Qarori moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 211,79 Kb.
səhifə10/12
tarix22.05.2023
ölçüsü211,79 Kb.
#119740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
PQ-2847 lat

Oldingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini moliya-budjet rejalashtirish va moliyalashtirish metodikasi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot metodologiyasi, nazorat-taftish ishlari, narx belgilash masalalarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy muassasalar xodimlari, boshqa tashkilotlar vakillaridan tegishli masalalar bo‘yicha uslubiy (metodologik) va boshqa kengashlar tuzadi;
(9-band 14-kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonliqarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

  1. Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi huzuridagi davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlari va moliya vazirligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali hal qiladi.

  1. Moliya vazirligining huquq va majburiyatlari

  1. Moliya vazirligi o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda qonun hujjatlarida unga berilgan vakolat doirasida quyidagi huquqlarga ega:

davlat statistika, moliyaviy va boshqa hisobotlar, shuningdek, barcha hisob-moliya va boshqa masalalar bo‘yicha vazirliklar va idoralar, ularga bo‘ysunuvchi organlar va xizmatlar uchun nazarda tutilgan hajm va muddatlarda boshqa zarur ma'lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beg‘araz asosda olish,
budjet tizimi budjetlari mablag‘larini noqonuniy sarflash holatlari mavjud bo‘lgan, shuningdek, moliyaviy va boshqa hisobotlar taqdim etilmagan taqdirda, tegishli vazirlik va idoralar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilari rahbarlarini xabardor qilgan holda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar (moliyalashtirish) to‘lanishini cheklash, zarur hollarda esa to‘xtatib qo‘yish;
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlardan davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar loyihasini tuzish uchun zarur bo‘lgan hisob-kitoblar, hisobot ma'lumotlari va boshqa materiallarni hamda ularning ijrosi bo‘yicha hisobotni olish;
budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilaridan belgilangan tartibda moliyaviy hisobotlarni, shuningdek budjet hisobi va moliyaviy hisobot bilan bog‘liq zarur ma'lumotlarni olish, vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va viloyatlar mahalliy budjetlariga ularning hududida shakllantiriladigan soliq tushumlarini hisobga olgan holda, o‘zaro hisob-kitoblar orqali daromad va xarajatlar o‘rtasida yuzaga keladigan kassa uzilishlarini tartibga solish orqali beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmiga aniqliklar kiritish;
davlat budjetining ijrosini ta'minlash, shuningdek alohida xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni to‘plash, davlat tashqi qarzini to‘lash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar o‘tkazish zaruriyati bilan bog‘liq bo‘lgan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, shu jumladan chet el valyutasida, va boshqa hisobvaraqlar ochish;
budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida rezervlar tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tegishli hisobvaraqlardan naqd pul mablag‘larini akseptsiz tartibda olish yechib olish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun moliya yili doirasida qaytarish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan budjet ssudalarini berish;
belgilangan tartibda yuridik shaxslarga budjet ssudalari berish va davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan yil boshida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari qoldiqlari hisobidan bo‘sh mablag‘larni hamda O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti daromadlarining tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilmagan boshqa mablag‘larni bank muassasalarida depozitga qo‘yish
hisoblanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar hajmlariga ta'sir etuvchi omillar o‘zgarishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjet daromadlari, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzatishlar kiritish;
respublika budjetining xarajatlari yoyilmasiga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritish;
monopoliya mahsulotlari (ishlar, xizmatlar), tabiiy monopoliyalarning mahsulotlari (ishlari, xizmatlari), shuningdek, ro‘yxati hukumat qarorlari bilan belgilanadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) uchun narxlar (tariflar)ni belgilash bo‘yicha qaror qabul qilishda zarur bo‘lgan ma'lumotlarni so‘rash;
tabiiy monopoliya subyektlari (hukumat qarorlari bilan belgilanganlardan tashqari) tomonidan ishlab chiqarilgan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narxlar (tariflar)ni yoki ularning eng yuqori darajalarini tasdiqlash;
tabiiy monopoliyalar subyektlariga va tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan subyektlarga, shuningdek, narxlari (tariflar) hukumat qarorlari bilan tartibga solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi subyektlarga narx (tariflar) loyihalarini, preyskurantlarni, uslubiy ko‘rsatmalar va xarajatlar normativlarini ishlab chiqish;
tashkilotga tekshirish ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda xabarnoma yuborish hamda taqdim etiladigan narxlar (tariflar)ni shakllanishining asosliligini aniqlash maqsadida tabiiy monopoliyalar subyektlari va tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan subyektlarning, shuningdek, narxlari (tariflar) hukumat qarorlari bilan tartibga solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini joyiga chiqib o‘rganishni o‘tkazish;
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi va sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq boshqa ma'lumotlarni belgilangan shaklda olish;
auditorlik tashkilotlaridan auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi, shuningdek auditorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa ma'lumotlarni belgilangan shaklda olish;
sug‘urta va auditorlik tashkilotlarida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazish;

11-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13- iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan.Rus tili matniga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari ijrosining borishi, hududiy moliya organlari, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat hamda monitoringni tashkil etish va amalga oshirish;
tekshirish va taftish vaqtida zarur hollarda kassa va kassa binolari, omborlar, arxivlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muhrlash, qalbaki, soxtalashtirilgan hujjatlar va boshqa suiiste'molliklar aniqlangan taqdirda esa nazorat obyekti hujjatlarini olib qo‘yish,
nazorat obyektining rahbarlaridan tovar-moddiy va boshqa boyliklar, pul mablag‘lari hamda hisob-kitoblarni inventarizatsiyadan o‘tkazishni talab qilish;
O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari bilan shart qilib qo‘yilgan va amalga oshirilgan to‘lovlar hamda ular bilan bog‘liq xarajatlar summasini qarz oluvchi-rezidentdan so‘zsiz undirib olish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va xalqaro-huquqiy me'yorlarga muvofiq xalqaro shartnomalarni tuzish;
xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari vakillari bilan beg‘araz yordam jalb qilish va uni o‘zlashtirish masalalari bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish;
jalb qilingan qarz mablag‘lari va kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishni ta'minlash maqsadida xalqaro moliya institutlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati bilan kreditlar va qarzlar olgan vazirliklari, idoralar va tashkilotlar mansabdor shaxslariga kamchiliklar va buzilishlarni bartaraf etish hamda chora-tadbirlar amalga oshirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
ilmiy tadqiqotlarga ajratiladigan mablag‘lar doirasida soliq-budjet va narx siyosati hamda moliya sohasidagi eng muhim ilmiy ishlar ro‘yxatini belgilash, vakolati doirasidagi masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari, boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari, korxonalar, alohida olimlar va mutaxassislarni jalb etish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan taftishlar va talon-toroj, o‘g‘irlik, kamomad, noqonuniy sarf-xarajatlar summasini tekshirish natijasida aniqlanganlar bo‘yicha budjet daromadiga undirilgan hamda tekshirilayotgan obyektlar hisobiga tiklangan summaning 8 foizi, “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ tomonidan davlat va korporativ xaridlar bo‘yicha birja savdolari ishtirokchilaridan undiriladigan komissiya yig‘imining 10 foizi, yuqori likvidli tovar turlarini sotish bo‘yicha birja bitimlaridan olinadigan “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ komissiya yig‘imlari summasining 0,025 foizi hamda davlat ulushidan dividendlarning budjetga o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi uchun penya va jarimalar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish;
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Moliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash huquqiga ega.

Moliya vazirligi zarur hollarda boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda idoralararo qo‘shma qarorlar chiqarishga haqli.

  1. Moliya vazirligi davlat soliq, budjet va narx siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, zimmasiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.

  1. Moliya vazirligi faoliyatini tashkil etish

  1. Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi.

Moliya vaziri 5 nafar o‘rinbosar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
Moliya vaziri:
vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi va Moliya vazirligiga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
vazir o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasidagi mas'uliyatni taqsimlaydi, Moliya vazirligi tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Moliya vazirligi faoliyatining ayrim qismlarini boshqarish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning mas'uliyat darajasini va idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi nomidan davlat tashqi qarzlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kredit bitimlari va davlat kafolatlarini imzolaydi;
Moliya vazirligi tizimi xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi muassasalar va tashkilotlar tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, xarajatlar smetasini va Moliya vazirligi Markaziy apparati shtat jadvalini tasdiqlaydi, boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlar sonini belgilaydi;
Moliya vazirligi Markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Moliya vazirligi tasarrufidagi tashkilotlarning nizomlari va ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi tashkilotlarning lavozimlari ro‘yxatiga kiruvchi xodimlarni belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va ozod qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat organlarida va yuridik shaxslarida, shuningdek boshqa davlatlarning moliya institutlari bilan munosabatlarda Moliya vazirligini taqdim etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq Moliya vazirligi tizimi xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, shuningdek alohida o‘rnak ko‘rsatgan Moliya vazirligi tizimidagi organlari xodimlarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlar va davlat mukofotlariga taqdim etadi.
Moliya vaziri qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

  1. Vazirlikda moliya vaziri (rais), vazir o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga muvofiq vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay'at tashkil etiladi.

Hay'at soni va shaxsiy tarkibi moliya vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Moliya vazirligi hay'ati Moliya vazirligi faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari, g‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasining hududiy boshqarmalari va Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi boshqa idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirish masalalarini, vazirlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini, shuningdek tekshiruvlar natijalarini muhokama qiladi.
Hay'at Majlisiga Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
Hay'at qarorlari moliya vazirining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay'at a'zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, moliya vaziri mustaqil ravishda qaror qabul qiladi va yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar beradi. Hay'at a'zolari ham o‘z fikrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma'lum qilishi mumkin.
Hay'at faoliyatining tartibi hay'at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.

  1. Hududiy moliya organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirlarining muovini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlari, tuman va shahar hokimliklari moliya bo‘limlari mudirlari viloyat, tuman, shahar hokimining taqdimnomasiga binoan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli ravishda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari moliya vaziri tomonidan moliya bosh boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga binoan tayinlanadi.
Tuman va shahar hokimliklari moliya bo‘limlari mudirlarining o‘rinbosarlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya bosh boshqarmalari tomonidan tumanlar, shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari taqdimnomasiga binoan hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

  1. Moliya vazirligi tizimi xodimlarining ish haqi amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofot puli, qo‘shimcha haqlar va ustamalardan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi hududiy organlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari xodimlari faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2722-son qarorining 1-bandida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
Moliya vazirligi Markaziy apparati xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga koeffitsiyentlarda): 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 dan 20 yilgacha — 0,4; 20 dan 25 yilgacha — 0,5; 25 yildan ortiq — 0,6 oylik ustamalar to‘lanadi.
Muayyan davr ishlaganlik uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizom moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.



Yüklə 211,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin