Qarori moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 211,79 Kb.
səhifə2/12
tarix22.05.2023
ölçüsü211,79 Kb.
#119740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
PQ-2847 lat

Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-sonliFarmoniga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 06/21/6252/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatli qog‘ozlar bozori, bukmekerlik va lotereyalarni tashkil etish faoliyatini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish.
(1-bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibidan:

Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi hamda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste'mol tovarlari masalalari kompleksi bo‘ysunuviga;
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish vazifalari yuklatilgan holda ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordam tayinlanishi va to‘lanishi ustidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha moliya organlari tuman va shahar bo‘linmalaridagi sho‘balar — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tasarrufiga belgilangan tartibda o‘tkazilsin.

2-bandning to‘rtinchi xatboshisiga O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16- oktabrdagi PF-5204-sonliFarmoniga asosan o ‘zgartirish kiritilgan.Rus tili matniga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Kompleksining rahbari (Z.T. Mirzayev), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Mehnat vazirligi o‘z boshqaruviga topshirilayotgan yuqoridagi jamg‘armalar va inspeksiyaning samarali faoliyatini tashkil etishni ta'minlasin.


2-bandning beshinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16- oktabrdagi PF-5204-sonliFarmoniga asosan o ‘zgartirish kiritilgan.Rus tili matniga qarang.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloqni qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan jihozlashni davlat tomonidan rag‘batlantirish jamg‘armasi tugatilsin va uning funksiyalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamg‘armasi zimmasiga yuklatilsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida:

Budjetdan tashqari umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta'mirlash va jihozlash jamg‘armasi, shuningdek Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi negizida Budjetdan tashqari ta'lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi;
Budjetdan tashqari Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinsin.

  1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 336 nafardan iborat yangi tashkiliy tuzilmasi 1, 2, 2a- ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining tuzilmasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya bosh boshqarmalarining, viloyat markazlari — shahar hokimliklari moliya bo‘limlarining, tuman va shaharlar hokimliklari moliya bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 3 — 6-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining hamda moliya organlari tarkibiy bo‘linmalarining, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining belgilab qo‘yilgan cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
51. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari, hududiy moliya va g‘aznachilik bo‘linmalari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy bo‘linmalarining xodimlari lavozim maoshini mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,5 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Bunda, bir vaqtning o‘zida mazkur qaror va oldin qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq to‘lash razryadlarining oshirilgan tarif koeffitsiyentlarini qo‘llashga ruxsat etilmaydi va ko‘rsatilgan koeffitsiyentlarning eng yuqorisi qo‘llaniladi.
fi-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-sonliqaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 15.02.2022-y., 07/22/128/0131-son)

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba'zi qarorlari 8-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi bilan birgalikda budjet mablag‘laridan, eng avvalo ijtimoiy soha muassasalarida samarali foydalanilishi ustidan nazoratni tubdan kuchaytirish, davlat moliya nazorati tizimini yanada takomillashtirish, uning xalqaro standartlar darajasida mustaqilligi, ishonchliligi va xolisligini ta'minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda Moliya vazirligi markaziy apparatining, G‘aznachilik, hududiy moliya organlari va Bosh nazorat-taftish boshqarmasi hududiy boshqarmalarining bo‘shayotgan xodimlarini ish bilan ta'minlashga belgilangan tartibda ko‘maklashsin;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.


Yüklə 211,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin