Qandsiz diabetni davolashda ishlatiladigan dori vositalari



Yüklə 22,08 Kb.
tarix11.03.2023
ölçüsü22,08 Kb.
#87387
Qurbonov Shuxrat QANDSIZ DIABETNI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARI


QANDSIZ DIABETNI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARI
Qandsiz diabet — neyroendokrin kasallik; asosan, gipotalamus va gipofiz funksiyasining buzilishidan kelib chiqadi. Kasallik 17-asrda aniqlangan, ammo, qandli diabetdan farqlay olmaganliklari sababli, unga alohida dard sifatida qarashmagan. Qandsiz diabet birinchi boʻlib ingliz olimi Tomas Uillis tomonidan aniqlandi (1674 yil). U Qandsiz diabetga chalingan bemorlar siydigini tekshirib, qandli diabetdan farqli ravishda ularning siydigi tarkibida qand moddasini topmagan va bu kasallikni qandsiz diabet deb atagan. Kasallik, asosan, yosh erkak va ayollarda, qisman bolalarda ham kuzatiladi. Qandsiz diabetga xos alomatlar toʻsatdan boshlanadi, bemor koʻp siyadi (poliuriya), juda chanqaydi va koʻp suyuklik ichadi (polidipsiya), ogʻzi quriydi. Kasallikning bu belgilari tez orada zoʻrayadi, bemor bezovtalanadi, asabiylashadi. Dard avjiga chiqqan davrda 1 kunda ajraladigan siydik miqsori nihoyatda oshib ketishi mumkin. Bolalarda bu kasallik kechasi siyib qoʻyish (enurez) bilan boshlanadi. Tez orada bemor ancha ozadi, organizmida minerallar almashinuvi buzilishi natijasida terisi quruqshab qoladi, sochlari sinuvchan, teztez toʻkiladigan, tirnoqlari moʻrt va uvalanadigan boʻlib qoladi. Koʻp miqdorda suv ichish ovqat hazm qilish tizimiga noxush taʼsir koʻrsatadi. Meʼdaning hazm fermentlari ishlab chiqarish faoliyati izdan chiqib, surunkali gastrit, oʻt pufagi sekretor faoliyati buzilishi, ingichka va yoʻgʻon ichaklar harakatining izdan chiqishi, shilliq qavatlarga putur yetishi, doimiy qabziyat va boshqalar kelib chiqadi. Haddan ziyod koʻp suv ichish meʼda’ devorining choʻzilib, hajmi kattalashishiga va meʼdaning pastga tushishiga olib keladi, bu meʼda atrofidagi aʼzolar faoliyatiga ham taʼsir qiladi. Ayollarda hayz koʻrishning buzilishiga, erkaklarda jinsiy maylning susayishiga, bolalarda esa oʻsish va rivojlanishdan orqada qolish, jinsiy va jismoniy rivojlanishning kechikishi kabi holatlarga olib keladi. Kasallik uzoq davom etadi, koʻpincha uning rivojlanishi bosh miya jarohati va undagi jarrohlik amaliyotlaridan soʻng , bakterial meningit, virusli ensefalit, zaxm, bosh miya oʻsmalari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Kasallikka bemorning shikoyatlari, siydik tahlili, nevrologik, oftalmologik, rentgenologik va gipofizning kompyuter va magnitrezonansli tomografiya natijalariga asoslangan holda diagnoz qoʻyiladi. Odsini olish uchun kasallikning birinchi belgilari boshlanishi bilan endokrinologga murojaat etish va uning koʻrsatmalariga qatʼiy rioya qilish lozim. Kasallik oʻz vaqtida davolansa, bemor butunlay sogayib ketishi mumkin.Kasallik haqida

Organizmda suv-tuz moddalari almashinuviga ta`sir qiluvchi gormonlar bir nechta. Ulardan biri bu — vazopressin (yoki antidiuretik gormon — ADG) bo`lib, bu gormon inson bosh miyasida joylashgan gipotalamus neyroendokrin bezidan ishlab chiqariladi va gipofiz bezida saqlanadi. Bu gormon ishlab chiqarilgach, buyraklar distal kanalchalarida joylashgan sezuvchan reseptorlar (ya`ni oqsillar) bilan bog`lanib, organizmda suvni ushlab qoladi. Shu bilan birga inson qonini suyultirish, arterial qon bosimni boshqarishda ishtirok etadi.


Nefrogen qandsiz diabet (buyrak shakli) – bu qandsiz diabetni bir turi hisoblanadi. Bu kasallikda vazopressin ishlab chiqarilaveradi, lekin u birikishi kerak bo`lgan buyraklardagi reseptorlar sezuvchanligi pasayadi. Natijada organizmdan suyuqlik ko`p chiqib keta boshlaydi (ya`ni peshobga chiqish tezlashadi) va inson tanasi suvsizlanadi.
Qandsiz diabet — sabablari, turlari, alomatlari, tashxislash, davolash, parhez
Qandsiz diabet yoki qandsiz siydik tanqisligi — vazopressin (antidiuretik gormon) yetishmovchiligi tufayli kuchli chanqoqlik va buyraklarni ko’p miqdorda past konsentratsiyali siydik ajratishi bilan tavsiflanadigan kasallikdir. Bu noyob kasallik ayollar, erkaklar va bolalar orasida teng ravishda kuzatiladi. Biroq 18 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan yoshlar ko’proq kasallanishga moyildir.
Qandsiz diabet turlari
Qandsiz diabet rivojlanish mexanizmlarini hisobga olgan holda uni ikki asosiy turga bo’lish mumkin:
Markaziy qandsiz diabet. Gipotalamusta vazopressin ishlab chiqarilishi yetishmovchiligi yoki uning gipofiz bezidan qonga o’tishi buzilishi natijasida shakllanadi.
Buyrakli (nefrogen) qandsiz diabet. Ushbu shaklda vazopressin darajasi me’yorda bo’ladi, ammo buyrak to’qimasi unga reaktsiya bermaydi.
Bundan tashqari, ba’zida stressga javoban psixogen polidipsiya (kuchli chanqash) rivojlanadi.

Shu bilan birga, qandsiz diabet homiladorlik paytida shakllanishi mumkin. Buning sababi — yo’ldosh (platsenta) fermentlari bilan vazopressinning parchalanishidir. Odatda, kasallikning belgilari homiladorlikning uchinchi trimestrida namoyon bo’ladi, lekin tug’ruqdan keyin ular o’z-o’zidan yo’qolib ketadi.


Rivojlanish sabablari
Qanday shakldagi qandsiz diabet rivojlanishga olib kelishiga qarab, sabablar ikkiga bo’linadi.
Markaziy qandsiz diabet sabablari
Miya shikastlanishlari:
Gipofiz yoki gipotalamus o’smalari;
Bosh miyadagi operatsiyalardan keyingi asoratlar;
Sifilis;
Ba’zan o’tkazilgan infektsiyalardan so’ng rivojlanadi: O’RVI , gripp va
boshqalar;
Ensefalit (bosh miyaning yallig’lanishi);
Bosh suyagi va bosh miya jarohati;
Gipotalamus yoki gipofizda qon aylanishning yomonlashuvi;
Gipofiz yoki gipotalamusning faoliyatiga ta’sir ko’rastishi bilan kechadigan yomon sifatli o’smalarning miyaga metastazi;
Kasallik tug’ma bo’lishi mumkin.
Nefrogen qandsiz diabet sabablari
Kasallik tug’ma bo’lishi mumkin (eng keng tarqalgan sababi);
Kasallik ba’zan buyrakning miya moddasi yoki nefronning siydik naychalari shikastlanishi bilan kechadigan ma’lum sharoitlar yoki kasalliklar bilan bog’liq bo’ladi;
Noyob anemiya (o’roqsimon hujayrali);
Buyrak polikistozi (ko’p kistalar) yoki amiloidoz (amiloid to’qimasida cho’kma);
Surunkali buyrak yetishmovchiligi;
Qonda kaliyning ortishi yoki kalsiyning pasayishi;
Buyrak to’qimasiga toksik ta’sir qiluvchi dorilarni qabul qilish (masalan, Litiy, Amfoteritsin B, Demeklotsilin);
Ba’zida zaiflashgan bemorlarda yoki qarilik davrida paydo bo’ladi.
Biroq, barcha holatlarning 30% da qandsiz diabet kasalligining sababi aniqlanmaganligicha qoladi. Chunki o’tkaziladigan barcha tadqiqotlar ushbu kasallikning rivojlanishiga olib keladigan har qanday kasallik yoki omil mavjudligini ko’rsatmaydi.
Qandsiz diabet alomatlari
Qandsiz diabet rivojlanishiga olib keladigan sabablar turli bo’lishiga qaramasdan, kasallikning belgilari va alomatlari barcha turlarida deyarli bir xil.
Biroq, kasallik alomatlarining namoyon bo’lish kuchliligi darajasi ikki narsaga bog’liq:
Nefron kanalchalarining retseptorlari vazopressinga qanchalik sezgir emasligi;
Antidiuretik gormonning yetishmaslik darajasi yoki uning yo’qligi;
Odatda, kasallik to’satdan boshlanadi, ammo u asta-sekin rivojlanishi ham mumkin.
Kasallikning dastlabki belgilari — juda kuchli azob beruvchi chanqoqlik (polidipsiya) va bemorni hatto kechasi ham bezovta qiladigan tez-tez, ko’p miqdorda siyish (poliuriya) sanaladi.
Bir sutkada 3 litrdan 15 litrgacha siydik ajralishi mumkin, ba’zan uning miqdori kuniga 20 litrgacha yetadi. Shuning uchun bemorni kuchli chanqoq bezovta qiladi.
Keyinchalik, kasallik rivojlanib borishi bilan quyidagi alomatlar qo’shiladi:
Suvsizlanish belgilari (organizmda suv yetishmasligi) paydo bo’ladi: teri va shilliq qavat quruqligi (og’iz qurishi), tana vazni pasayishi.
Ko’p miqdorda suyuqlik qabul qilish sababli oshqozon kengayadi, ba’zan hatto pastga siljiydi.
Organizmdagi suv yetishmovchiligi tufayli oshqozon va ichakdagi ovqat hazm qilish fermentlari ishlab chiqarilishi buziladi. Shuning uchun bemorda ishtaha pasayadi, gastrit yoki kolit rivojlanadi, ich qotishiga moyillik bo’ladi.
Katta miqdordagi siydik chiqarilishi sababli qovuq cho’ziladi.
Organizmga suv yetishmasligi sababli terlash kamayadi.
Ko’pincha qon bosimi pasayadi va yurak urish tezligi ortadi.
Ba’zida tushunarsiz ko’ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi.
Bemor tezda charchaydi.
Tana harorati ko’tarilishi mumkin.
Ba’zida kechasi siydik tuta olmaslik (enurez) rivojlanadi.
Tashnalik va tez-tez siyish tunlari ham davom etar ekan, bemorda ruhiy va hissiy buzilishlar rivojlanadi:
Uyqusizlik va bosh og’rig’i;
Emotsional labillik (ba’zan hatto psixozlar rivojlanadi) va qo’zg’aluvchanlik;
Aqliy faollikning pasayishi.
Bu qandsiz diabetning odatiy holatlardagi belgilaridir. Biroq, kasallikning namoyon bo’lishi erkaklar va ayollar, shuningdek, bolalarda birmuncha farq qilishi mumkin.
Erkaklarda
Yuqorida ko’rsatilgan belgilarga qo’shimcha ravishda libidoning (qarama-qarshi jinsga bo’lgan qiziqish) va potentsiyaning (jinsiy quvvatning) pasayishi qo’shiladi.
Ayollarda
Kasallik odatiy belgilar bilan kechadi. Biroq, ba’zan ayollarda hayz sikli buziladi, bepushtlik rivojlanadi, homiladorlik esa o’z-o’zidan homila tushishi bilan yakunlanadi.
Bolalarda
Uch yoshdan katta bolalar va o’smirlarda kasallik belgilari deyarli kattalarnikiga o’xshash bo’ladi.Biroq, ba’zan kasallik belgilari yaqqol namoyon bo’lmaydi: bola yomon ovqatlanadi va vazni ortadi, ovqat qabul qilishda tez-tez qayt qilishdan aziyat chekadi, qabziyat va kechalari siydik tuta olmasligi bo’ladi, bo’g’imlardagi og’riqdan shikoyat qiladi. Bunday holda, tashxis kech qo’yiladi, bola jismoniy va ruhiy rivojlanishda orqada qolib bo’lgan bo’ladi.

Lekin yangi tug’ilgan chaqaloqlar va biroz kattaroq go’daklarda (ayniqsa nefrogen turida) kasallikning namoyon bo’lishi kattalarnikidan farq qiladi va yorqin namoyon bo’ladi.

Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda kasallik belgilari quyidagicha bo’ladi:

Chaqaloq ona sutidan ko’ra suvni afzal ko’radi, lekin ba’zan chanqoqlik bo’lmaydi;


Chaqaloq tez-tez va ko’p miqdorda siyadi;
Tashvishlanishi mavjud bo’ladi;
Tana vazni tezda yo’qotiladi (bola tom ma’noda «ko’z oldida» ozib ketadi);
To’qimalarning turgori pasayadi (agar teri bir qavatga to’planib, qo’yib yuborilsa, u normal holatga asta-sekin qaytadi);
Ko’z yosh oz bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi;
Tez-tez takrorlanadigan qayt qilish kuzatiladi;
Yurak ritmi tezlashadi;
Tana harorati tezda ko’tarilishi va pasayishi mumkin.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalar suv ichish istagini ifoda eta olmaydi, shuning uchun ko’pincha ularning holati yomonlashadi: hushini yo’qotadi va tutqanonqlar rivojlanishi mumkin. Afsuski, hatto ba’zan o’lim ham yuz beradi.

Tashxislash

Birinchidan, shifokor bir nechta narsalarga aniqlik kiritadi:

Bemor qancha suyuqlik ichishi va qancha miqdorda siydik chiqarishi. Agar uning hajmi 3 litrdan ko’p bo’lsa, bu qandsiz diabet foydasiga dalil bo’ladi.


Tunda siydikni ushlab tura olmaslik va tez-tez ko’p miqdorda siyish (nikturiya) mavjudmi, shuningdek, bemorlar kechalari suvni ichadimi. Agar shunday bo’lsa, u holda ichiladigan suyuqlik va chiqariladigan siydik miqdori aniqlanishi kerak.
Yuqori chanqoqlik psixologik sabablar bilan bog’liq emasmi. Agar alomatlar bemor sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanganida, sayr qilishida yoki mehmonda bo’lganida kuzatilmasa, ehtimol, u psixogen polidipsiyaga ega.
Qandsiz diabet rivojlanishiga turtki beradigan kasalliklar (o’smalar, endokrin kasalliklar va boshqalar) mavjudmi.
Agar barcha alomatlar va shikoyatlar bemorda, ehtimol, qandsiz diabet mavjudligidan darak bersa, ambulatoriya sharoitida quyidagi taqiqotlar amalga oshiriladi :

Siydikning osmolyarligi va nisbiy zichligi (buyraklarning filtrlash funktsiyasini xarakterlaydi), shuningdek qon zardobining osmolyarligi aniqlanadi;


Bosh miya kompyuterli tomografiyasi yoki magnit-yadroviy tomografiyasi;
Turk egati va bosh suyagi rentgenogrammasi;
Exoensefalografiya (EEG);
Ekskretorli urografiya;
Buyrak UT tekshiruvi;
Qon zardobida natriy, kaltsiy, kaliy, azot, mochevina, glyukoza (qand) darajasi aniqlanadi;
Zimnitskiy testi.
Bundan tashqari, bemorni nevropatolog, okulist va neyrojarrohlar ham tekshiradi.

Laboratoriya ma’lumotlariga asoslanib, qandsiz diabet tashxislanishi mezonlari quyidagilardan iborat:

Qonda natriyning ko’payishi (155 mEkv / l dan ortiq)
Qon plazmasi osmolyarligining ortishi (290 mosm/kg dan ortiq)
Siydik osmolyarligining pasayishi (100-200 mosm / kg dan kam)
Siydik nisbiy zichliging pastligi (1010 dan kam)
Siydik va qonning osmolyarligi me’yoriy chegaralar oralig’ida bo’lsa-da, bemorning shikoyati va alomatlari qandsiz diabet mavjudligini ko’rsatsa, suyuqlikni cheklash bilan test o’tkaziladi. Sinovning mazmuni shundaki, organizmga suyuqlikni kam miqdorda tushishi muayyan vaqtdan (odatda 6-9 soatdan) keyin vazopressin ishlab chiqarilishni rag’batlantiradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu test nafaqat tashxis qo’yish, balki patologiyaning turini aniqlash imkonini ham beradi.


Belgilari

Chanqoq;
Poliuriya (peshobning tez-tez va ko`p miqdorda ajarilishi);


Sababsiz charchoq;
Quvvatsizlik;
Mushaklardagi og`riq;
Peshobni ushlab turolmaslik;
Charchoq, og`iz qo`rishi, so`lakning kam ishlab chiqarilishi (peshob bilan birga azot va fosfor ajralishinatijasida);
Vaznning keskin ravishda kamayishi (semirish kamdan-kam holatlarda kuzatiladi);
nikturiya (kechasi peshobning yanada tezlashishi); Asabiylik.
Sabablari
Kichik yoshdagi bolalarda diabetning bu turi nasliy moyillik sabab yuzaga keladi. Katta yoshli bemorlarda esa orttirilgan xastalik sanaladi. Buning sabablari asosan buyrak xastaliklaridir. Ularga gidronefroz, polikistoz, uropatiyalar, surunkali pielonefrit kiradi. Qonda kalsiy miqdorining oshishi (giperkalsemiya) va kaliyning kamayishi (gipokaliemiya) ham qandsiz diabet buyrak shakli rivojlanishiga olib keluvchi sabablardir. Juda kam hollarda qandsiz diabet buyrak shaklini oilaviy turlari uchrab turadi.
Yüklə 22,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin