Qarori moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 211,79 Kb.
səhifə7/12
tarix22.05.2023
ölçüsü211,79 Kb.
#119740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
PQ-2847 lat

Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi tomonidan tasdiqlangan soliq maslahatchilarini o‘qitish va malakasini oshirish dasturlarini hamda soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini kelishadi. Shuningdek, soliq maslahatchilari reyestrini o‘zining rasmiy saytida e'lon qiladi va uni muntazam yangilab boradi;
(9-band 1-kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonliqarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun nomzodlarni o‘qitishni tashkil etishda va malaka imtihonlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Soliq maslahatchilari palatasiga texnik va uslubiy yordam ko‘rsatadi;
(9-band 1-kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonliqarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish, soliq sohasidagi hamkorlik va axborot almashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari loyihasini ishlab chiqishda ishtirok yetadi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida qatnashadi;
manfaatdor shaxslarning so‘rovlari bo‘yicha soliq qonunchiligi bilan bog‘liq masalalarni qonun hujjatlariga muvofiq tushuntiradi;

  1. budjet siyosati va budjetlararo munosabatlar sohasida:

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida kelgusi moliya yili uchun (o‘rta muddatli istiqbolda) budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
davlat moliyasining barqarorligini ta'minlash, resurslarni mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga jamlashni, shuningdek, iqtisodiyot faoliyati samaradorligini oshirish va investitsiya faolligini rag‘batlantirishni hisobga olgan holda davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi hamda davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari loyihalarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga budjetnoma loyihasini kiritadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ularning ustuvor tarmoqlari va sohalarini selektiv qo‘llab-quvvatlash zaruratini hisobga olgan holda davlat xarajatlari tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
budjet tizimidagi tegishli budjetlar darajalari o‘rtasida umumdavlat soliqlarini taqsimlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda budjet tashkilotlarining davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg‘armalari budjetlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan jamg‘armalarga ajratmalar miqdori va tartibini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
vaqtincha bo‘sh davlat aktivlarini moliyaviy vositalarga joylashtiradi;
aholini ommaviy axborot vositalari va Moliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali tasdiqlangan davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, budjet islohotlarining borishi va ularning amalga oshirilishi, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi, shuningdek, budjet qonunchiligidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi;
budjetni rejalashtirish, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlarini normalash usullarini, ularni moliyalashtirish tartibini ishlab chiqadi va takomillashtiradi, shuningdek, ushbu sohada metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
budjet tizimi tamoyillariga rioya qilinishi bo‘yicha davlat moliyasini boshqarish organlari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
budjet tizimidagi budjetlar o‘rtasida munosabatlarni optimallashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarini shakllantirishda standart yondashuvlarni ta'minlashga qaratilgan budjet tizimi va budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
budjetlararo transfertlarni taqdim etish (ajratish) tartibini takomillashtirishni ta'minlaydi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini mustahkamlash, mahalliy boshqaruv organlarining tegishli budjetlar holati yuzasidan mas'uliyatini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad bazasini kengaytirish, hududlarni subvensiyadan chiqarish, shu jumladan barcha zarur soliqlarning to‘liq yig‘ilishi hisobiga mahalliy budjetlar daromad bazasini mustahkamlashdan mahalliy davlat hokimiyati organlarining manfaatdorligini kuchaytirish orqali ularning subvensiyaviyligini qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari, jamlanma xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
davlat budjetining daromadlari va xarajatlari yoyilmasini shakllantiradi va aniqlashtiradi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari va xarajatlar yoyilmasini tuzadi;
vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning so‘rovlari bo‘yicha davlat budjeti loyihasini tuzish va uning bajarilishi bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritadi;
budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga ular uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari hajmini yetkazadi;
har chorakda davlat soliq va bojxona xizmatlari organlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyasi va dinamikasini tizimli tahlil qilish, davlat budjeti daromadlarini oshirish zaxiralarini safarbar etish, shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining soliqlar barqaror tushishiga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan kelib chiqib, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlari prognozini yetkazadi;
budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari mutanosibligiga ta'sir qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasini o‘tkazadi;
ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda davlat moliyasini boshqarish va soliq-budjet siyosatini takomillashtirish sohasida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etadi;
davlat moliyasini boshqarish tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasida yagona siyosatni olib boradi;

  1. davlat budjeti ijrosini tashkil etish bo‘yicha:

yagona g‘azna hisobvarag‘ida va boshqa bank hisobvaraqlarida joylashgan budjet tizimi budjetlari mablag‘larini bajarilishini tashkil etadi va boshqaradi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat budjetiga daromadlar tushumini ko‘paytirish, soliq to‘lovchilar tomonidan daromadlarni yashirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sabablarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Markaziy bank va boshqa banklar bilan birgalikda budjet tizimi budjetlarining kassa ijrosini tashkil etadi va olib boradi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga qarzdorligini kechiktirish va to‘lash hamda moliyaviy sanksiyalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha belgilangan tartibda takliflar kiritadi, ularning hisobini yuritadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat maqsadli jamg‘armalariga daromad tushishini tahlil qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq tadbirlarni moliyalashtirish uchun davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlarining prognozlardan ortiqcha tushumlaridan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritadi;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
budjet tizimi budjetlarida mablag‘lar nazarda tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining tasdiqlangan parametrlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari parametrlariga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi;
budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi hamda davlat budjetining ijrosi bo‘yicha hisob-kitob va hisobot shakllarini, shuningdek budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlarini belgilaydi;
budjet tizimi budjetlari ijrosining budjet hisobini yuritadi va budjet hisobotini qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;

Yüklə 211,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin