Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi


Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə51/76
tarix21.06.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#133788
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76
BT GO`M 22

Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash prinsipi mehnat ta’limi va o‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash vazifalarini tushunishiga olib keladi va o‘zlashtirish sifatini orttiradi. Bu prinsip xarakteri o‘quv predmetining mazmuni bilan taqozo qilinadi. Geografiyani o‘qitishda nazariy bilimlar tabiatning xodisalari bilan amaliy tanishtirish jarayonida o‘zlashtirib oladi. Amalyot nazariyadan oldiniroq kelishi maqul, chunki nazariyani o‘zlashtirishga qiziqish uyg‘otadi.
Geografiyani o‘qitishda o‘quvchilarning ongliligi va ijodiy faolligi qoidasi: 1 .O‘quvchilarning o‘qishga ongli va ijodiy munosabatda bo‘lishlarini. 2. O‘rganilayotgan materiallarni tushunib olishlari va tushunganlarini ifodalay olishlarini. 3. O‘qish mehnatini ijodiy xarakterda bo‘lishini. 5. Bilimlardan amaliyotda ongli qo‘llanishi va ularni ishonishga aynalishini o‘z ichiga oladi.
O‘qitishning ko‘rgazmalilik qoidalarini foydalanyshning asosiy vazifasi o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish. Ko‘rgazmalilik prinsipi atrof olamni qabul qilib olishda o‘qitishni nazarda tutadi. Bu prinsipga rioya qilish tabiatni o‘rganishning dastlabgi bosqichlarida zarur, sababi kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari ko‘rganlarida xosil qilgan ta’surotlari asosida to‘g‘ri tushuncha va xulosalar xosil bo‘lishga yordam beruvchi bilimlarga ega bo‘ladi.
O‘qitishni individuallashtirish qoidalari o‘quvchilarning individual xusussiyatlarini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Bolalar taraqqiyotida to‘g‘ri keladigan umumiylik rivojlanish darajasi: bilimi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvorlar singari o‘xshashliklar.
O‘lkashunoslik qoidalari nazariy Geografiya kursni o‘quvchilarni o‘z o‘lkasi tabiati bilan yaqindan munosabati orqali olingan bilimlari bilan muntazam bog‘lilikni nazarda tutadi. O‘lkashunoslik tamoyilari tabiat bilan tanishtirishda ko‘p didaktik tamoyilarini qo‘llashga imkon beradi.


Nazorat savollari va topshriqlar

  1. Boshlang‘ich sinfda o‘qitish jarayonini individuallashtirish nimada namoyon bo‘ladi?

  2. Geografiya darsligidan maqolalarni tahlil qiling, undagi nazariyaning amaliyot bilan bog‘langanligini aks ettirgan materialni toping?

  3. Maktabda nazariyani amaliyot bilan bog‘lanishiga qanchalik o‘rin ajratilgan?




Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin