Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 112
w www.oriens.uz May 2021 KIRISH Kelajagimizning
munosib
vorislari-yoshlarimizning
barkamol
inson
qilib
tarbiyalashda ajdodlar merosiga tayanish, ayniqsa milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev “Milliy
taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” deb
nomlangan kitobida “Biz yoshlarimizning milliy va umumbashariy qadriyatlar
ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur”,
deb ta’kidlaydi. Zero, Milliy va umuminsoniy qadriyatlar hayot sinovidan o‘tgan,
insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy hodisadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida Sh.M. Mirziyoyevning asarlari
metodologik manba bo’lib belgilandi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning
mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.
Ma'naviy yuksalish yo'lidagi tahdidlar va ularni bartaraf etish yo'llarining bugungi
kundagi vazifalari qadriyat tushunchasiga borib taqalishi obyektiv ochib berildi.
Respublikamizning taniqli olimlaridan E. Yusupov, J. Tulenov, Z. G‘ofurov va rus
faylasuflari A.G. Zdrovomislov va G. Drabnitskiy ham risolarida o‘z fikrlarini
bildirganlar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan har qanday ijtimoiy, moddiy,
ma’naviy narsa yoki hodisa o‘tmishda ijobiy ahamiyat kasb etgani uchungina emas,
balki kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo‘lganligi
sababli ham qadriyat deb ataladi. Boshqacha aytganda, qadriyatlar jamiyat va
ma’naviy taraqqiyotning zaruriy mahsulidir.
Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular
tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari majmuidir.
Qadriyatlar ahloqiy qoida va me’yorlar, g‘oyalar va maqsadlardagi baholash mezoni
hamda usullarini o‘zida aks ettiradi: Ular halollik, poklik, o‘zaro yordam va
adolatliligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar: burch,
vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi ahloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo‘ladi.
1
Qadriyat-boshqa bir ta’rifda esa qadriyat bu atrof muhitdagi narsalarni,
hodisalarni ularning inson va jamiyat uchun ahamiyatga qarab, ijobiy yoki salbiy deb
1
. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар, тамойилла ва атамалар (қисқа изоҳли тажрибавий луғат) –Т.:
“Янги аср авлоди”, 2002. б- 177.