Qadriyatlarni qaysi fan o’rganadi?



Yüklə 1 Mb.
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#167645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qadriyatlarni qaysi fan o’rganadi

Masalaning muhimligi atoqli enciklopedik olimlar — Horazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn-Sino, al-FarQoniy kabi civilizaciyamizning zabardast namoyandalari ijodi va merosi ko’zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon civilizaciyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo’shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta`sirini butun olamga yoyilishida hizmat qilganlar.

Masalaning muhimligi atoqli enciklopedik olimlar — Horazmiy, Forobiy, Beruniy, ibn-Sino, al-FarQoniy kabi civilizaciyamizning zabardast namoyandalari ijodi va merosi ko’zgusida yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Zero, ular nafaqat Markaziy Osiyo, arab-musulmon civilizaciyasi, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga nihoyatda katta hissa qo’shganlar, yurtimiz qadriyatlari ta`sirini butun olamga yoyilishida hizmat qilganlar.

Shu bilan birga, umuminsoniy madaniyatning bebaho durdonalarini yaratgan UluQbek, Lutfiy, Navoiy, Bobur kabi zotlarning jahon civilizaciyasiga qo’shgan hizmatlarini tilga olmay bo’ladimi?

Afsuski, civilizaciyamizga hos eng yuksak qadrlash mezonlarini yaratgan o’rta asrlardagi ko’tarilish davri temuriylar saltanatidan so’ng asta-sekin tanazzulga yuz tutdi, markazlashgan davlat parchalanib ketdi. Avval Hiva honligi va Buhoro amirligi, so’ngra Qo’qon honligi vujudga keldi. Uch yuz yildan ortiqroq davrni o’z ichiga olgan bu jarayon honlik, amirlik, turli sulolalar, uruQlar o’rtasidagi urushlar, tinimsiz ziddiyatlar orqali kechdi, yahlit civilizaciyamizning hamjihatligini ta`minlaydigan umumiy qadriyatlar tizimi darz ketdi, qadrlash mezonlari ham bir qadar o’zgara boshladi

XIX asrning o’rtalariga kelib, amirlik va honliklarga bo’linganligiga qaramasdan, mustaqil yashagan Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi, yurtimiz imperiyaning mustamlakasi bo’lib qoldi. Mustamlakachilarning qadriyatlari va qadrlash mezonlari halqimiz orasiga zo’rlik bilan singdirila boshlandi. XIX asrning ohirlari va XX asr boshlarida yurtimizda «jadidlar» oqimi vujudga keldi. M. Behbudiy, So’fizoda, Avloniy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa jadidlar merosiga diqqat qilinsa, o’sha davrda yurtimizda ma`naviy tushunchalarning ko’lami qanchalik keng bo’lganligini, falsafiy tilning naqadar boyligini, uning adabiyot bilan qanchaliy uyQunligini yaqqol ko’rish mumkin. Ularning asarlarida gohida biz allaqachon esimizdan, tilimizdan va balki dilimizdan ham chiqarib yuborgan qadriyatlar, tushunchalarga duch kelamiz. Jadidlarning merosi halqimiz madaniyatiga yanada kattaroq ta`sir ko’rsatishi mumkin edi. Afsuski, bolsheviklar boshlagan siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini o’z domiga tortdi, uning taqdiri ayanchli kechdi, ta`qiqlab qo’yildi. O’tmish avlodlar ardoqlagan va buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan sharqona qadrlash mezonlarini yuz o’ttiz yil sarobga aylantirish uchun qilingan urinishlarning oqibatlari haligacha sezilib turadi. Faqat mustaqillik yillariga kelibgina ushbu sohada ham ijobiy siljishlar boshlandi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin