Qaror tushunchasi


-Mavzu: Bozorni tadqiq qilishni boshqarish



Yüklə 99,58 Kb.
səhifə7/8
tarix05.12.2023
ölçüsü99,58 Kb.
#174047
1   2   3   4   5   6   7   8
marketing

12-Mavzu: Bozorni tadqiq qilishni boshqarish
Bozorni marketing nuqtai nazaridan o‘rganish o‘z oldiga kompaniyalar, firma (korxona) tovarlarini samarali sotish
imkonini, uning kengayish uchun yangi segmentlar sifatini yaxshilash, zahiralar va yangi tovarlar yaratishni, iste’molchilar
talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo‘yadi.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun chuqur marketing tadki-
kotlari amalga oshiriladi. Bozorni marketing nuqtai nazaridan
tadqiq qilishning vazifasi — ishlab chiqarish va tovarlarni bozor
va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat.
Bu narsa firmaning yuqori rentabelli, raqobatga bardoshli
faoliyati asosida amalga oshishi kerak.
Boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik va tovarlarning
markaziy ta’minoti sharoitida bozorni o‘rganish mohiyati o‘z
ma’nosini yo‘qotadi.
Erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ishlab
chiqaruvchilar keng bozor izlanishlari orqali o‘z mahsulotlarini
sotishni ta’minlaydilar uning natijalari ishlab chiqarish va sotish
dasturi tuzishda asosiy manba sifatida foydalaniladi. Bozorni
o‘rganish potensial iste’molchilar ehtiyojlarini, ularning
tovarlarga bo‘lgan talablarini, talab motivini aniqlashga imkon
beradi, bu narsalar esa korxonalar ishlab chiqarishini tashkil
etish va boshqarishda katta rol o‘ynaydi. Xaridorlarning iste mol qilish texnologiyasini, ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning
rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, kelajakdagi ehtiyojni
prognozlash va bozorga yangi turdagi mahsulot taklif qilish im-
konini beradi. Bu tadbirlar sotish hajmini ortishiga va bozor-
ning katta ulushiga egalik qilishga yordam beradi.
Bozor tadqiqotining asosiy usuli — bozorni guruhlash asosida
tizimli tahlil qilishdir. Marketing qarorlarini qabul qilishda
kerakli samara va istalgan natijaga erishishda ahamiyatlidir.
Bozorni o‘rganish natijasida ikki xil axborot olinadi: miqdoriy —
bozor sig‘imi; bozorda firmaning ishi, uning raqobatchilari
haqida va sifat xarakteridagi axborot — bozor strukturasi; so-
tilayotgan mahsulotning ehtiyojlarga, alohida iste’molchilar
o‘lchamlariga mos kelish darajasi; ularning sifat, tip, turlariga
qo‘yiladigan talablari; iste’molchilar foydalanadigan moddiy
resurslar haqida. Tadqiqot o‘rganish samaradorligini ta’min-
lash bir qator tadbirlarni amalga oshirish: talab qilinadigan ax-
borotlarni aniqlashda muhimligini baholash; axborot yig‘ish
manbalarini va tahlil usullarini tanlash; axborotni yig‘ish va
tahlil qilish, takomillashtirish yo‘llarini izlash; izlanish va uning
natijalarining samaradorligini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi.
Axborotlarning ob’ektivligi va aniqligi marketing samaradorligini
aniqlaydi. Shuning uchun ham mashhur firmalar barcha
mamlakat va bozorlarda axborot tizimlari tashkil qilishadi. Bu
o‘rinda Yapon firmasi «Misubisi» ning axborotlar tarmog‘ini
misol qilsak: u 14 ming mutaxassis, 120 dan ko‘p chet el va 60
yapon idoralaridan iboratdir.
Marketing tamoyili asosida ishlovchi etakchi firmalarning
(kompaniyalarning) tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadqiqot
ishlarining samaradorligi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib
borilganda oshadi:
— bozor sig‘imini aniqlash, bozor «ovqati» (ozig‘i) ni topish;
— xaridorlar amaliyotinimotivlarini, ularning hulq-
atvorlarini tahlil qilish;
— sotishning umumiy shartlarini tahlil qilish va uni
prognozlash;
— raqobatchilarni, ular strategiyasi va taktikasini o‘rganish;
bozordagi raqobatning o‘zini tahlil qilish.
Bozor o‘lchamlarini aniqlash, firma o‘zining har bir tovari
uchun bozorning aynan qaysi qismini egallaganligini aniqlashga
yordam beradi. Bu tovar assortimenti va sotish dasturini
rejalashtirishda qo‘l keladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, alohida tovarlar bozori kuchsiz raqobatning
mavjudligi bilan farqlanishi mumkin. Lekin bu narsa firma
raqobatchilari faoliyatini o‘rganish kerak emas degani emasdir.
Tadqiqotlar quyidagi hollarda zarurdir:
— mamlakat bozorida tovarlarni sotuvchi kompaniyalarni
faoliyatini o‘rganish uchun;
— ishlab chiqarishni talabga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab
chiqarishga o‘zgartirish;
— yangi mahsulot, boshqarishning yangi usullariga o‘tish
bilan raqobatchilar kurashining ko‘chayish ehtimoli uchun;
— tashqi bozordagi raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish
maqsadida.
Marketing faoliyatining muhim ob’ekti — firma uchun eng
muhimi, bozorlarni aniqlashdan iboratdir. Alohida tovarlar va
tovar guruhlari, alohida regionlar va mamlakatlar, ichki va
tashqi bozorlar, kapital, ish kuchi, qimmatbaho qog‘ozlar, xa-
ridorlar va sotuvchilar bozorlari mavjud. Ular ichidan eng
muhimi tashqi va ichki bozorlardir. Ichki bozor — bir mamlakat
chegarasidagi tovar muomalasini o‘z ichiga olsa, tashqi bozor —
milliy davlat chegaralari ortidagi tovar muomalasi yig‘indisi-
dir. Ichki bozor ishtirokchilari — mahalliy va chet el firmala-
ri, korxona va tashkilotlar; tashqi bozor ishtirokchilari — alo-
hida mamlakatlar milliy chegarasidan tashqariga chiqadigan
tovar muomalasida ishtirok etadigan korxona tashkilot, firma-
lardir, ya’ni bu bozor ma’lum bir mamlakatga nisbatangina
tashqi hisoblanadi. Ichki va tashqi bozorlarning rivojlanish
darajasi, ular kon’yukturasi va sig‘imiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’lumki, kon’yuktura bu — ma’lum davrdagi baho darajasi
sharoitidagi talab va taklif nisbatidir.
Bozor kon’yukturasini va uning istiqbollarini etarlicha
hisobga olmaslik, korxonalar uchun inqiroz, zarar, sinishga

9 0
aylanishi mumkin. Etarlicha miqdordagi buyurtmaning yo‘qligi


sababli «Konkord» dasturi bo‘yicha samolyot ishlab chiqarish
to‘xtab qoldi, bundagi ilmiy-izlanish, tajriba-konstruktorlik
ishlari uchun 2,5 mlrd. dollardan ko‘p mablag‘ sarflangan. Bozor
kon’yukturasi bir-biri bilan uzviy o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan
va unga bir vaqtda ta’sir qiluvchi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy,
ilmiy-texnik omillarga bog‘liq bo‘ladi, bu omillar kon’yukturani
to‘ldirishi, ko‘chaytirishi yoki aksincha, susaytirishi mumkin.
Bozor kon’yukturasiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshq-
arish, ilmiy-texnika taraqqiyoti, kapital va ishlab chiqarishning
markazlashuvi, inflyasiya, iqtisodning harbiylashuvi orqali ta’sir
o‘tkazish mumkin.
Omillarning bir qismi doimiy emas, shuning uchun kon’-
yukturaga epizodik ta’sir o‘tkazadi. Bunday omillarga quyida-
gilar kiradi: ijtimoiy omillar, jumladan, ish tashlash, baykotlar,
tabiiy ofatlar, beqaror siyosiy holatlar va boshqalar. Ma’lum
bozorlar shartlari va xususiyatlariga bog‘liq ravishda kon’yuktura
hosil qiluvchi omillar soni o‘zgaradi. Ularning kon’yukturaga
o‘tkazadigan ta’sir kuchi ham o‘zgaruvchandir. Birgina omil
turli xil sharoitlar va vaqt oralig‘ida ma’lum bozorga va uning
alohida sektorlariga turlicha ta’sir qiladi.
Shu sababli kon’yukturani o‘rganish faqatgina muhim va
kerakli bo‘lmay, balki murakkab hamdir. Bu ish turli usullarda
o‘z kuchlari bilan va vositachi ixtisoslashgan firma va tashkilotlar
orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyat natijalari mos keluvchi
davrdagi kon’yuktura holati sifatida rasmiylashtiriladi.
Kon’yuktura holatining kompleks tavsifnomasi unda o‘z aksini
topadi, asosiy yo‘nalishlar, prognoz va uning rivojlanishi ta’-
kidlanadi. Kon’yukturani tadqiq qilish bozorning tovar bilan
to‘yinishi iqtisodiy samaradorligini hisoblash bilan yakunlanishi
kerak. Bozorning turidan qat’iy nazar, iqtisodiy samaradorlik
natijalar va xarajatlar nisbati bilan aniqlanadi.

Yüklə 99,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin