Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/90
tarix04.12.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#72193
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90
12.Аксиология маъруза 2014

YASSAVIY 
Ahmad YAssaviy 1041 yilda tug’ilgan. Ilmiy adabiyotlarda vafoti 1165—
1367 yillar deb ko’rsatilgan. 
YAssaviy tariqatining birinchi va asosiy fazilati uning xalqchilligidir. Unda 
ham Olloh, ham inson madh etiladi. YAssaviy o’zining «Hikmat»larida insonni 
qadrlaydi, uni adolatsizlikdan, zulmdan himoya etishga chaqiradi. Bu haqda u 
«qayda ko’rsang ko’ngli sinuq mahram bo’lgil, andog’ mazlum yo’lda qolsa, 
hamdam bo’lgil», deydi. 
Buyuk mutafakkirning asosiy maqsadi odamlarni Olloxni tanishga, uning 
yaqini bo’lishga da`vat etish, odamni xudoning eng aziz bandasi sifatida e`zozlash, 
adolatsizlikni qoralash, bu dunyoning dog’larini insonga yuqtirmaslikdan 
iboratdir. 
Ahmad YAssaviy inson o’z azaliy pokligini saqlashi, gunoh orttirmasligi 
uchun nima ish qilishi kerak, degan savolga ham o’zicha javob beradi. YAssaviy 


inson o’zining azaliy pokligini saqlashi uchun bu dunyodan yuz o’girishi, umrini 
odamlardan uzoqda, yolg’izlikda, uzlatda toat-ibodat bilan o’tkazishi lozim, deb 
hisoblaydi. Buni u Ollohga yaqin bo’lishning, o’ziga u dunyoda saodat ta`min 
etishning shartlaridan biri deb biladi. 
YAssaviy fikricha insonning xudo vasliga etishi uchun shariat, tariqat, ma`rifat, 
xaqiqat kabi bosqichlarni birma-bir bosib o’tishi, dunyodan, o’zligidan voz kechishi,. 
o’zini xilvatga tortib, ham fikrini, xam zikrini xudoga berishi kerak. Agar odam jonini 
qiynab bo’lsada, ibodat qilsa, nafsini o’ldirib, qanoat qilishga odatlansa, xo’rlash va 
malomatlarga bardosh bersa, o’shanda xudoning diydoriga etadi, deydi. YAssaviy 
tariqati va falsafiy ta`limotining asosiy jihatlari ana shulardan iborat. 
ABDUHOLIQ G’IJDUVONIY 
Abduholiq G’ijduvoniy (1220 yilda vafot etgan) YAssaviya tariqatining ko’zga 
ko’ringan vakillaridan biridir. U ustodi Xoja YUsuf Hamadoniy va birgalikda ta`lim 
olgan zamondoshi shayx Ahmad YAssaviyning ishini davom ettiribgina qolmay, ular 
yaratgan tariqatni mustaqil, yangi, yuqori bosqichga ham ko’tardi. Buni uning farzandi 
uchun maxsus yozylgan «Vasiyatnoma»sida bayon etilgan falsafiy g’oyalardan ko’rish 
mumkin. «Vasiyatnoma»ning mazmuni, mohiyati odob-axlrq masalalariga 
qaratilgandir. Tariqat ahlining bosh vazifasini YAssaviy Ollohga yaqinlashish uchun 
jamiyatdan uzoqlashishni, uning tashvishlaridan yuz o’girish, uzlatga ketish, tarki 
dunyo qilish deb tayinlagan bo’lsa, Abduholiq G’ijduvoniy «Vasiyatnoma»sida 
jamoatga mulozim bo’lish, jamiyatga xizmat etishni muqaddas vazifa — Ollohga 
yaqinlashishning muhim yo’li deb hisoblaydi, SHu bilan birga u odamlarni xonaqohda 
hadeb o’ltiravermasdan, Ollohga toat-ibodatni haddan tashqari oshirib yubormasdan 
mehnat qilish va halol yashashga da`vat etadi. Halol egil va shubhadan parhez etgil, 
ya`ni halolligi shubhali ovqatdan qo’l tortgil, deydi. Bu dunyoda odamlar hayotida 
faol ishtirok etish, ularni himoya qilish Abduholik G’ijduvoniy tomonidan 
ta`kidlanganidek, Olloxga yaqinlashishning asosiy yo’lidir. 
KUBRO 
Tasavvuf falsafasining yirik siymolaridan yana biri xorazmlik Najmiddin Kubro 
(1145—1221 ) edi. Tasavvufdagi maxsus kubraviya tariqati uning nomi bilan 
bog’liq. SHayx Najmiddin Kubro o’z zamonasining yirik olimlaridan hisoblangan. 
«Favoix al-jamol va favotix al-jalol» («Jamolining muattarlari va kamolotining 
egalari»), «Al-usul al-ashara» («O’nta qoonun va qoidalari») nomli asar va 
risolalar yozgan. 
Alisher Navoiy «Lisonut tayr» dostonida Najmiddin Kubro haqida maxsus bir 
hikoyat keltiradi. Unda aytilishicha, «Agar u biron kishiga o’z nazaridan bahra etkazib 
qarasa, ko’zi valilik nuri bilan yorishib ketar va shu ondayoq o’zligidan ayrilar 
edi.» Najmiddin Kubro nomi bilan ataladigan tariqat buyuk Xorazm davlati asta-
sekin inqirozga yuz tutayotgan davrda yuzaga keldi. Odamlarni ruxiy poklanishg’a, 
hayotga ishonch bilan ixlos qo’yishga, dunyoviy muhabbatni ulug’lashga chaqirishda 
kubraviya tariqati katta o’rin tutdi. Unda tarkidunyochilik emas, balki mehnat asosida 
bu dunyo noz-ne`matlaridan baxramand bo’lish asosida Alloh vasliga etish g’oyalari 
ilgari suriladi.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin