imkoniyatiga ega. SHuningdeq ular mineral xom-ashyo resurslarini va qishloq
xo`jaligi maxsulotini qayta ishlash sohasida mintaqaviy kooperatsiyani yo`lga
qo`yishdan, Orol bo`yidagi ekologiya faloqati oqibatlarini bartaraf etish, Orol
dengizini qutqarish kabi tadbirlarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatlidirlar.
Markaziy Osiyo Respublikalari behisob tabiiy boylikka ega. Biz bu
boylikni
birgalikda o`zlashtirishimiz, iqtisodiy, ma`naviy va insoniy salohiyatlarimizni
yanayam jipslashtirish yo`lidan borishimiz maqsadga muvofikdir. «Eng avvalo,
iqtisodiy mustakilligimizni ta`minlaydigan sanoatning butun negizini rivojlantirish,
boy xom-ashyo, moddiy resurslarimiz asosida tayyor maxsulot olishga qaratilgan
yuksak texnologik loyihalarni, kishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirish — mamlakatlarimiz oldida turgan muxim vazifadir»
7
.
Markaziy O`rta Osiyo mustaqil davlatlarining samarali hamkorligi chegaradosh
mamlakatlar, avvalo musulmon SHarqi mamlakatlari — Turkiya, eron, Pokiston,
Saudiya Arabistoni va boshqalar bilan o`zaro munosabatlarini chuqurlashtirishga
qulay zamin yaratilmoqda.
Ashgabat uchrashuvida Markaziy Osiyo Respublikalari bilan eron, Pokiston,
Turkiya davlatlari Transosiyo temir yo`l magistralini birgalikda qurish to`g`risida
axdlashib oldilar. Bu loyihani amalga oshirish O`zbekistonning jahon okeaniga,
xalqaro savdo markazlariga chiqish yo`lini ochadi, tashqi iqtisodiy faoliyat
yo`nalnshlarini tanlashda harakat erkinligini ancha oshiradi.
O`zbekiston Mustaqil Davlatlar Xamdo`stligi doirasida Rossiya, Ukraina,
Belarus’, Moldova
va boshqa mamlakatlar bilan, jumladan Boltikbo`yi
Respublikalari bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo iqtisodiy, fan va
texnika
sohalariga oid shartnomalar va bitimlarni imzoladi va ularni izchil ravishda bajarib
kelmoqda.
MDX mamlakatlari bilan iqtisodiy munosabatlarning tarkibi va shakli tubdan
o`zgarib bormoqda. Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligidagi ko`pgina mamlakatlar bilan
savdo to`lov sohasida O`zbekiston ijobiy sal’doga egadir.
O`zbekiston MDXdagi davlatlar, avvalo Rossiya bilan o`zaro manfaatli
siyosatni izchil amalga oshirmoqda. O`zbekiston Respublikasi bilan Rossiya
Federatsiyasi o`rtasida do`stlik va hamkorlik to`g`risidagi
shartnomaning tuzilganligi
siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi munosabatlarni yanada rivojlantirishda
kudratli omil bo`lib xizmat qiladi, har ikkala mustaqil davlat xalqlarining tub
manfaatlariga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: