Qarori kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘G‘risidaTadbirlar Bajarish muddatlari
Ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 4-ILOVA O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning MA’MURIY REGLAMENTI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) ko‘chmas mulk egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni (keyingi o‘rinlarda — servitut) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 2. Servitut uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi. 3. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin: o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish; o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish; o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish; o‘zganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sug‘orish uchun suv olish; mollarni o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish; o‘zganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish; o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish. Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Servitut shakli ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaviy shakl bo‘yicha ariza beruvchilar o‘rtasida tuziladi. (3-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son) 4. Servitut davlat ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim va yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitutni ro‘yxatdan o‘tkazish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (keyingi o‘rinlarda — Palata) yer uchastkasi bo‘yicha o‘rnatilgan servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va Reyestrdan ko‘chirma taqdim etadi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son) Oldingi tahrirga qarang. 6. Davlat xizmatlari markazlari va Palata o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son) 7. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi. Yüklə 0,89 Mb. Dostları ilə paylaş: |