Qarori maktabdan tashqari ta’lim tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar



Yüklə 1 Mb.
səhifə19/20
tarix29.11.2023
ölçüsü1 Mb.
#169838
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
331 карор

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabdan tashqari muassasa to‘g‘risidagi nizomning I bobi 2-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari” so‘zlari “Barkamol avlod” bolalar maktablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida Nizomning 3-bandi sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq ta’limi muassasalari rahbarlarining bazaviy tarif stavkalari quyidagi jadvalga binoan o‘quvchilar (tarbiyalanuvchilar) kontingentiga qarab muassasalar guruhidan kelib chiqib belgilanadi:

Xalq ta’limi muassasasining tipi

Kontingent soni (kishi)




I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh




Umumta’lim maktablari*

1601 nafar va undan ortiq

881 — 1600

401 — 880

400 nafargacha




“Mehribonlik” uylari

201 nafar va undan ortiq

200 nafargacha










Musiqa maktablari va san’at maktablari

401 nafar va undan ortiq

400 nafargacha










Maktabdan tashqari muassasalar

601 nafar va undan ortiq

301 — 600

300 nafargacha







Bolalar va o‘smirlar sport maktablari

Muassasalarni tegishli guruhga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

”.

3. Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son qarorida:
a) 2, 3, 6-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Barkamol avlod” bolalar maktablarida o‘qiganlik uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar oyiga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch shaharlarida — 5 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining qolgan tuman (shahar)larida — 2,5 foiz;
viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida — 10 foiz;
respublikaning qolgan tuman (shahar)larida — 5 foiz.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari, Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchasi tarbiyalanuvchilari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘quvchilari va ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga olingan o‘quvchilar “Barkamol avlod” bolalar maktablarida o‘qiganlik uchun ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi.
Texnik ijodkorlik yo‘nalishidagi to‘garaklar uchun ota-onalar to‘lovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar maktablarida 25 foiz, tuman (shahar) maktablarida 20 foiz etib belgilanishi mumkin.
Agar maktabga oiladan bittadan ortiq bola borsa, ularning har biri uchun o‘qiganlik uchun ota-onalardan olinadigan to‘lovlar miqdorining 70 foizi, to‘garak a’zosi maktabda tashkil etilgan bittadan ortiq to‘garakka a’zo bo‘lgan taqdirda 60 foizi to‘lanadi.
Ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘lar:
a) “Barkamol avlod” bolalar maktablari faoliyati uchun zarur bo‘lgan xomashyo va materiallar, moddiy boyliklar (mebel, asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqalar) va transport vositalarini xarid qilishga;
b) madaniy-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish va ularda qatnashish bilan bog‘liq xarajatlarga;
v) to‘garak rahbarlari va xodimlarni 50 foizgacha rag‘batlantirishga;
g) o‘quvchilari xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov va festivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘garak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun — 20 baravarigacha;
2-o‘rin uchun — 15 baravarigacha;
3-o‘rin uchun — 12 baravarigacha;
d) o‘quvchilari respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov va festivallarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘garak rahbarlari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin uchun — 10 baravarigacha;
2-o‘rin uchun — 7 baravarigacha;
3-o‘rin uchun — 5 baravarigacha.”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 11-bandda:
7-kichik bandga quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“o‘quvchi yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirish, shu jumladan dunyo bozoriga milliy an’analarimiz asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak a’zolari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida “Art shop” elektron do‘konlarini tashkil etish va sotuvini yo‘lga qo‘yish;
bolalar texnik ijodkorligini rivojlantirish uchun xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari asosida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “Bolalar texnoparki” loyihalarini tashkil etish”;
11-kichik bandda:
oltinchi xatboshidagi “shakllantiradi” so‘zlaridan keyin “ko‘chma kutubxonalar faoliyatini tashkillashtiradi, bolalar va maktab kutubxonalarini badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtiradi,” so‘zlari qo‘shilsin;
yettinchi xatboshidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlaridagi” so‘zlari “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizomning 20-bandi to‘qqizinchi xatboshisidagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari” so‘zlari “Barkamol avlod” bolalar maktablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniy-ma’rifiy muassasalarning ijodiy va boshqa xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy lavozim maoshlari Miqdorlarida izohdagi “Xalq ta’limi vazirligining Respublika bolalar kutubxonasi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining Respublika bolalar kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar “Bolalar kutubxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 331-son qaroriga
9-ILOVA

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin