Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning asosiy tarkibiy qismi quyidagilardan iborat:
SHAXS kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti,talim
soxasidagi xizmatlarining istemolchisi va uni amalga oshiruvchisi.
DAVLAT va JAMIYAT—talim vakadrlar tayerlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat kilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayerlash va ularni kabul kilib olishning kafillari:
UZLUKSIZ TALIM—malakali,rakobatbardosh kadrlar tayerlashning asosi
bulib,talimning barcha turlarini,DTSni,kadrlar tayerlash tizimi tuzilmasi va
uning faoliyat kursatish muxitini uz ichiga oladi.
FAN—yukori malakali Mutaxassislar tayerlovchi va ulardan foydalanuvchi,ilgor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chikuvchi:
ISHLAB CHIQARISH—kadrlarga bulgan extiejni,shuningdek ularni
tayergarlik sifati va saviyasiga kuyiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi,kadrlar tayerlash tizimini moliya va moddiy texnika jixatidan
taminlah jaraenining katnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz talim va kadrlar tayerlash tizimi barcha uchun
ochik bulishni va xaet uzgarishlariga moslanuvchanligini taminlaydi. Aynan
bu yunalishda respublikamizda Talim tugrisida Konun,uzluksiz talim
DTSi,umumiy urta talim konstepstiyalari ishlab chikilib amaliy jaraenda
tadbik kilinmokda.
Kadrlar tayerlash milliy dasturimizning uzagini tashkil kiluvchi Milliy
modelimizning keng kamrovliligi va ichki yaxlitligi duneda mavjud boshka
modellardan uning prinstipial farkli jihatidir.
Milliy modelimiz konsepsiyasining mazmuni milliy turmush tarzimiz va
manaviyg‘axlokiy ananalarimiz bilan xamnafasdir.CHunki bizda kadimdan
marifatli inson tushunchasi ancha keng manoni anglatadi. Unutmasligimiz
kerakki, marifat xalkimiz,millatimiz konidadir.
Milliy dasturdan kuzlangan maksadlar kuyidagilardan iborat:
Dasturni tulik amalga oshirish respublikamizda ijtimoiy siesiy muxitni
yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda davr talabiga javob beruvchi
komil insonlar vujudga keladi:
Ikkinchidan ushbu dastur tasirida xar bir shaxs jamiyatdan uz urnini topish
jaraeni tezlashadi. Uchinchidan agar jamiyatimizda shaxs ravnaki uchun
barcha imkoniyatlar yaratilsa,xar bir insonning istedodi,kobiliyati rivoj
topadi:
Turtinchidan milliy dastur zaminida jamiyatda ongli xaet kechirish tizimi
vujudga keladi;
Beshinchidan,O‘zbekiston xalki uz oldiga xukukiy demokratik jamiyatni barpo
etishni maksad kilib kuygan.
Umuman Kadrlar tayerlash milliy dasturini tulik amalga oshirish barkamol
shaxsnig‘insonni va shu tarika ongli jamiyatning shakllanishiga,yani yangicha
ongga,tafakkurga ega bulgan shaxslarning kupayishiga va bu uz navbatida
ijobiy ravishda «PORTLASH EFFEKTINI» sodir bulishiga olib keladi.
Milliy dasturning modellari.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining milliy modellari beshta tarkibiy
qismdan: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan
iborat. Milliy modellarning aniq yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari dasturda
belgilab berilgan bo‘lib, ta’lim jarayonining va jamiyat taraqqiyotining
bugungi, ertangi kuni to‘liq inobatga olingan. Masalan, shaxs kadrlar
tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni yuqori intellektual va ma’naviy
– axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim
tizimi orqali har tamonlama yuksak komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib
olgan. SHu tarzda fuqoroning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish,
iste’dodini namoyon qilish, aqliy jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi qonun tomonidan kafolatlanadi.SHaxsning «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun asosida sifatli bilim olish va kasb-hunar o‘rganishi, uzluksiz o‘z malakasini oshirib borish va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi va imkoniyatlarini nazarda tutadi. SHaxsning ta’lim olish imkoniyatlari, burch va ma’suliyatlari davlat ta’lim standartlarida bajarilishi shart qilib qo‘yilgan.
Bunda kadrlarning ilmiy, nazariy, amaliy jihatdan aniq va puxta bilim olishini
ko‘zda tutilgan. Milliy modelning davlat va jamiyat deb nomlanuvchi qismida
asosan shaxs va jamiyat o‘rtasidagi qonuniy norma va me’yorlarga qat’iy
rioya qilish masalalari ko‘zda tutilgan, ya’ni fuqarolarning bilim olish, kasb
tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarini amalga oshirish, umumiy o‘rta
ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish
yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash har bir shaxsning demokratik huquqi sifatida
belgilanishi bilan birga majburiy o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim olish
holatlari ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturning o‘ziga xos tomoni shundan
iboratki, bozor munosabatlariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Bu degani
ta’lim oluvchi o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib, davlat granti va pullik
shartnomaviy asosda o‘qishi mumkin, ikki va undan ortiq o‘qish faqat
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Milliy dastur milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib,ta’lim oluvchilarning o‘qish, turmush, dam olishda jamoatchilik asosida shart-
sharoitlar yaratib berish hamda ijtimoiy himoyalanishni qo‘llab-quvvatlanish
masalalarining mehanizmlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining eng katta yutuqlaridan biri – bu ta’lim dasturlari orasidagi
uzluksizlikni ilmiy asoslangan holda ta’minlashdir. Uzluksiz ta’lim – malakali
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha
turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va
uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim shaxsni
yuqori intellektual, nufuzli, yuksak ma’nodagi insonparvar, vatanparvar,
madaniyatli, har tomonlama etuk, barkamol insonlarni tarbiyalash, mustaqil
va erkin fikrlovchi shaxslarning shakllanishga o‘z faoliyatini yo‘naltiradi.