Qushlarning kelib chiqishi. Qushlar - tanasi pat bilan qoplangan, issiqqonli hayvonlar. Ularning tuzilishi va xatti-harakati uchishga moslashgan. Tanasi suyri shaklida; oldingi oyoqlari qanotga, jag'lari muguz tumshuqqa aylangan; barcha skelet suyaklari yengil va pishiq. Qushlarning yuragi to'rt kamerali, arteriya va vena qoni ajralgan. Yer yuzida 9000 ga yaqin turi ma'lum.Yirtqich qushlarning tuzilishi ancha yirik o'ljani qidirib topish va tutib olishga moslashgan: ko'zlari o'tkir, tirnoqlari va tumshug'ining uchi qayrilgan. Yirtqich qushlar kunduzgi yirtqichlar va yapaloqqushlarga ajratiladi
Ko'payish davri. Qishki sovuq kunlar o'tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko'payishga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahorning o'rtalarida ko'payishga kirishadi. Qusharning ko'payish davri tuxumdan chiqadigan jo'jalar uchun oziqning mo'l-ko'l bo'lishiga bog'liq.
Juft hosil qilishi. Ko'pchilik qushlarning erkagi va urg'ochisi ko'payish davrida juft hosil qiladi. Maydaroq qushlar, masalan, ko'pchilik chumchuqsimonlar va musichalaming jufti faqat bir mavsum. yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar. qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak bir necha urg'ochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi. Qushlar jufti saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg'ochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlaming xo'rozlari ochiq maydonda o'zaro bahs qilish uchun to'planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib. o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o'rtasida qisqa muddatli jang ham bo'lib o'tadi.
Uya qurishi. Ko'pchilik qushlar tuxum qo'yish uchun uya quradi (87-rasm). Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go'ngqarg'alar novda va butoqlardan oddiv kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o'rmon qushlari daraxtlarning kovagida, o'rdak va turnalar yerda uya quradi.
Qishloq qaldirg'ochlari uylarning bo'g'oti ostidagi yog'och to'sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so'lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalong'och qoyaga tuxum qo'yib, uni bosib yotadi.