Qadriyatlarni qaysi fan o’rganadi?



Yüklə 1 Mb.
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#167645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qadriyatlarni qaysi fan o’rganadi

XIX asrning o’rtalariga kelib, amirlik va honliklarga bo’linganligiga qaramasdan, mustaqil yashagan Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi, yurtimiz imperiyaning mustamlakasi bo’lib qoldi. Mustamlakachilarning qadriyatlari va qadrlash mezonlari halqimiz orasiga zo’rlik bilan singdirila boshlandi. XIX asrning ohirlari va XX asr boshlarida yurtimizda «jadidlar» oqimi vujudga keldi. M. Behbudiy, So’fizoda, Avloniy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa jadidlar merosiga diqqat qilinsa, o’sha davrda yurtimizda ma`naviy tushunchalarning ko’lami qanchalik keng bo’lganligini, falsafiy tilning naqadar boyligini, uning adabiyot bilan qanchaliy uyQunligini yaqqol ko’rish mumkin. Ularning asarlarida gohida biz allaqachon esimizdan, tilimizdan va balki dilimizdan ham chiqarib yuborgan qadriyatlar, tushunchalarga duch kelamiz. Jadidlarning merosi halqimiz madaniyatiga yanada kattaroq ta`sir ko’rsatishi mumkin edi. Afsuski, bolsheviklar boshlagan siyosiy jarayonlar bu avlodning boy merosini o’z domiga tortdi, uning taqdiri ayanchli kechdi, ta`qiqlab qo’yildi. O’tmish avlodlar ardoqlagan va buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan sharqona qadrlash mezonlarini yuz o’ttiz yil sarobga aylantirish uchun qilingan urinishlarning oqibatlari haligacha sezilib turadi. Faqat mustaqillik yillariga kelibgina ushbu sohada ham ijobiy siljishlar boshlandi.

Sobiq Ittifoqda qadriyatlarga munosabat qanday edi?

Sobiq Ittifoqda qadriyatlarga munosabat qanday edi?

Dunyoning oltidan bir qismini egallab turgan mamlakatda qadrlashning umuminsoniy tamoyillarini barqaror qilish u yoqda tursin, haqiqiy qadriyatshunoslik nuqtai nazaridan tadqiqotlar olib borishga ham izn berilmas edi. Faqat asrimizning 60-yillariga kelib, qadriyatlar muammosi ba`zi mutahassislar tomonidan tahlil qilina boshlagan bo’lsa-da, 90-yillargacha falsafa darsliklarida alohida mavzu sifatida o’z o’rniga ega bo’lmadi. Hukmron mafkuraning tarkibiy qismiga kirmaganligi, mavzularining juda kam tadqiq qilinganligi va nihoyatda oz ahamiyat berilganligidan mahsus falsafiy tadqiqotlar sohasiga aylana olmadi. Aksiologiya nomi bilan sobiq Ittifoqda birorta ham darslik yoki o’quv qo’llanmasi chop etilmagan, hatto universitetlarning faylasuf, jamiyatshunos, tarihchi va boshqa ijtimoiy mutahassislar tayyorlaydigan gumanitar bo’limlarida ham bu sohaga oid mahsus bilimlar berilmas edi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin