Oldingi tahrirga qarang. tegishlicha xorijdan jalb etilgan mablag‘lar, shu jumladan davlat tashqi qarzi summalari hamda ularning sarflanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portaliga joylashtirib boradi va ularning har chorakda yangilanishini ta'minlaydi;
(9-bandning 5-kichik bandi O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154- sonliFarmoniga asosan o‘n to ‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son) insonparvarlik yordamlarini boshqarish sohasida:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ustuvor loyihalar va tadbirlarni moliyalashtirish uchun insonparvarlik yordamining yagona ma'lumotlar bazasini shakllantiradi;
arizalarni shakllantirish va insonparvarlik yordamini yagona ma'lumotlar bazasiga kiritishni muvofiqlashtirishning samarali mexanizmini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda insonparvarlik yordami ko‘rsatuvchi donor tashkilotlarning ma'lumotlar bazalarini shakllantiradi va muntazam yangilaydi;
respublikaga insonparvarlik yordami olish uchun arizalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va yuborish, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanishni hisobga olish, monitoring va nazorat qilishni muvofiqlashtiradi;
insonparvarlik yordami bo‘yicha hisobot shakllarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
respublikaga kelayotgan insonparvarlik yordami to‘g‘risidagi ma'lumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda tegishli axborot-tahlil va ma'lumotnoma materiallarni tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga tizimli ravishda kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasiga jalb etiladigan insonparvarlik yordami va uning o‘zlashtirilishi to‘g‘risidagi tahliliy materiallar va loyihalar hisobotlarini tayyorlaydi;
manfaatdor vazirlik va idoralarga O‘zbekiston Respublikasiga taqdim etilayotgan insonparvarlik yordamini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
moliya bozorlari va institutlarni tartibga solish, sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida:
moliya institutlari va moliya bozorlarining barqaror ishlashini ta'minlash va davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda o‘z vakolatlari doirasida qatnashadi;
ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklarning ustav kapitalidagi davlat ulushini belgilangan tartibda boshqaradi;
davlat ishtirokidagi banklar aktivlarini tarkibiy o‘zgartirish, banklar va boshqa moliya institutlarini xususiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalaydi;
ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilar majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p hajmi va jami majburiyatlarning yo‘l qo‘yiladigan ko‘p hajmini hisoblab chiqarish uslubini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga qobiliyatini aks ettiruvchi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari mablag‘larini shakllantirish va joylashtirish tartibi va shartlarini, shuningdek ularning hisobini yuritish hamda ular bo‘yicha hisobotlarni tuzish tartibini belgilaydi;
sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ularning alohida bo‘linmalari rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi.
sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va e'lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim etish hamda e'lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi;
sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish, aktuar xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini sug‘urtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi;
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi, qonun hujjatlariga muvofiq aktuariya malaka sertifikatini beradi, amal qilishini to‘xtatadi va bekor qiladi;
sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralarini xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlariga joylashtirishni, sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan profilaktika tadbirlari ro‘yxatini kelishib oladi, sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma beradi;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestrini hamda sug‘urtalovchini qayta tashkil etish uchun berilgan ruxsatnomalarning, sug‘urta zaxiralarini joylashtirish uchun berilgan kelishuvlar, sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlar komplekslarining, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan sug‘urtalovchining, aktuarlarning ehtiyotdan ko‘riladigan chora-tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ehtiyotdan ko‘riladigan chora- tadbirlar ro‘yxatini yuritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, to‘lovga qobiliyatlilikning belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari bajarilishini nazorat qiladi;
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlar sug‘urtalovchi tomonidan buzilganligi uchun sug‘urtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima soladi.
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari litsenziyalarining amal qilishini to‘liq yoki ayrim sug‘urta turlariga (klasslariga) nisbatan to‘xtatib qo‘yadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi;
har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug‘urta faoliyatini tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to‘g‘risida yillik hisobotlarni, shuningdek sug‘urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati to‘g‘risida statistika ma'lumotlarini e'lon qiladi;
O‘zbekiston Respublikasida lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi va lizing faoliyatini muvofiqlashtiradi;
iqtisodiyot tarmoqlarining narxlanishi va moliyaviy mutanosibligi sohasida:
tovarlar bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovarlari (ishlari, xizmatlari) hamda tegishli reyestrlarga kiritilgan tabiiy monopoliyalar subyektlariga ularning moliyaviy mutanosibligi va barqaror rivojlanishi asosida narxlar (tariflar)ni o‘z vakolatlari doirasida davlat tomonidan tartibga soladi;
davlat va safarbarlik zaxiralaridan g‘amlanadigan va chiqariladigan moddiy boyliklar narxini, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar (un, non, paxta yog‘i) uchun narxlarni belgilangan tartibda kelishadi;
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan mahsulotlar narxini tartibga solish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
jahon bozori konyunkturasini o‘rganish va davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini tahlil qilish asosida xarid narxlarini belgilaydi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat buyurtmasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash, korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik va to‘lovga layoqatsiz tashkilotlarni sanatsiyalash tartib-taomillarini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
ta'lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash ishlarini moliyalashtirish, shuningdek, ularni o‘quv mebellari, o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
issiqlik ta'minoti, drenaj tizimlari, ko‘p xonadonli uylarda ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini ta'mirlash, Orolbo‘yi mintaqasi aholi punktlarining tashqi yoritish tarmoqlarini obodonlashtirish va takomillashtirish, Orolbo‘yi mintaqasidagi olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq tumanlarida istiqomat qiluvchi aholi uchun tuzdan tozalash uskunalarini taqdim etish, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturlariga va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarga kiritilgan loyiha tashabbuskorlariga foiz xarajatlarini qoplash uchun subsidiyalar ajratish xarajatlarini moliyalashtirish uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
maqsadli dasturlarni amalga oshirish doirasida ichimlik suvi ta'minoti tizimi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, suv ta'minoti tashkilotlarini maxsus texnika, mashinalar va mexanizmlar, laboratoriya uskunalari bilan jihozlash ishlarini moliyalashtirish uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
umumta'lim muassasalarining kutubxona fondlari uchun darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni sotib olish va yetkazib berishni moliyalashtirish uchun maqsadli moliyaviy resurslarni jamlaydi;
pensiya, nafaqa va kompensatsiyalarni to‘lash xarajatlarini moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining maxsus hisobvaraqlarida majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarni jamlaydi;
buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot va auditorlik faoliyatini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish sohasida:
buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi, moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlaydi;
auditorlik faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi, auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reyestrini yuritadi;
9-band 9-kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonliFarmoniga asosan o ‘zgartirish kiritilgan.Rus tili matniga qarang.
9-band 9-kichik bandining uchinchi — yettinchi xatboshilari O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-avgustdagi PQ-5210-sonliqaroriga asosan o ‘zgartirish kiritilgan.Rus tili matniga qarang. auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan kelishilgan holda auditorlarni o‘qitish va malakasini oshirish dasturi hamda auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi;
auditorning malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun malaka talablarini belgilaydi, shuningdek malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reyestrini yuritadi;
auditorning malaka sertifikatini olish va auditorlik tashkilotlari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish huquqi uchun belgilangan tartibda malaka imtihonlarini o‘tkazadi;
9-band 9-kichik bandining oltinchi xatboshisi O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13- iyuldagi PF-6261-sonliFarmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan.Rus tili matniga qarang. auditorning malaka sertifikatini beradi, qayta rasmiylashtiradi, bekor qiladi, qonun hujjatlariga muvofiq uning amal qilishini uzaytiradi va tugatadi;
davlat moliyaviy nazorati sohasida:
Quyidagilar ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi:
budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlari ijrosi;
budjet tizimi budjetlari mablag‘laridan maqsadli foydalanish, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjet qonunchiligiga rioya qilish;
budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni amalga oshirish navbati, muddatlari va to‘liqligiga rioya qilish;
davlat investitsiya dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanish;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi;
kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi;
chet eldagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik muassasalari tomonidan xorijiy valyutadagi mablag‘lardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanilishi;
pensiya va nafaqalarni tayinlash, hisobga olish va o‘z vaqtida to‘lashning to‘g‘riligi;
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari faoliyati;
budjet ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar (zayomlar)dan maqsadli foydalanilishi;
insonparvarlik yordami va texnik yordam vositalaridan maqsadli foydalanilishi;
davlat xaridlari bo‘yicha tender (tanlov) savdolarining to‘g‘ri o‘tkazilishi;
quyi moliya organlari va g‘azna bo‘linmalari tomonidan budjet qonunchiligining bajarilishini ta'minlaydi;
vakolatli organning davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va taqsimlash tartibiga rioya etilishi yuzasidan faoliyatini nazorat qiladi, davlat mulkidan (shu jumladan, ijaraga berilgan davlat mulkidan olingan daromadlardan) daromad olish tartibini ishlab chiqishda va nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi;
budjet tashkilotlarining davlat maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
manfaatdor idoralar bilan birgalikda ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ayrim korxonalarda mahsulotning ayrim turlari bo‘yicha aksiz solig‘ini hisoblashning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida to‘lanishini, aksiz to‘lanadigan tovarlarning ayrim turlarini aksiz markalari bilan tamg‘alashning to‘liqligi va sotib olingan aksiz markalari sonining ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga muvofiqligini belgilangan tartibda nazorat qiladi;
davlat moliyaviy nazorati natijalari bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklarni va budjet intizomini bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli takliflar kiritadi;
boshqaruv organlari xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soniga, uning o‘zgarishi dinamikasiga va boshqaruv apparatini ularning manbalaridan qat'i nazar saqlash xarajatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;
investitsiya sohasida:
davlat budjetidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish bo‘yicha pudrat ishlarini bajarish uchun tanlov savdolari o‘tkazishda ishtirok etadi;
vakolatli hukumat komissiyasining qarorlari bo‘yicha tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish zarur bo‘lgan korxonalarning ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganishda ishtirok etadi;
davlat investitsiya dasturlarini shakllantirish, budjet tizimi budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarni kelishishda ishtirok etadi;
investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishni monitoring qilishda ishtirok etadi;
Moliya vazirligi tizimini institutsional rivojlantirish sohasida:
Moliya vazirligi tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta'minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida Moliya vazirligining yagona axborot tarmog‘ini ishlab chiqadi, yaratadi va doimiy ravishda takomillashtiradi;
Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi moliya organlari, tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash choralarini ko‘radi;
amaldagi qonunchilikka muvofiq Moliya vazirligining ijtimoiy infratuzilmasini yaratadi va takomillashtiradi, xodimlarning mehnatini rag‘batlantirish va mukofotlashning yagona tizimini shakllantiradi;
xalqaro hamkorlik sohasida:
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar, xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari bilan davlat moliyasini boshqarish, moliya va soliq- budjet siyosati, buxgalteriya hisobi va audit masalalari, shuningdek boshqa masalalar bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oshiradi;
xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda, shuningdek ularni amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
xorijiy davlatlar bilan hamkorlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora- tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat moliyasini boshqarish va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi boshqa vazirlik va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorlik sohasida:
davlat moliyasini boshqarish va makroiqtisodiy siyosatning asosiy masalalari, jumladan, iqtisodiy o‘sishni ta'minlash, inflatsiya jarayonlarini cheklash, mamlakat iqtisodiyotining tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, aholi bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq holda soliq-budjet siyosatining uzoq muddatli, o‘rta va qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqadi;
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini ta'minlaydigan soliq-budjet siyosati chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
ichki bozorni to‘ldirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, eksport salohiyatini oshirish, import o‘rnini bosish va mahalliylashtirish, energiyani tejash va mahsulot tannarxini kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning kompleks dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qishloq joylarda va qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini mutanosib rivojlantirishga qaratilgan hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;