Qarori moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 211,79 Kb.
səhifə8/12
tarix22.05.2023
ölçüsü211,79 Kb.
#119740
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
PQ-2847 lat

Oldingi tahrirga qarang.
budjet tasnifini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek unga 6 oy yakuni bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi. Shu bilan birga, budjet tasnifiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan oldin Moliya vazirligining axborot tizimiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishi mumkin;
(9-bandning 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ- 73-sonliqaroriga asosan xatboshi bilan to ‘Idirilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021- y., 07/21/73/1227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ishtirokidagi korxonalarga sarflangan Davlat budjeti mablag‘lari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portaliga joylashtirib boradi va ularning har chorakda yangilanishini ta'minlaydi;
(9-bandning 3-kichik bandi O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154- sonliFarmoniga asosan o‘n yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son)

  1. davlat valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, respublika ichki valyuta bozorida valyuta mablag‘larining tushishi va ulardan foydalanish monitoringi, ishlab chiqarishni tartibga solish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanish sohasida:

davlat valyuta siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov balansining mutanosibligini ta'minlash, davlat tashqi qarziga barqaror va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish, investitsiya dasturlarini amalga oshirish, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq holda rejalashtirilgan yil va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan eksport salohiyatining o‘sishini rag‘batlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlashda ishtirok etadi;
Markaziy bank, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy valyutadagi mablag‘lar tushumi va ulardan foydalanish ustidan monitoringni amalga oshiradi;
chet el valyutasidagi mablag‘lar tushumlarining qo‘shimcha manbalari, shuningdek, xorijiy valyutadagi mablag‘lardan foydalanish tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy davlatlarga beriladigan kreditlar monitoringini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oldidagi majburiyatlarni to‘lash hisobiga amalga oshiriladigan to‘lovlar o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi,
Markaziy bank bilan birgalikda qimmatbaho metallar bozorining holatini tahlil qiladi, shuningdek, qimmatbaho metallar ishlab chiqarish, qayta ishlash, ichki iste'mol va eksporti prognozlarini va balanslarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
oltin-valyuta zaxiralariga xarid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun narx va hisob-kitoblarni belgilash tartibi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a'zolik badallarini to‘lash, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy davlatlardagi diplomatik muassasalarini saqlash bilan bog‘liq operatsiyalarini moliyalashtirish va hisobga olishni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi a'zosi bo‘lgan mintaqaviy va submintaqaviy tashkilotlar doirasida moliyaviy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasining ikki va ko‘p tomonlama hukumatlararo va idoralararo bitimlarda ishtirok etishidan kelib chiqadigan moliyaviy majburiyatlarining bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi;

  1. davlat qarzini boshqarish sohasida:

Markaziy bank bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzini monitoring qilish, hisobga olish va unga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi, shuningdek uni o‘z vakolatlari doirasida boshqaradi;
Markaziy bank bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi majmuini (portfelini) takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Markaziy bank ishtirokida davlat qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini olib boradi;
davlat qimmatli qog‘ozlarining emitenti sifatida qatnashadi, davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va joylashtirish shartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida qarz bitimlari va qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlarni ko‘rib chiqishda qatnashadi;
davlat tashqi qarzining manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha mutanosibligini ta'minlash, davlat tashqi qarzlarining cheklangan parametrlari, davlat tashqi qarz majmuini (portfelini) va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlat moliya tashkilotlari bilan tashqi qarz olish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borishda, davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishiga doir hujjatlarni tayyorlash va ekspertiza qilishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolatlarini rasmiylashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzlari bo‘yicha shartnomalari va davlat kafolatlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlari (zayomlari)ni to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari mavjud bo‘lgan xorijiy manbalardan jalb qilingan kreditlar (zayomlar)ni o‘zlashtirish va ularga xizmat ko‘rsatishni hisobga oladi va nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vakolatli banklarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek muammoli kreditlar holatini baholaydi, ularni tarkibiy o‘zgartirish va qaytarishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga qonunda belgilangan tartibda davlat qarzining holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi;

Yüklə 211,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin