maktablarning yuzaga kelishiga 17-asr oxiri—18-asr davomida kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va Angliyadagi sanoat inqilobi turtki boʻldi. Maktablarning klassik deb atalishining sababi shuki, ularning namoyandalari oʻz asarlarida hozirgi bozor iqtisodiyoti asosida yotuvchi qonuniyatlarni oʻrganganlar, bu sohada muhim kashfiyotlar qilganlar va bu jihatdan ularning qarashlaridagi ilmiy qoidalar hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Klassik maktab vakillari vujudga kelayotgan yangi jamiyat — kapitalizmni ishlab chiqarishningabadiy va tabiiy shakli, inson tabiati (aqliy egoizm)ga mos tushuvchi birdan-bir jamiyat sifatida qaraganlar.
Klassik maktab rivojlanishini 4 bosqichga ajratish va har bir bosqichni alohida maktab sifatida qarash mumkin. Birinchi bosqich vakillari ingliz iqtisodchisi V. Petti (1623— 87) va fransuz iqtisodchisi P. Buagilber (1646—1714) hisoblanadi. Bu bosqichda merkantilizm taʼlimotining xatolari yoritib beriladi. Kiimatning mehnat nazariyasi ilgari suriladi va har qanday qiymatning manbai va oʻlchovi tovar mahsuloti yoki boshqa boylikni yaratish uchun sarflangan mehnat miqdori deb qaraladi. Boylik va farovonlik asosi muomala sohasida emas, ishlab chiqarish sohasida yaratilishi koʻrsatiladi. Bu bosqich 18-asr oʻrtalari va 2-yarmida fransiyalik F. Kene va A. Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi (qarang Fizi-okratlar). 2-bosqichni ingliz iqtisodchisi A. Smit asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar, 3-bosqichni 19-asrning 1-yarmida yashagan fransuz iqtisodchisi J. B. Sey, ingliz iqtisodchilari D. Rikardo, T. Maltus, N. Senior, amerikalik G. Keri asarlarida bayon etilgan qarashlar tashkil etadi. Klassik siyosiy iqtisod maktablarii.m.ning rivojidagi 4-bosqichni J. S. Mill qarashlari yakunlaydi.
A. Smitning asosiy gʻoyalari "yoʻl bering, oʻtsinlar, yoʻl bering, bajarsinlar" (laissez faire, laissez passer) shiorida ifodalangan boʻlib, u "koʻrinmas qoʻl" nomini ham olgan. Smitning fikricha, tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishiga qanchalik erkinlik berilsa, iqtisodiy rivojlanish shunchalik jadallashadi. Smit iqtisodiy faoliyatga toʻsiq boʻluvchi asosiy kuch bu — davlat, deb hisoblaydi. Smitning liberal qarashlari Yevropada, xususan, Angliyada keng ommalashgan va oʻsha davr hukumatlari tomonidan liberal qonunlar va qarorlar qabul qilinishiga ilmiy asos boʻlgan.
D. Rikardo qiymatning mehnat nazariyasini rivojlantirib, tovarning qiymatini unga sarflangan mehnat harajatlari tashkil etadi, degan xulosani beradi. Rikardo kapitalistik ishlab chiqarishning asosida qiymat qonuni yotishini taʼkidlab, boshqa iqtisodiy kategoriyalarni ana shu qonunga bogʻlab oʻrganadi.
Fransuz iqtisodchisi J. B. Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi. Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish nazariyasi" hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi T. R. Maltus (1766—1834) iqtisodiy oʻsish va aholi koʻpayishi oʻrtasidagi aloqadorlik muammolarini xal etishga uringan. Iqtisodiy liberalizm konsepsiyasi tan olingan holda aholi oʻsishi va moddiy neʼmatlar (tirikchilik vositalari) yaratilishi oʻrtasida katta farq bor, aholi "geometrik", neʼmatlar "arifmetik" progressiyalarda oʻsadi, degan "nufus nazariyasi" ilgari suriladi. Klassik maktab gʻoyalarini boyitishga ingliz N. Senior (1790—1864), fransuz F. Bastia (1801 — 1850), amerikalik G. Keri (1793—1879) katta hissa qoʻshdilar.
Ingliz iqtisodchisi J.S.Mill (1806—73) klassik maktabning soʻnggi namoyandalaridan biri sifatida D. Rikardo gʻoyalarini rivojlantirdi, 1-oʻringa "ishlab chiqarish qonunlari"ni qoʻydi, bu masalani "taqsimot qonunlari"ga qarama-qarshi deb bildi.
Dostları ilə paylaş: |